Me'da ichak trakti harakati reja



Yüklə 161,65 Kb.
səhifə4/11
tarix23.12.2023
ölçüsü161,65 Kb.
#155824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ME\'DA ICHAK TRAKTI HARAKATI

OQSILLAR ALMASHINUVI
Reja:



        1. Oqsillar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari

        2. Aminokislotalarning almashinuv yo’llari

        3. Aminokislotalarning dezaminlanishi va dekarboksillanishi

        4. Aminokislotala almashinuvida hosil bo’lgan biologik moddalar sintezi

Oqsillar organizmda muhim urin tutadigan va bir qator jiddiy vazifalarni bajaradigan oziq moddalardandir. Boshqa biror bir oziq modda oqsillarning urnini bosa olmaydi. Ularning vazifasini hech bir oziq moddasi bajara olmaydi.


Ichaqdan qonga surilgan aminoqislotalar qopqa vena orqali jigarga erkin kislotalar holida keladi. Jigarga keladigan qopqa vena sistemasidagi qonda aminokislotalar miqdori yeyilgan ovqatga qarab uzgarib tursa ham qon aylanishi-da aminokislotalar miqdori ma’lum chegarada saqlanadi. Buning sababi, birinchi-dan, qopqa venadan kelgan ortiqcha aminokislotalarni jigar ushlab qolishi bulsa, ikkinchidan, boshqa a’zolarning ham qondan aminokislotalarni uz ehtiyojiga qarab yutishidir. Jigar aminokislotalarni ancha tez tuplash qobiliyatiga ega, bu хususiyat a’zoning har tomonlama metabolik faoliyati juda yuksak ekanligiga bogliq. Jigar organizmning “kimyoviy laboratoriyasi” deb bejiz aytilmaydi. Aminokislotalar bu a’zoda qisman parchalanadi, qisman boshqa birikmalar (plazma oqsillari, uglevod-lar) sintezi uchun sarf buladi. Har xil aminokislotalarning qon plazmasidagi miqdorini ularning qonga kiritilish va qondan yutilish balansi idora qilib turadi. Aminokislotalarning plazma va tuqimalardagi miqdorining uzaro nisbati dinamik holatdadir.
Peptidlar tana suyuqliklari va tuqimalarida ularning ba’zi maxsus vakillari (masalan, glutation) dan tashqari, deyarli uchramaydi. Ular hujayra tekisligida oziq modda yoki oqsil sintezi uchun erkin oraliq, modda sifatida ahamiyatga ega emas. Qon aylanishiga tushgan aminokislotalarning asosiy ahamiyati tirik hujayralarning struktura va katalitik funkiiyalarini ta’minlab turishdir. Bu ma’noda ularning birinchi funktsiyasi oqsillar, shu jumladan, fermentlar, gormonlar va boshqa mu-him biologik ahamiyatga ega birikmalar sintezi uchun sarf qilinishidir. Agar ovqat oqsillari, odatda bulgani kabi, bu asosiy va eng spetsifik vazifani bajarish uchun zarur miqdordan kuproq aminokislota yetkazgan bulsa, ortiqcha qabul qilingan aminokislotalar parchalanadi, undan energiya manbai sifatida foydalanish mumkin, ammo bu ular uchun zarur funktsiya emas. Aminokislotalarning tula parchalanib, oxirgi mahsulotlarga aylanadigan qismi asosan, ovqat tarkibiga bogliq. Ammo ovqat bilan oqsil moddalar kiritilmaganda, ochlikda ham siydik bilan ma’lum miqdorda azotli moddalar ajratilib turadi, bunda organizm manfiy azot balansida buladi.
Organizm bunday sharoitda nima uchun uz oqsillarining parchalanishidan kelib chiqadigan aminokislotalarni boshqa tuqimalar uchun zarur bulgan yangi oqsil sintezi uchun iste’mol qilmay, azotni “behuda” tashqariga chiqarib tashlaydi. Buning sababi shuki, har bir oqsil sintezi uchun aminokislotalarning ma’lum tuplami kerak. Barcha oqsillar qat’iy aminokislota tarkibiga egaligidan zarur aminokislotalardan bittasi bulmasa ham oqsill sintezlanishi mumkin emas. Demak qolgan hamma aminokislotalar parchalanadi. Ularning azoti siydik bilan chiqariladi, uglerod skeleti esa energiya ajratish bilan oxirgi mahsulotlari bulmish CO2 va H2O gacha parchalanib ketadi. Bundan tashqari, bir qator aminokislotalar turli biologik aktiv birikmalar sintezi uchun sarf buladi. Masalan, fenilalanindan adrenalin va tiroksin gormonlari, arginin va metionindan muskullarda kreatin hosil qilinadi. Demak, almashinmaydigan aminokislotalarning bir qismi doimo oqsil sintezidan boshqa ehtiyojlarni qoplash uchun ishlatiladi. Natijada almashinmay-digan aminokislotalar yetishmaganidan boshqa aminokislotalar ham oqsil sintezi uchun kerak bulmay qoladi. Shuni ham aytib utish kerakki, soch, tirnoq, teri epidermisi kabi bir qator tuqimalarning oqsillari hayot jarayonida qaytarilmay-digan shaklda yuqolib, yangidan organizmning almashinuv reaktsiyalarida ishtirok eta olmaydi. Organizmning har bir tuqimasi shu tur uchun uziga xos spetsifik oqsillar tuplamiga ega. Ularning tuxtovsiz parchalanib, yangidan sintezlanib turishi a’zoning funktsiyasi va hayot faoliyati bilan belgilanadi, Hujayralarda uz oqsillarini parchalaydigan murakkab proteolitik fermentlar sistemasi bor. Ular katepsinlar deb atalib, oqsillarga hamda peptidlarga ta’sir etadi. Katepsinlar ta’sir xarakteriga qarab turt guruhga bulinadi. Bulardan ikkitasi pepsin va tripsinga, qolgan ikkitasi aminopeptidaza va karboksipeptidazaga muvofiq keladi deb, hisoblanadi. Bu fermentlar faqat tuqima oqsillarini parchalash qobiliyatiga ega bulib, hozirgi tushunchalarga binoan, sintez reaktsiyalarida ishtirok etmaydi. Tuqimalarning normal hayoti, masalan, qon bilan ta’minlanishi, ovqatlanishi buzilganda yoki tukima parchasi termostatda, mikrobsiz sharoitda saqlanganda kuzatiladigan erish hodisasi — autoliz mana shu fermentlar faoliyatiga bogliq.
Ko’p yillardan beri ma’lumki, organizmning barcha tuqima va hujayralari doim parchalanib, yangidan tiklanib turadi. Bu fikr Shonxaymer va Rittenberg-larning nishonlangan aminokislota­lar bilan utkazgan klassik tajribalarida mukammal tasdiqlandi. Ular azot muvozanatida bulgan, ya’ni ovqat bilan beriladigan aminokislotalarga ehtiyoji katta bulmagan kalamushlarga M15 bilan ni­shonlangan aminokislotalar yuborilganda ham bu aminokislotalardagi azotniig 58 protsentny tana oqsillari tarkibidan topganlar. Bu natijalar ovqatdagi ortiqcha azot siydik bilan chikariladi, degan eski tushunchalarni rad qiladi va ovqat bilan iste’mol qilinadigan aminokislotalar, hatto, organizm qabul qilgan azot bilan tashqariga chiqarilib turgan azot miqdori teng, ya’ni hayvon azot, muvozanatida bulgan taqdirda ham doim tana oqsillari tarkibiga kirib turadi degan fikrni tasdiqlaydi.
Nishonlangan izotop birikmani kiritish yuli bilan ayrim tuqimalarda oqsillarning aylanish (yangilanish) tezligini ulchash mumkin. Bu termin ma’lum vaqt birligida umumiy oqsilning izotop bi­lan almashingan protsent miqdorini kursatadi. Kupincha, aylanish tezligini tekshirilayotgan modda, masalan, oqsil yoki tukimaning yarim yashash davri, ya’ni mavjud miqdorining yarmi yangilanadigan vaqt bilan ifodalanadi. Turli tuqima oqsillari va hujayra elementlarining yarim yashash davri keng miqyosda farqlanadi. Ayniqsa, jigar va plazma oqsillari tez aylanadi, ularning yarim yashash davri 6 kunga teng. Muskul oqsillarining yashash davri 180 kunga, ba’zi pay oqsillariniki esa 1000 kunga teng. Demak, tuqima oqsillarining sintezi uchun doimo tashqaridan kiritiladigan oqsillarga muhtojlik bor. Oqsil tarkibiga yangi aminokislota kirishi buzilmagan molekuladagi aminokislota bilan almashinuv orqali bajariladimi yoki buning uchun oqsil molekulasi tula parchalanib, yangidan sintezlanishi kerakmi degan savol hali uzil-kesil hal qilingan emas.
Boshqa bir tajribada hayvonga M15 bilan nishonlangan leytsin qiritilgandan sung uning tuqimalaridan ajratib olingan oqsillar gidroliz qilinib, M15 ning tarqalishi tekshirilgan. Analiz natijasida nishonlangan azot lizindan boshqa barcha aminokislotalar, ortiqcha miqdorda glutamat va aspartat kislotalarda topilganki, bu azotning dikarbon aminokislotalar tarkibiga ayniqsa katta sur’at bilan kirishini kursatadi. Leytsin urniga boshqa nishonlangan aminokislotadan foydalanilganda ham shunday natija olingan. Demak, organizmda aminokislotalar orasida azot atomlari almashinib turar ekan. Bu hodisa organizmda azot moddalarning dinamik holati faqat tuqima oqsillarining yangilanib turishi bilan chegaralanib qolmay, azot almashinuvining asosiy elementi bulgan aminokislotalarning ham doimo uzgarib turishini tasdiqlaydi.
Aminokislotalar orasida azot almashinuvini ular metabolizmidagi ikki asosiy reaktsiya yordamida tushuntirish mumkin. Ulardan biri transaminaza reaktsiyasi aminokislotaning aminoguruhsini ketokislotaga kuchirishdan iborat. Bu reaktsiyada ketokislotadan yangi aminokislota sintezlanadi, aminokislota esa ketokislotaga aylanadi. Azot almashinuvining ikkinchi imkoniyati dezaminlanish reaktsiyasiga bogliq. Bunda aminokislota aminoguruhni ammoniy shaklida ajratib, uzi tegishli ketokislotaga aylanadi. Natijada, ajralib chiqqan ammoniy ovqat bilan qabul qilingan nishonlangan amino­kislotaning M15 atomlariga ega buladi, endi nishonlangan ammoniy oqsil molekulasida boglangan aminokislota azotini almashtirishi ehtimoldan holi emas. Haqiqatan ham ovqat bilan kiritilgan ammo­niy aminokislota kabi, azot manbai sifatida iste’mol qilinishi mumkin. Hayvonga N15 bilan nishonlangan ammoniy nitrat kiritilgan­dan sung tuqima oqsillari gidroliz qilib olingan aminokislotalarda izotop topilishi bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.


Yüklə 161,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə