Mavzusining dolzarbligi


Ishlab chiqarish tannarxi



Yüklə 209,74 Kb.
səhifə3/9
tarix30.12.2023
ölçüsü209,74 Kb.
#164216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ishlab chiqarish tannarxi







MBT =


Tayyor mahsulotlar soni







Mahsulotlar tannarxini hisoblashda vujudga keladigan barcha

!

muammolarni tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali va jarayonli usullarini qo’llab echish mumkin


2-. Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli1


Xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxini aniqlashda quyidagi to’rtta usulning biridan foydalaniladi: -oddiy usul;
-buyurtmali usul; -jarayonli usul; -normativ usul.
Ba’zi bir mamlakatlarda bu usullardan tashqari yana boshqa, xususan o’rtacha tannarx, koeffitsientlar usulidan ham foydalaniladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun eng samarali ishlatilishi mumkin bo’lgan usullar – bu tannarxni hisoblashning buyurtmali va jarayonli usullaridir.
Xarajatlarni hisobga olishning va mahsulot tannarxini hisoblashning buyurtmali usuli – faqat bir mahsulot turini ishlab chiqaruvchi, shuningdek maxsus buyurtma asosida ishlovchi xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalaniladigan usuldir. Bu usulda barcha xarajatlar alohida bo’linmalar yoki hisobot davri uchun emas, har bir buyurtma bo’yicha yig’iladi. Xo’jalik yurituvchi subyektda asosiy ishlab chiqarish schyoti yuritiladi, bu boradagi analitik ma’lumot buyurtmalar kartochkasida olib boriladi. Aynan shu kartochkalarda ma’lum buyurtmani bajarish uchun barcha bo’linmalar bo’yicha xarajatlar yig’iladi.
Oddiyroq qilib ifoda qilinadigan bo’lsa, kichik xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining (ish, xizmat) aynan mana shu buyurtmali usul orqali tannarxini xisoblash har tomonlama samarali, juda aniq va qulaydir. Chunki:

  • ortiqcha hisob kitoblarni talab qiladigan “asosiy ishlab chiqarish” qoldig’ibo’lmaydi;

  • odatda buyurtmalar qisqa va aniq muddatlarga qabul qilinadi;

  • buyurtma vaqti, miqdori, mahsulot bahosi aniq kelishib olingan bo’ladi.

  • to’g’ri xarajatlar mehnat va moddiy xarajatlar kabi aniq mahsulot yoki xizmatturiga to’g’ridan-to’g’ri olib borilishi mumkin;

  • umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulot turiga qarab faqatgina maxsususlublar yordamida taqsimlanishi mumkin. Ya’ni, aynan ana shu buyurtma hajmiga to’g’ri keladigan qo’shimcha xarajatlarni (ma’muriy-boshqaruv apparati xarajatlari va barcha umumishlab chiqarish xarajatlari) hisoblash uchun tegishli hisob kitoblarni amalga oshirish mumkin. Ularni hisobdan chiqarishda har bir bo’linma yoki faoliyat yuritayotgan obyekt uchun odatda bir yilga o’rnatilgan umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsentlaridan foydalaniladi.






Bu usulda barcha to’g’ri xarajatlar ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan buyurtma birligiga olib boriladi. Lekin umumishlab

!

chiqarish xarajatlari maxsus usullar bo’yicha aniqlanadi va tannarxga olib boriladi. Bu usullardan ko’p qo’llaniladigani – umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsientlar usulidir.

Bu koeffitsent uch bosqichda hisoblanadi:

  1. Umumishlab chiqarish xarajatlarining yillik byudjeti, ya’ni rejasini tuzish. Kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini hisoblash xarajatlar dinamikasi va rejadagi ishlab chiqarish hajmi asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonni kelgusi hisobot davriga har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun alohida bajarish lozim. Aynan mana shu bosqichda amalga oshirilgan hisob-kitoblar kelgusida samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos bo’ladi.

  2. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatini o’lchaydigan ma’lum ko’rsatkichdan foydalanilib, umumishlab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanadi. Masalan, bajarilgan ishlarning kishi-soat ko’rsatkichidagi soni, ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi summasi, mashina-soatlar soni. Tanlangan baza umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan chambar-chas bog’lashi lozim. Yuqorida qayd qilingan uchta ko’rsatkichdan u yoki bu holatda samarali foydalanish, ya’ni ularni to’g’ri qo’llash juda muhimdir.

  3. Kelgusi davr uchun kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini taqsimlashning tanlangan bazasi ko’rsatkichida (soatlar, pul birligida) ifodalangan kutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga bo’linadi. Bu jarayonning natijasida umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsenti aniqlanadi.

Shundan so’ng, umumishlab chiqarish xarajatlari bu koeffitsentni qo’llagan holda, ya’ni normativ koeffitsentni taqsimlash bazasi ko’rsatkichining amaldagi holatiga ko’paytirish orqali, har bir mahsulot turiga olib boriladi. Bu summa moddiy xarajatlarga va ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlariga qo’shiladi. Natijada shu tariqa hisoblashlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Ana shu ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashda xarajatlarning faqatgina ikkita elementini to’g’ridan - to’g’ri (to’g’ri moddiy va to’g’ri mehnat xarajatlari) ishlab chiqarish tannarxiga olib borish mumkin, ya’ni ortiqcha hisobkitoblarni amalga oshirmasdan. Umumishlab chiqarish xarajatlari esa normativ koeffitsent asosida hisobdan chiqariladi. Aynan mana shu tartibda ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash buxgalteriya hisobining barcha schyotlari bo’yicha mahsulot harakatini ifoda etadi.

Yüklə 209,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya