Media va axboriy savodxonlik bo'yicha myammoli/tarbiyasi ogir yoshlar toifasi bilan ishlash uchun



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/115
tarix29.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#143279
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Media va axboriy savodxonlik bo\'yicha myammoli tarbiyasi ogir yo

6.
 
Farovon hayotni tomosha qilish.
 
Ijtimoiy hisob sahifangizga qimmatbaho zargarlik buyumlari, gadjetlaringiz, 
qimmatbaho buyumlaringiz fotosuratlarini joylashtirish xavfsiz emas. Bu 
nafaqat do'stlaringizni, dugonangizni hayratda qoldirishi, balki 
firibgarlarning e'tiborini ham jalb qilishi mumkin. Shuning uchun Siz o'z 
qimmatbaho buyumlaringiz fotosuratlarini joylashtirmasligingiz kerak.
7.
 
“Meni eslab qolish” panelidan foydalanmang
.
 
Parolni saqlagan holda ijtimoiy tarmoqqa kirish/chiqish faqat shaxsiy 
kompyuteringizda yoki Sizga tegishli bo'lgan smartfonda joizdir. Agar 
kompyuter umumiy bo'lsa (barcha oila a'zolari uchun), ish joyida bo'lsa yoki 
umuman tasodifiy joyda, masalan, Internet-kafe yoki do'stingizning uyida 
bo'lsa, unda Siz parolingizni qoldirmasligingiz va tizimga kirmasligingiz 
kerak. Login-parolni kiritishda "meni eslab qolish" belgisi turmaganiga 
ishonch hosil qiling (odatda u yoqilgan bo'ladi) - bu holda ma'lumotlar 
boshqa insonning kompyuterida yoki gadjetida saqlanmaydi.
8.
 
Ijtimoiy tarmoqda joylashgan manzilingizni qoldirmang.
 
Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim fo
ydalanuvchilari o’zlari ayni paytda joylashgan 
manzillarini ko’rsatib o’tadi
. Bu, Siz
ni bironta sababga ko’ra kuzatishni 
istaganlar uchun ajoyib ma’lumot. Shunday tarzda 
Siz doimo 
harakatlanadigan yo’nalishni, uyni, xonadonni namoyish qilishingiz mumkin
.
9.
 
Sizning telefon raqamingiz 

 faqat Sizniki.
 
Telefon raqamingizni jamoat ekraniga qo'yishga hojat yo'q. Agar, albatta, 
ijtimoiy hisob tijorat maqsadlarida ishlatilmasa. Ko'pincha, Internetdan 
telefon raqamini bilib, firibgarlar haqiqiy hayotda muammo tug'dirishi 
mumkin.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə