Me'da ichak trakti harakati reja


FIZIOLOGIK OVQATLANISH NORMALARI



Yüklə 161,65 Kb.
səhifə3/11
tarix23.12.2023
ölçüsü161,65 Kb.
#155824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ME\'DA ICHAK TRAKTI HARAKATI

FIZIOLOGIK OVQATLANISH NORMALARI
Reja:
1.Ovqatlanishning fiziologik ahamiyati.
2.O`quv binosi, jihozlari va obodonligiga bo`lgan gigienik talablar.

1. Ovqatlanishning fiziologik ahamiyati.


Ovqatlanish organizmning normal yashashi va ish bajarishi uchun zarur fiziologik xususiyat. Yoshlar uchun esa ular organizmning normal o`sishi va rivojlanishi uchun ham zarur. Ovqatlanish organizmda uzluksiz davom etadigan moddalar va energiya almashinuvining fiziologik asosidir. Moddalar va energiya almashinuvi esa tiriklikning asosiy xususiyatidir. Ovqat uzluksiz iste`mol qilinmasa va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan tashlandiq moddalar tashqariga chiqarib turilmasa tirik organizmning hayot kechirishi, o`sishi va rivojlanishi mumkin emas.
Ovqatlanish organizmda 2 ta muhim fiziologik vazifani bajaradi:
- birinchidan, oziq moddalar energiya manbai bo`lib, yani organizmda moddalar almashinuvi natijasida parchalanib o`zidan energiya ajratadi. Bu energiya esa hujayra, to`qima, organlarning yashashi, harakatlanishi va ish bajarishi uchun sarflanadi.
- ikkinchidan, oziq moddalar hujayralar tarkibiy qismini yangilab turishi, ko`payishi, o`sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi.
Ovqatning kundalik normasi yoshlarning yoshiga, sog`lig`iga, jismoniy taraqqiyotiga, bajaradigan mehnatiga va iqlim sharoitiga qarab o`zgaradi.
Organizmning hamma hujayra, to`qima va organlari normal o`sishi, yashashi, o`z funktsiyasini bajarishi uchun ma`lum miqdorda kaloriya talab qiladi. Bu energiya ovqat tarkibidagi oqsil, yog` va uglevodlarning organizmda kislorod bilan oksidlanib, parchalanishi natijasida hosil bo`ladi.
• 1gr. oqsil oksidlanganda 2l kislorod sarflanib 4,1Kk. issiqlik ajraladi.
• 1gr. yog` oksidlanganda 2l kislorod sarflanib 9,3Kk. issiqlik ajraladi.
• 1gr. uglevod oksidlanganda 0,8l kislorod sarflanib 4,1Kk. issiqlik ajraladi.
Ertalab qimirlamasdan tinch yotgan holda tashqi muhit temperaturasi 200-220 S bo`lganda organizmning normal hayotini ta`minlash uchun zarur bo`lgan hujayra, to`qima va organlarning normal ishlashi uchun katta kishining har bir kg vazniga 1 soatda 1 Kk issiqlik energiyasi kerak bo`ladi. 70 kg vaznli inson uchun bir sutkada normal hayotini saqlab turish uchun 1680 Kk energiya sarflanadi. Shunga organizmning asosiy moddalar almashinuvi deyiladi.
Kishi ish bajarganda asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiyadan tashqari ishning og`ir yengilligiga qarab yana ma`lum miqdorda qo`shimcha energiya sarflanadi. Ish bajarganda sarflangan energiya miqdorining hammasiga (asosiy va qo`shimcha) umumiy moddalar almashinuvi deyiladi. Masalan kishi o`rtacha tezlik bilan yurganida asosiy moddalar almashinuviga nisbatan 2 marta, yugurganda 4 marta ko`proq energiya talab qilinadi. Shuning uchun kundalik ovqatning kaloriyasi, ya`ni uning tarkibidagi oqsil, yog`, uglevodlarning miqdori avvalo o`quvchilarning bajaradigan mehnatiga qarab o`zgaradi. Aqliy mehnatda kamroq, jismoniy tarbiya, mehnat darsi, sport mashg`ulotlari, tajriba uchastkasida, qishloq xo`jalik ishlarida esa ko`payishi kerak. Havoning issiq fasliga nisbatan sovuq faslida moddalar almashinuvi kuchayadi, shuning uchun kundalik ovqat kaloriyasi ham ko`proq talab etiladi.
Ovqatlanish rejimi yoshlar kun tartibini ajralmas qismi hisoblanadi. Ma`lum rejim bilan ovqatlanish, birinchidan, oshqozon ichaklarni normal ishlashi, ishtahani yaxshi bo`lishini ta`minlasa, ikkinchidan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Ovqatning oshqozon ichaklarida parchalanib hazm bo`lishi uchun 3,5-4 soat vaqt talab qilinadi. Shuning uchun ham har 3,5-4 soatdan keyin rejim asosida ovqatlanish tavsiya qilinadi.
Maktabning birinchi smenasida o`qiydigan o`quvchilar uchun ovqatlanish rejimi quyidagicha bo`lishi mumkin:
- nonushta soat 730-8 da. Nonushtada iste`mol qilinadigan ovqat miqdori organizm uchun zarar bo`lgan sutkalik ovqat kaloriyasining 25% ni tashkil qilishi kerak.
- ikkinchi nonushta soat 11-1130 da maktab bufetida, sutkalik ovqat kaloriyasining 10-15% ni tashkil qiladi.
- tushki ovqat soat 15-1530 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 40% ni tashkil qiladi.
- kechki ovqat soat 19-1930 da sutkalik ovqat kaloriyasining 20-25% ni tashkil qiladi.
Ikkinchi smenada o`qiydigan o`quvchilar uchun ovqatlanish rejimi quyidagicha:
- nonushta soat 8 da. Nonushtada iste`mol qilinadigan ovqat miqdori organizm uchun zarar bo`lgan sutkalik ovqat kaloriyasining 25% ni tashkil qilishi kerak.
- tushki ovqat soat 12-1230 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 40% ni tashkil qiladi.
- kech tushki ovqat 15-1530 da maktab bufetida, sutkalik ovqatning 10-15% ga teng.
- kechki ovqat soat 19-1930 da sutkalik ovqat kaloriyasining 20-25% ni tashkil qiladi.
O`quvchilarning normal ovqatlanishini tashkil etishda maktab oshxonasi-bufeti ovqatlarining kaloriyasi boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 250-350 kkal dan; o`rta va yuqori sinf o`quvchilari uchun 350-450 kkal dan kam bo`lmasligi talab qilinadi.
Maktab bufetida sotiladigan ovqatlar menyusi har kuni almashtirilib turishi kerak, ular arzon, tarkibida yetarli miqdorda oqsil, yog`, uglevodlar, vitaminlar bo`lishi kerak. Masalan: go`shtli, karamli, kartoshkali, oshqovoqli pirojki, somsa, guruchdan yoki krupavadan qilingan sutli bo`tqa, mastava, shovla kotlet, issiq sut, choy, non, bulochka kabilar.
Ba`zi bolalar va o`smirlarni nisbatan ozg`in bo`lishi ovqatni yetishmasligidan emas, balki ovqatlanish rejimining noto`g`ri tashkil qilinishi, shirinlikni haddan tashqari ko`p iste`mol qilish tufayli ishtahaning bug`ilishi, yoki organizmda yashirin holda davom etadigan surunkali kasallik, ichakda gijjalarning bo`lishi bilan bog`liqdir.
Bola tana vaznining normal bo`lishi uning ish qobiliyatiga, va nihoyat darslarni o`zlashtirish qobiliyatiga ta`sir qilmay iloji yo`q.
Asab tizimining funktsional faoliyati ham buziladi. Bunday bolalar o`z tengdoshlarining oldida o`zlarini noqulay sezadilar, shuning uchun g`am chekadilar, o`ksinadilar, arzimagan kelishmovchilik ularni chuqur qayg`urishiga sabab bo`ladi.
Semirishning asosiy sababi ovqatni ko`p yeyish, ayniqsa, yog`li, xamir ovqat, shirinliklarni me`yoridan ko`p iste`mol qilishdir. Ota-ona, tarbiyachi va o`qituvchilar bolalarning ovqat rejimini doimo nazorat qilib turishlari kerak.
Semirishning oldini olishda jismoniy tarbiya, sport bilan muntazam ravishda harakatlanish muhim ahamiyatga ega. Ertalabki 15-20 minutlik qilingan badantarbiya faqatgina 25-30 kilokalloriya energiyani sarflanishiga imkon beradi xolos. Bu energiyani o`rni esa 2-3 chaqmoq qand iste`mol qilish bilan qoplanadi. Sog`lom bo`lish uchun har bir kishi kuniga kamida 2-3 soat o`rtacha tezlikda piyoda yurishi lozim. Shunda uning organizmi 600-800 kilokalloriya energiya sarflaydi. Hujayra va to`qima qancha jismoniy harakat bajarmasa ulardagi zapas to`planib aytgan energiya shuncha sarflanadi. Ularning tarkibiy qismi o`rniga yangi-yosh tarkibiy qism paydo bo`ladi. Demak, hujayralar yosharadi, ularning ish qobiliyati yaxshilanadi. Demak, bolalar va o`smirlarning sog`lom, baquvvat o`sish qobiliyatining unumdorligi ko`p jihatdan ovqatlanish va kun tartibini gegienik talabga muvofiq tashkil qilinishiga bog`liq. Bu borada ota-ona, tarbiyachi va o`qituvchilar bolalarga ko`makdosh bo`lishi lozim.


Yüklə 161,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə