Mehnat shartnomasi


Ish beruvchining majburiyatlari



Yüklə 61,45 Kb.
səhifə2/13
tarix01.10.2023
ölçüsü61,45 Kb.
#125102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mehnat shartnomasi (nomuayyan muddatga)

7. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hamda boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
b) xodimning mehnatini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizlikni ta’minlash qoidalari, Lavozim yo‘riqnomasi, jamoa shartnomasi va boshqa ichki lokal hujjatlar bilan tanishtirish;
v) mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash;
g) ish haqi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda to‘lash;
d) xizmat vazifalarini bajarishda zarur xavfsiz va samarali mehnat sharoitlarini yaratishni ta’minlash, uni kasbiy konpetensiyalarini oshirish;
e) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
j) qonunchilikka va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
z) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
i) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
k)Ish beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
8.Mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
9. Ish kuni rejimi: soat 8:00 dan 17:00 ga qadar
10.Xodim uchun 6 kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatgacha etib belgilanadi.
11. Mehnatga haq to‘lash.
Xodimga quyidagicha haq to‘lash belgilanadi:
a) amaldagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar;
b) Jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar.
12. Xodimga:
a) asosiy ta’til;
b) qo‘shimcha ta’tillardan (qonunchilikda, jamoa shartnomalarida va boshqa hujjatlarda) iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik ta’til belgilanadi.
13. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari.
14. Xodim quyidagi mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi:
a) uzrsiz sabablargi ko‘ra ish kuni davomida ishda bo‘lmaslik;
b) tarkibiy tuzilmalar xodimlari tomonidan mehnat vazifalarining bajarilmaganligi yoki tegishli ravishda ijro qilinmaganligi natijasida belgilangan qarorlarning barbod bo‘lishi;
v) u tomonidan moliyaviy-xo‘jalik harakatlari buzilganida, pul yoki moddiy boyliklari o‘zlashtirilganida;
g) mast holda, narkotik yoki toksik mastlik holatida ishga kelganda.

Yüklə 61,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə