Menejment nazariyasi


I BOB. MEHNATNI RAG„BATLANTIRISH JARAYONINING MOHIYATI



Yüklə 405,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix28.11.2023
ölçüsü405,92 Kb.
#133119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Menejment nazariyasi (2)

I BOB. MEHNATNI RAG„BATLANTIRISH JARAYONINING MOHIYATI 
1.1. Mehnatni rag„batlantirishning chet el va mahalliy tajribalarining qiyosiy tahlili. 



Adabiyotlarga havolalarni rasmiylashtirish. 
Kurs ishida foydalanilgan 
adabiyotlarga havolalarda Microsoft Word matn muharirining uskunalar panelida 
joylashgan “Вставка” menyusining “Ссылка” satri “Сноска” bo„limidan foydalanish 
mumkin. Unda avtomatik ravishda o„sha betning pastki qismida raqamlangan tarzda 
chiziq chiziladi va foydalanilgan muallif(lar) ishiga taalluqli bo„lgan sitatalar 
tugagandan so„ng havola amalga oshiriladi. Bu holda sitata olingan manbaning o„ziga 
xos xususiyatlari to„liq saqlanishi zarur: orfografiya, punktuatsiya, abzatslar 
joylanishi, shriftlar ajratilishi. Sitatalarga havolalar matn ichida, satrlardan keyin va 
matn oxirida, asosan varaqning past qismida chiziqdan keyin berilishi mumkin. 
Sitatalar matnning ichida berilsa, qoidaga muvofiq holda qo„shtirnoq ichiga olinadi. 
Havolalarda adabiyotning muallif(lar)i, adabiyot nomi, turi (darslik, 
monografiya, o„quv qo„llanma, maqola, konferensiya materiallari to„plami va bosh.),
chop etilgan shahar, nashriyot, chop etilgan yil, nomeri (davriy jurnal va 
to„plamlarda), foydalanilgan betlari aniq ko„rsatilishi talab etiladi. Havolalar 
quyidagicha rasmiylashtiriladi: adabiyot muallif(lar)ining familiyasi, ismi-sharifining 
bosh harflari (“nuqta” bilan ajratiladi); adabiyot nomidan so„ng “nuqta” qo„yiladi; 
“tire”dan keyin bosh harf bilan chop etilgan shahar va ikki “nuqta” qo„yiladi; bosh 
harfda nashriyot nomidan so„ng “vergul”; chop etilgan yil va “nuqta”; “tire” belgisi 
bilan nomer (№) belgisidan (davriy jurnal va to„plamlarda) so„ng “nuqta” qo„yiladi; 
“tire” belgisi bilan “b” harfidan keyin “nuqta” (rus tilidagi adabiyotlarda “s”) va 
foydalanilgan bet raqamlari qo„yiladi.
Talaba sitata bo„yicha havolalarni ishning oxirida keltirilgan adabiyotlarga ham 
berishi mumkin, unda matnda sitata katta qavsga olinib, qavsdan so„ng ushbu 
adabiyotlarning tartib raqami va foydalanilgan betlari ko„rsatilishi kerak. Misollar 
keltiramiz:
1. .......O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Ishlab chiqarish 
hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o„zlashtirish 
bo„yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012-
2016-yillarda hisob-kitoblar bo„yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo„lgan 
270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo„yicha tarmoq dasturlarini amalga 
oshirish ko„zda tutilmoqda”
1
, deb ta‟kidlaydilar. 
......................................................................................................................................... 
____________________________________________________________________ 
1
Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi. –Toshkent: 
O„zbekiston, 2012. – B. 45. 


10 
Yoki bu holda [4, 45 b.] ko„rinishda ham adabiyotga havola berish mumkin. Bunda 
4 adabiyotning foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidagi raqami, 45 esa o„sha adabiyotning 
foydalanilgan beti. 
2. ...... iqtisodchi olimlar N.Xasanov va S.Najbiddinovlar fikriga ko„ra, 
moliyaviy baqarorlik va uni ta‟minlash aktivlardagi o„zining va qarz mablag„lari 
nisbati, o„z mablag„larini to„plash sur‟atlari, korxona uzoq muddatli va qisqa 
muddatli majburiyatlarining nisbati, moddiy oborot mablag„larining o„z mablag„lari 
bilan qanchalik ta‟minlanganligini baholashga asoslanadi
2

......................................................................................................................................... 
____________________________________________________________________ 

Xasanov N., Najbiddinov S. Korxona moliyaviy holatini baholash. - T.: “Iqtisodoiyot va huquq 
dunyosi”, 1999. – B. 8. 
Yoki [18, 8 b.], ya‟ni ushbu adabiyot foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatida 18 
raqamda joylashgan.
Havolalarning kurs ishining barcha betlarida uzluksizligi ta‟minlanishi 
maqsadga muvofiq. 

Yüklə 405,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə