Mehnat shartnomasi



Yüklə 61,45 Kb.
səhifə5/13
tarix01.10.2023
ölçüsü61,45 Kb.
#125102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mehnat shartnomasi (nomuayyan muddatga)

9. Ish kuni rejimi: soat 8:00 dan 17:00 ga qadar
10.Xodim uchun 6 kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatgacha etib belgilanadi.
11. Mehnatga haq to‘lash.
Xodimga quyidagicha haq to‘lash belgilanadi:
a) amaldagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar;
b) Jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar.
12. Xodimga:
a) asosiy ta’til;
b) qo‘shimcha ta’tillardan (qonunchilikda, jamoa shartnomalarida va boshqa hujjatlarda) iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik ta’til belgilanadi.
13. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari.
14. Xodim quyidagi mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi:
a) uzrsiz sabablargi ko‘ra ish kuni davomida ishda bo‘lmaslik;
b) tarkibiy tuzilmalar xodimlari tomonidan mehnat vazifalarining bajarilmaganligi yoki tegishli ravishda ijro qilinmaganligi natijasida belgilangan qarorlarning barbod bo‘lishi;
v) u tomonidan moliyaviy-xo‘jalik harakatlari buzilganida, pul yoki moddiy boyliklari o‘zlashtirilganida;
g) mast holda, narkotik yoki toksik mastlik holatida ishga kelganda.
15. Mehnat shartnomasini bekor qilishning boshqa hollari tomonlar mehnat qonunchiligiga rioya qilgan holda amalga oshiradilar.
16.Mehnat shartnomasi bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzildi.


Tomonlarning manzillari va imzolari:

‎Xodim:‎

Ish beruvchi


Yüklə 61,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə