Media va axboriy savodxonlik bo'yicha myammoli/tarbiyasi ogir yoshlar toifasi bilan ishlash uchun



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/115
tarix27.07.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#120020
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
88c7e5b9646148fab716c26a7d76524c

Trenerning 1-varianti:
 
«Temur skeytbordda uchishga qiziqishni boshladi va o'zi uchun 
professional skeytbord sotib olishga qaror qildi. U bir oz ayyorlik qilishga 
qaror qildi: ota-onasiga cho'ntak puli yetmayotganligini aytdi. Ota-onasi 
unga bir oz ko'proq pul berishni boshladi. Ammo kerakli miqdorni tezroq 
yig'ish uchun uning o'zi ham pul ishlab topishni boshladi: eski narsalarni 
Internet orqali sotib olishni va qayta sotishni boshladi. To'plash uchun 
ozgina miqdor qolganda, savdo ham bir oz sekinlashdi. Kunlarning birida 
Temur do'konda xaridorlardan birining hamyoni qanday tushib qolganini 
ko'rdi. Buni odamning o'zi ham, boshqa xaridorlar ham payqamadilar. 
Temur hamyonni oldi - ichida katta mablag' bor edi. Gumonga tushmaslik 
uchun yigit bir nechta kupyuralarni chiqarib, hamyonini tashlab yubordi. 
Olingan mablag' skeytbord sotib olish uchun yetmagan miqdorni qopladi. 
Temur skeyt sotib oldi.
 
Trenerning 2-varianti:
 
«Temur skeytbordga qiziqishni boshladi va o'zining professional 
skeytbordini sotib olishga qaror qildi. Ammo buning uchun ancha mablag' 
kerak bo'ldi. Ota-onasi unga cho'ntak pulini berishdi, lekin u ularni tejashni 
istamadi va uni saqlamadi. U boshqa yo'l bilan mablag' yig'ishga qaror 
qildi. Temur bog'dagi qo'shnilarning mevalarini o'g'irlash va uzoq bozorda 
sotish uchun bir nechta tengdoshlarini yig'di. Ammo tez orada ular shubha 
ostiga tushdilar va bolalar bu ishlarini to'xtatdilar. Keyin Temur 
sheriklariga metallolom qidirishni maslahat berdi. Ba'zan yigitlar 
hovlilaridan yoki kirish joylaridan hanuzgacha foydalanadigan narsalarni 
sudrab ketishardi. Ammo bu maqsadga muvofiq edi. Temur metal 
buyumlarni sotish bilan shug'ullanar edi, shuning uchun u daromadning 
katta qismini o'ziga qoldirar edi. Tez orada kerakli miqdor yig'ildi. Ammo 
Temur o'sha vaqtga kelib unga skeyt kerak emasligiga qaror qildi. Bir 
necha kun ichida u barcha pullarini onlayn o'yinlarga sarfladi».
 
Ikkala variantni ham o'qib chiqqandan so'ng, trener tinglovchilarni 
Temurning hikoyasini har bir talqinidagi muhim ma'lumotlarni navbat 
bilan nomlashga taklif qiladi. Javoblar ikki xil ustunda flipchartga yozib 
qo'yiladi. 
Keyingi bosqich, o'z navbatida, ikkita hikoyaning asosiy fikrlarini 
umumlashtirish.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə