Mavzusining dolzarbligi


-. Tannarxni kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuli



Yüklə 209,74 Kb.
səhifə6/9
tarix30.12.2023
ölçüsü209,74 Kb.
#164216
1   2   3   4   5   6   7   8   9

3-. Tannarxni kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuli


Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning jarayonli usulini doimiy ravishda ko’p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlar qo’llashlari mumkin. Bu holatda buyurtmali usulda bo’lgani kabi butun buyurtma davri uchun emas, balki ma’lum muddat davomida (chorakda, yarim yilda va sh.k.) ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olishni yuritish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxi ma’lum bir vaqt mobaynida aniq bo’linma tomonidan qilingan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasini aynan shu vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot soniga bo’lish orqali topiladi.
Bu usulda ishlab chiqarish xarajatlari buyurtmani bajarish uchun ketgan vaqt emas, balki alohida bo’linmalar miqyosida hisobot davri oralig’iga hisoblanadi. Buning uchun har bir bo’linma uchun alohida “asosiy ishlab chiqarish” schyoti ochiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini jarayonli usul orqali hisobga olishda, doimiy ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan asosiy ishlab chiqarish hisobot davrining boshi va oxiri uchun shartli tugallangan mahsulot ko’rinishini oladi.
Shartli mahsulot birligi yoki shartli ishlab chiqarish hajmi tushunchasi ma’lum muddat davomida tayyorlangan mahsulot sonini o’lchash uchun ishlatiladi. U to’liq tugallanmagan mahsulotlarni shartli tayyor mahsulot sifatida hisobga olishga imkon beradi. Bu ko’rsatkich quyidagiga teng bo’ladi, ya’ni:

  1. hisobot davri mobaynida ishlab chiqarila boshlangan hamda to’liq tugallangan ko’rinish olgan mahsulotlarning umumiy soni;

  2. ana shu hisobot davri boshi va oxiriga mavjud bo’lgan tugallanmagan ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni ifoda etadi.

Mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulida to’g’ri moddiy xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish xarajatiga ishlab chiqarish jarayoni boshlanishi bilan kiritilishini nazarda tutadi. Qayta ishlash xarajatlari yoki qo’shilgan xarajatlar nomini olgan to’g’ri mehnat xarajatlari va umumishlab chiqarish xarajatlari esa ishlab chiqarish sikli davomida teng miqdorda taqsimlanadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilib boriladi. Shuning uchun materiallar bo’yicha shartli mahsulot birligi soni qo’shilgan xarajatlar bo’yicha shartli mahsulot birligidan farq qiladi.


Yüklə 209,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə