Mavzu;informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qtishda ditaktik tamoyillar



Yüklə 45,67 Kb.
səhifə2/6
tarix09.02.2023
ölçüsü45,67 Kb.
#100537
1   2   3   4   5   6
ASHURBEK

I. Dasturning asosiy mazmuni.

1. Informatika yo’nalishidagi fanlarni tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari
Informatika, axborot texnologiyalari tushunchasi: axborot yig’ish, uzatish, qayta ishlash va to’plash jarayonlarining umumiy tavsifi. Informasion jarayonlarni amalga oshirishning texnikaviy va dasturiy vositalari. Funksional va hisoblash masalalarini yechish modellari. Dasturlash: algoritmlash va dasturlash, yuqori darajadagi dasturlash tillari. Ma’lumotlar bazasi. Dasturiy ta’minot va dasturlash texnologiyasi. Kompyuter grafikasi asoslari. Axborot texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari, sifatli va hamma uchun barobar ta’lim uchun informasion texnologiyalar, o’qitishning informasion texnologiyasi dasturiy vositalarining tasnifi va tavsifi, ijodiy fikrlashni rivojlantirish bo’yicha o’qitishning informasion texnologiyasi imkoniyatlari, ta’lim tizimini axborotlashtirishning psixologik aspektlari. Informatika va axborot texnologiyalari ta’limi jarayonlari; ta’lim tizimi o’quv-tarbiya jarayoni; o’qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari; informatika va axborot texnologiyalarining nazariy masalalari; informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi; maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni; informatika va axborot texnologiyalari o’qitish nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish uslubiyoti kursi va uning bo’lajak informatika o’qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni. Kursning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni. Informatika va axborot texnologiyalarini va ularnin o’qitish uslubiyoti tarixi. O’qitishning asosiy didaktik tamoyillari va ulardan informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda foydalanish.Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi. Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitishning metodik tizimi va uning komponentlarining tavsifi.Informatika kursining o’qitish uslublarini muammolari. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O’qitishning interaktiv uslublari.Zamonaviy informatika xonasini vazifalari va maqsadi. Zamonaviy informatika xonasini jixozlash. O’qituvchi va o’quvchi ish joylari. Texnika xavfsizlikligi talablari. Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Zamonaviy informatika xonasida Internet, Intranet va lokal tarmog’i asosida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish. Informatika darslariga va zamonaviy informatika xonasida darslarini o’tkazishga tayyorlash va rejalashtirishning ajralib turuvchi xususiyatlari. O’quv jarayonini tematik va xar bir darsni rejalashtirish. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari ishni tashkillashtirish tamoyillari. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar o’tkazish. Xatoliklar, xatoliklar arifmetikasi. Xatoliklarni aniqlashda differensial hisobni qo’llash.Algebraik va transsendant tenglamalarni taqriban yechish usullari. Vatar, urinma va oddiy iterasiya usullari, uning yaqinlashish shartlari. Yechimning xatoligini baholash.Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish usullari. Gauss usuli. Uning algoritmi. Kvadrat ildizlar usuli. Tenglamalar sistemasi uchun iterasiya usuli, yaqinlashishning yetarli shartlari. Interpolyasiya bosh masalasining qo’yilishi, uning geometrik interpretasiyasi. Lagranj interpolyasion formulasi. Xatolikni baholash. Interpolyasion formulaning yagonaligi.Nyutonning I interpolyasion formulasi. Xatolikni baholash. Sonli differensiallash. Lagranj va Nyuton ko’phadlarini differensiallash. Xatoliklarni baholash. Aniq integralni taqriban hisoblash formulalari. Aniqlikni baholash. Funksiya hosilasiga ko’ra yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar uchun Koshi masalasini taqriban yechish. Eyler va Runge-Kutta usullari. Taqribiy yechimning geometrik ifodasi. Matematik statistika elementlari. Kuzatish natijalariga ishlov berish. o’rta qiymatlar va eng kichik kvadratlar usullari. Chiziqli dasturlash masalalarining qo’yilishi va unda qo’llaniladigan modellar. Chiziqli dasturlash masalasini yechishning grafik usuli. Chiziqli dasturlash masalasini simpleks usulda yechish. Simpleks jadvallar usuli.Sun’iy bazis usuli. Chiziqli dasturlashning o’zaro ikki yoqlama masalalari va ularning matematik modellari. Transport masalasi va uning qo’yilishi. Transport masalasini yechish usullari. Algoritm haqida tushuncha. Algoritmning asosiy hossalari, algoritm ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash usullari, algoritm turlari, Algoritmning asosiy tiplari: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar. Dasturlash tillari va ularning klassifikasiyasi, mashinaga mo’ljallangan va proseduraga mo’ljallangan dasturlash tillari, yuqori darjali dasturlash tillari, interpretatorlar va kompilyatorlar, dasturlarni translyasiyalash. Paskal tili sintaksisi. Kattaliklarning asosiy turlari. Paskal tilidagi programmalarning strukturasi. Paskal tilining operatorlari. Qiymatlarning skalyar turlari: tartib­langan, sanab o’tiluvchi va chegaralangan turlar. Jadval kattaliklar. Prosedura. Prosedura-funksiya. Fayllar va ular bilan ishlash. Massivlar bilan ishlash. Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tillari. Delphi dasturlash tilining ishchi muhiti, undagi oynalar. Komponentlar palitrasi. Bo’sh forma va uning modifikasiyasi. Delphi da nomlanishlar, forma xossalarini o’zgartirish, formaga yangi komponent joylashtirish va unda komponent xossalaridan foydalanish, xodisa tushunchasi, loyiha va modul strukturasi, dastur elementlari. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. SHaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob’ektlari va metodlari. Ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O’tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari. Ilg’or pedagogik qarashlar. Jahon ta’lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta’lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta’lim prinsplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta’lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari. Ta’limni boshqarish shakllari. O’quv-me’yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o’ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta’minlashni bilish, mashg‘ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta’minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.

Yüklə 45,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə