Me'da ichak trakti harakati reja


VEGETATIV NERV SISTEMASINING MUSKULLARGA TA'SIRI



Yüklə 161,65 Kb.
səhifə8/11
tarix23.12.2023
ölçüsü161,65 Kb.
#155824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ME\'DA ICHAK TRAKTI HARAKATI

VEGETATIV NERV SISTEMASINING MUSKULLARGA TA'SIRI
Reja:

  1. Vegetativ nerv sistemaning tuzilishi

  2. Vegetativ nerv sistemasining muskullarga ta'siri


Vegetativ nerv sistemasi (lotincha: vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V.n.s.ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo V.n.s. animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat koʻrsatadi. Bu terminni fanga birinchi marta fransuz vrachi M. Bisha kiritgan (1801) va uning somatik nerv sistemasi faoliyatidan farqini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Ingliz fiziologi J. Lengli (1903) V.n.s.ni "avtonom nerv sistemasi" deb atadi, chunki V.n.s.ning faoliyati ong bilan boshqarilmaydi, shu sababli "avtonom" yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi deb ham yuritiladi.
V.n.s. moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadigan barcha aʼzolarning (yurak-qon tomir, nafas, hazm qilish, ajratish, koʻpayish) toʻqima va muskullar trofikasini (trophe — ovqat) bevosita yoki gumoral (suyuqlik muhit vositasida) yoʻl bilan idora etadi. V.n.s. joylanishi va faoliyatiga koʻra animal nerv sistemasidan birmuncha farq qiladi. Animal nerv sistemasi faqat koʻndalang-targʻil (skelet) muskullarni idora qilsa, V.n.s. hujayralar, toʻqimalar va silliq muskullarni nerv bilan taʼminlaydi. Animal nervlar miya stvoli (ustuni) va orqa miyaning barcha segmentlaridan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa markaziy nerv sistemasining maʼlum qismlaridan (oʻrta va uzunchoq miyadan, orqa miyaning barcha koʻkrak va uchta bel segmentlarida oʻziga tegishli umurtqalar oraligʻidan, shuningdek dumgʻaza sohasidan, ikkinchi — toʻrtinchi dumgʻaza umurtqalari oraligʻidan) tarqaladi. Animal nervlar orqa miyadan chiqib uzilmasdan ishchi aʼzolarga boradi. Vegetativ nervlar miya sohasidan chiqqandan soʻng yoʻl-yoʻlakay vegetativ tugunlarda toʻxtab, keyin ishchi aʼzolarga tarqaladi. Bundan tashqari, tugundan oldingi tolalarning har biri tugundan keyingi bir qancha tolalarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Animal nervlar miyelin (yogʻ) pardaga oʻralgan va yoʻgʻonroq, vegetativ nervlar esa miyelinsiz va ingichka boʻladi. Vegetativ nervlar asosan animal nervlar tarkibida, qon tomirlar devorida chigallar hosil qilib tarqaladi. Vegetativ nervlarning har biri ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi tolalar vazifasini bajaradi. Ularda impuls (taʼsir)lar sekundiga 10 m tezlikka yetadi. Somatik nervlar tarkibidagi tolalar (sezuvchi va harakatlanuvchi) esa alohida, miyelin pardali boʻlgani uchun ularda impuls sekundiga 100 m tezlikka yetadi.
V.n.s. faoliyatiga koʻra simpatik va parasimpatik nerv sistemasiga ajratiladi. Simpatik nerv sistemasi adrenalinga oʻxshaydigan simpatii, parasimpatik nerv sistemasi esa atsetilxolin vositasi taʼsirida qoʻzgʻaladi. Bu moddalar qonga va limfa suyukligiga shimilib, ular orkali nervlar qoʻzgʻaladi. Markaziy nerv sistemasi tashqi va ichki muhit taʼsirlariga V.n.s. orqali javob beradi va organizmni doim oʻzgarib turadigan muhitga moslashtiradi. Odatda simpatik nervlar funksiyasi jihatidan parasimpatik nervlarga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi. Simpatik nervlar koʻz qorachigʻini kengaytiradi, soʻlak va b. ajralishini kamaytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, meʼda va ichak harakati (peristaltika)ni susaytirib, ularning shira chiqarish faoliyatini pasaytiradi, oʻpka, bronxlarni kengaytiradi. Parasimpatik nervlar esa aksincha koʻz qorachigʻini siqib toraytiradi, sulak bezlari ishini kuchaytiradi, yurak faoliyatini pasaytiradi, ichak harakatini tezlashtiradi, oʻpka, bronxlarni toraytiradi. V.n.s. somatik nerv sistemasi bilan bir butun hamjihat boʻlib ishlaydi, uni markaziy nerv sistemasining oliy boʻlimlari, asosan bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi nazorat qilib turadi. Mas., organizmga sovuq taʼsir qilganda simpatik nervlar qoʻzgʻalib, qon tomirlar torayadi. Gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez faoliyati kuchayadi, natijada bir talay adrenalin ajralib, organizmda issiqlik saqlanishini taʼminlaydi. Aksincha, organizmda issiqlik koʻpayishi tufayli parasimpatik nervlar qoʻzgʻaladi. V.n.s.ning faoliyati turli kasalliklar davrida, obhavoning oʻzgarishi, tashqi va ichki taʼsirlar orqali oʻzgaradi
Vegetetiv nerv sistema ikki neyronli bo’lishi bilan somatik nerv sistemasidan farq qiladi. Vegetativ nerv sistemasining tolalari nerv markazlaridan chiqqach, organga uzilib, gangliy hosil qiladi. Gangliydan chiqqan nerv tolalari organga Yetib boradi. Nerv sistemasi simpatik qismining markazlari orqa miya ko’krak-bel qismlarining yon tarmoqlarida joylashgan. Orqa miya oldidan ikkinchi neyron boshlanib, uning tanasi joylashgan qism umurtqa pog’onasi oldi simpatik tugunlar hosil qiladi. har ikki tomondagi simpatik stvolda 3 ta bo’yin, 10-12 ko’krak, 5 bel, 4 ta dumg’aza va 1 ta dum tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan chiqqan nerv tolalari yurak, qizilo’ngach, bronxlar, o’pka, va boshqa ichki organlarni nervlar bilan taminlaydi.
Nerv sistemasi parasimpatik qismining markazlari orqa miyaning yuqorigi dumg’aza qismida, uzunchoq o’rta miyada joylashagan. Uzunchoq miyadan chiqqan adashgan nerv tolalari qalqonsimon bez, yurak, bronxlar, o’pka, qizilungach, oshqozon, ichaklar, me`da osti bezi, jigar va buyraklarni ta`minlaydi. Yorta miyadan chiqqan parasimpatik nerv tolalari ko’z qorachig’ini toraytiruvchi muskullarni va ko’zning kipriksimon muskullarini ta`minlaydi. Vegetetiv nerv sistemasining funktsiyalari.
Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi turli xil funktsional xossalarga ega. Ular turli organ funktsiyalariga nisbatan qarama-qarshi ta`sir etadi. Masalan, simpatik nerv sistemasi ta`sirlanganda yurak qisqarish soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, oshqozon-ichak traktining harakat funktsiyalari susayadi, ko’z qorachig’i kengayadi, moddalar almashinuvi ortadi. Parasimpatik nerv sistemasi ta`sirlanganda yurak faoliyati tormozlanadi, ba`zi qon tomirlari kengayadi, oshqozon ichak traktining harakat funktsiyalari ortadi va ko’z qorachig’i torayadi.
Vegetativ nerv sistemasining’ funkiiyalari bosh miyaning turli qismlari va bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i bilan boshqarilib turiladi. Vegetetiv nerv sistemasi ham o’z navbatida bosh miya faoliyatiga ta`sir etadi. Turli yoshdagi bolalarda vegetativ norv sistemasining rivojlaniish xususiyatliri yaxshi o’rganilmagan. Yangi tug’ilgan chaqaloqda yurak minutiga 120-140 marta qisqaradi va bolaning yoshi ortishi bilan qisqarishning soni kamayib boradi. Bu protsess bolada yurakka parasimpatik nerv sistemasi ta`siri ortib borishi bilan boqliq.
Vogetativ nerv sistemasi funktsiyalari rivojlanishi bolaning harakat funktsiyalari rivojlanishi bilan bogliq, chunki skelet muskullarinnng qisqarishi reflektor ravishda yurak faoliyatiga ovqat hazm qilishga, nafas olishga, siydik ayirishga, qon bosimi va boshqa funktsiyalarni ortishiga sabab bo’ladi, veg’etativ nerv sistemasi funktsiyalarini I.P.Pavlov, L.A.Orbeli, A.G. Genetsinskiy, I.M.Bikov va A.A. Arshavskiy va boshqa ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan.
Ekstrimal (favqulodda) sharoitlarda vegetativ nerv sistemasi tashqi ta`sirlarga javob berib, ayniqsa, turli emotsional reaktsiyalarda qon aylanish, nafas, hazm, ayiruv, ichki sekretsiya organlarining funktsional holatini o’zgartirib yuborish xususiyatiga eg’a. Bunda yurak ritmi, nafas tezlashadi, ter ajralib chiqishi, almashinuv jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.
Sog’liq tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy gradientlar shu faktni ko’rsatadiki, sogliq tizimidagi tengsizlik muammosi nafaqat ushbu muammodan aziyat chekib jabr korganlar, balki jamiyatga tegishli bolgan har bir shahsning vazifasidir. Sogliqni saqlash borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy gradientning sistematik xarakteri yana shuni ko’rsatadiki, sogliq borasidagi tengsizlik adolatsizlikning nishonasidir. Bu esa, ayniqsa hayot davomida ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning rivojiga hissa qoshuvchi yoshlar va bolalarga nisbat sogliq borasidagi tengsizlik haqida gap ketganda yaqqol togridir.
Shu boisdan, bolalar va yoshlar borasidagi sogliqqa qaratilgan etiborni hisobga olgan holda yuqori qatlamlar va davlat hukumati ushbu sohada adolatsizlikning oldini olish uchun bir qancha muhim chora tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Hukumat shuni hisobga olishi kerakki, bolalar va yoshlarga nisbatan yomon holdagi salomatlik chora tadbirlariga ajratilgan investitsiyalar ijtimoiy va iqtisodiy orqa ketishni taminlashi mumkin. Bolalar va yoshlarga qaratilgan etiborsizlik, hususan ota-onalarning bolalar salomatligini takomillashtitish uchun emas, aksincha bu borasida loqaydliklarga yol qoyishi aksincha natijani olib keladi va uzoq kozlangan rejadagi ijtimoiy ca iqtisodiy muammo va chekinishlarga olib kelishi mumkin.
Vegetativ nerv sistemasining organizm ichki muhiti doimiyligini saqlashda ishtiroki ayniqsa muhim ahamiyatga ega. a Chunonchi, masalan, havo haroratining ko’tarilishi, ter ajralishining kuchayishi, shuningdek periferik qon tomirlar sistemasining kengayishi hisobiga issiqlik ajratish bilan o’tadi. Bularning hammasi tana xaroratini doimiy darajada tutib turish imkonini beradi va organizmning issiqlab ketishiga to’siqlik qiladi.



Yüklə 161,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə