Me'da ichak trakti harakati reja



Yüklə 161,65 Kb.
səhifə10/11
tarix23.12.2023
ölçüsü161,65 Kb.
#155824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ME\'DA ICHAK TRAKTI HARAKATI

MIYACHA FIZIOLOGIYASI
Reja:

  1. Miyacha

  2. Oraliq miya va miyacha fiziologiyasi.


Miyacha (lot. cerebellum – kichik miya) umurtqalilar bosh miyasining bir qismi. Odatda miya yarimsharlaridan kichik, lekin ba’zi baliqlarda undan katta boʻlishi ham mumkin. Odamlarda miyacha harakat boshqariluvida katta rol oʻynaydi. U shuningdek ba’zi bir kognitiv funksiyalarda, masalan diqqat va til, shuningdek qoʻrquv va qoniqish kabi hissiy boshqaruvlarda ham ishtirok etadi, ammo asosiy ta’siri harakatga bogʻliq funksiyalarda. Odam miyachasi harakatni chaqirmaydi, lekin harakatdagi koordinatsiya, tartib va aniq davomiylikni ta’minlaydi: u orqa miya va miyaning boshqa qismlaridan sezuvchi impulslarni qabul qiladi va ular asosida harakatning oʻta aniq chiqishini ta’minlaydi.[4] Miyachaning jarohatlanishi odamlarda nozik harakatlar, tana holati boshqariluvi va yangi harakatlar oʻrganilishi buzilishiga olib keladi.
Anatomik jihatdan, odam miyachasi bosh miyaning pastki qismi tegib turuvchi alohida tuzilma boʻlib, miya katta yarimsharlari pastida yopishib turadi. Uning poʻstlogʻi tartibsiz burmalarga ega yarimsharlar poʻstlogʻidan farq qilib, parallel egatlardan iborat. Bu parallel egatlar miyacha poʻstlogʻi aslida akkordion holatiga keltirilgan davomli yupqa toʻqima ekanligini koʻrsatadi. Bu yupqa qatlamda bir qancha neyron turlari oʻzaro tartib bilan joylashgan. Eng muhimlari Purkinye hujayralari va donador hujayralarder. Bu kompleks tuzilma katta miqdordagi signallar bilan ishlash imkoniyatini beradi, lekin miyacha poʻstlogʻidan chiquvchi deyarli barcha ma’lumot miyacha ichidagi oq moddada joylashgan kichik chuqur yadrolar tizimi orqali oʻtadi.
Miyacha harkat boshqaruvidagi asosiy rolidan tashqari, harakatni oʻrganishning bir qancha turlarida muhim, sezgi-harakat (sensorimotor) munosabatlari oʻzgarishlarida yangi harakat oʻrganishdagi ishtiroki sezilarli. Sezgi-harakat kalibratsiyasini miyachadagi [sinaptik plastiklik]ka bogʻliqligini koʻrsatuvchi bir qancha nazariy modellar ishlab chiqilgan. David Marr va James Albus tomonidan ilgari surilgan modellar har bir miyacha Purkinye hujayralari umuman farqli 2 xil signalni qabul qilishini oʻrganish asosida yaratilgan: biri donador hujayralarning parallel tolalaridan keluvchi minglab kuchsiz signallar; boshqasi yagona koʻtariluvchi toladan keluvchi juda kuchli signallarni qabul qilish. Marr–Albus nazariyasining asosiy ma’nosi koʻtariluvchi tolalar “oʻrgatuvchi signal”larni tashiydi va parallel tolalardagi signal kuchini uzoq davom etuvchi oʻzgarishini chaqiradi. Parallel tolalardagi uzoq muddat depressiyalarini oʻrganish shu turdagi nazariyalarni rivojlantirdi, lekin ularning ishonchliligi baxsli masala.
Tuzilishi
Umumiy anatomiyaga koʻra, miyacha zich poʻstloq, uning ostidagi oq modda va asosidagi suyuqlik bilan toʻlgan qorinchadan iborat. Toʻrtta miyacha chuqur yadrolari oq modda ichida joylashgan. Poʻstloqning har bir qismi yuqori geometrik stereotip bilan joylashgan kichik neyronal element tuzilmalaridan iborat. Miyacha va uning yordamchi tuzilmalari bir necha yuzlab yoki minglab mustaqil ishlovchi, “mikrozona” yoki “mikroqismlar” deb ataluvchi modullarga boʻlinishi mumkin.
Umumiy anatomiya
Miyachaning yuqori va orqadan koʻrinishi
Miyacha kalla suyagining orqa chuqurchasi da joylashgan. Toʻrtinchi qorincha, miya koʻprigi va uzunchoq miya miyachaning oldingi tomonida joylashgan. U yuqorida yotuvchi bosh miyadan dagʻal qattiq parda bilan ajralib turadi; Uning miyaning boshqa qismlari bilan qolgan barcha aloqalari koʻprik orqali oʻtadi. Anatomlar miyachani metencephalonning bir qismi deb tasniflaydilar, unga koʻprik ham kiradi; metencephalon rombencephalonning yuqori qismi hisoblanadi. Bosh miya poʻstlogʻiga oʻxshab, miyacha ham ikki miyacha yarimsharlariga boʻlinadi; unda yana tor oʻrta zona chuvalchangsimon qism (vermis) ham bor. Katta burmalar tizimi, kelishuvga koʻra umumiy strukturani 10 ta kichikroq “boʻlakchalar”ga boʻladi. Undagi koʻplab mitti donador hujayralar hisobiga miyacha miyaning qolgan barcha qismlari umumlashtirilganidan koʻra koʻproq neyronlar tutadi, lekin u butun miya hajmining 10% inigina egallaydi. Miyachadagi neyronlar soni neokorteksdagi neyronlar soniga bogʻliq. Miyachada neokorteksdagidan 3,6 marta koʻp neyronlar bor va bu nisbat turli xil sutemizuvchilarda bir xilligi kuzatilgan.
Miyachaning noodatiy yuzasi uning asosiy hajmi zich taxlangan kulrang modda qavati: miyacha poʻstlogʻidan iboratligini yashirib turadi. Bu qavatdagi har bir pushta folium deb ataladi. Hisoblanishicha, odam miyachasi poʻstlogʻi toʻliq yozib tekislansa, 1 metr uzunlik va 5 santimetr kenglikda, umumiy 500 sm kvadrat maydonni egallaydi, hajmiy birliklarga qoʻysak 6 sm × 5 sm × 10 sm boʻladi. Poʻstloqning kulrang moddasi ostida oq modda yotadi. U poʻstloqqa boruvchi va undan ketuvchi koʻplab miyelinlangan nerv tolalaridan iborat. Oq modda ichida toʻrtta miyacha chuqur yadrolari joylashgan. Ular koʻndalang kesmada daraxt shoxlarini eslatgani uchun arbor vitae (hayot daraxti) deb ataladi.
Miyacha nerv sistemasining turli qismlari bilan miyacha oyoqchalari (lot.pedunculi cerebellaris) orqali bogʻlangan. Bular yuqori (pedunculi cerebellaris superior), oʻrta (pedunculi cerebellaris medius) va pastki (pedunculi cerebellaris inferior) miyacha oyoqchalari boʻlib, chuvalchangsimon qismga nisbatan joylashuvi boʻyicha nomlangan. Yuqorigi miyacha oyoqchalari thalamus yadrolari orqali yarimsharlar poʻstlogʻidagi yuqorigi motor neyronlarga boruvchi efferent tolalar tutadi. Tolalar miyacha chuqur yadrolaridan chiqadi. Oʻrta miyacha oyoqchalari koʻprik bilan bogʻlangan va barcha impulslarni koʻprikdan, asosan nucleus pontineusdan oladi. Yarimsharlar poʻstlogʻidan koʻprikka oʻtgan impulslar ushbu yadro va uning tolalari orqali miyachaga oʻtkaziladi. Oʻrta oyoqcha oyoqchalar ichida eng yirigi boʻlib, miyachaning turli qismlariga boruvchi uchta tutamlarga ajratiladi. Pastki miyacha oyoqchalari vestibulyar yadrolar, orqa miya va koʻprik tomi (lot. tegmentum) dan impulslar qabul qiladi. Pastki oyoqchadan chiquvchi impulslar efferent tolalar orqali vestibulyar yadrolar va retikulyar formatsiyaga boradi. Butun miyacha boshqaruvchi impulslarni pastki miyacha oyoqchalari orqali pastki oliva yadrosi (lot. nucleus olivaris inferior)dan oladi.
Boʻlaklari
Miyachaning asosiy anatomik subdivisions sxematik koʻrinishi. “Yoyilgan” miyachaning yuqoridan koʻrinishi, chuvalchangsimon qism bir yuzaga joylashtirilgan.
Yuzasiga koʻra miyacha uch boʻlakka boʻlinishi mumkin: miyachaning oldingi (lot. lobus cerebelli anterior) (birlamchi egat ustida), orqa (lot. lobus cerebelli posterior) (birlamchi egat ostida) va boʻlakcha-tuguncha (lot. lobus flocculonodularis) boʻlaklariga. Bu boʻlaklar miyachani rostral va kaudal (odamlarda yuqorigi va pastki) qismlarga boʻladi. Funksiyasi jihatidan medialdan-lateralga shaklida boʻlish muhim. Flocculonodular boʻlakdan tashqari (uning oʻz bogʻlanishlari va funksiyalari bor) miyachani funksional jihatdan spinocerebellum deb ataluvchi medial sektor va cerebrocerebellum deb ataluvchi lateral sektorga boʻlish mumkin. Oʻrta chiziqdan chiqib turuvchi uzun va tor boʻlak miyachaning chuvalchangsimon qismi deb ataladi.
Eng kichik soha, flocculonodular boʻlak, odatda vestibulocerebellum deb ataladi. U evolyutsion jihatdan eng qari (archicerebellum) qism va asosan muvozanat va makon oriyentatsiyasida ishtirok etadi; uning asosiy aloqalari vestibulyar yadrolar bilan, shuningdek vizual va boshqa sezgi impulslarini ham qabul qiladi. Bu sohaning zararlanishi qadam tashlash va muvozanat buzilishiga sabab boʻladi. Oldingi va orqa boʻlaklarning medial zonalari spinocerebellum, shuningdek paeocerebellum deb ham ataladi, tashkil qiladi. Miyachaning bu sektori tananing va qoʻl-oyoqlarning nozik harakatlarida ishtirok etadi. U orqa miyaning orqa ustunlaridan spinocerebellar tract bilan birga proprioseptiv impulslarni va bosh miya nervlaridan uch shoxli nerv, shuningdek vizual va eshitish sistemalaridan ham impulslar qabul qiladi. U miyacha chuqur yadrolariga tolalar joʻnatadi, oʻz navbatida, yarimsharlar poʻstlogʻi va miya ustuniga proyeksiyalanishi orqali tushuvchi harakat sistemalari modulyatsiyasini ta’minlaydi.
Lateral zona odamlarda eng katta qism boʻlib, cerebrocerebellumni tashkil qiladi, shuningdek neocerebellum deb ham ataladi. U yarimsharlar poʻstlogʻidan, xususan chakka boʻlakdan nucleus pontineus orqali (cortico-ponto-cerebellar yoʻllarni hosil qilib) impulslarni qabul qiladi va oldingi lateral talamusga (oʻz navbatida yarimsharlar poʻstlogʻining premotor va birlamchi harakat sohasiga) va qizil yadroga impuls yuboradi. Lateral miyachaning funksiyalarini ta’riflashda kelishmovchiliklar mavjud: u bajariladigan harakatni rejalashtirishda, harakat uchun sensor axborotlarni baholashda, va bir qancha kognitiv funksiyalarda, masalan qaysi fe’l ma’lum bir otga eng mos kelishi (masalan, "oʻtirish" "stul" uchun)ni aniqlashda ishtirok etadi deb hisoblanadi.

Yüklə 161,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə