Menejmentda qaror qabul qilish


Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 15,6 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü15,6 Kb.
#160937
1   2   3   4   5   6
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar

 


Т/r

Talablar

Izoxi

1.

Ilmiy asoslangan bo‘lishi lozim

Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo‘nda va aniq bo‘lishi lozim.

2.

Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo‘lishi kerak

Muayyan vazifani hal etishda ko‘pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo‘shimcha vazifalarni hal etishga to‘g‘ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo‘ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko‘rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog‘lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.

3.

Huquq va javobgarlik doirasida bo‘lishi lozim

Rahbar qarorni o‘ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida huquq va javobgarlik ko‘lami nisbati to‘g‘risida boryapti. Huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo‘lsa, ma’muriy o‘zboshimchalikka, o‘ylamasdan qaror qabul qilishga yo‘l ochiladi.

4.

Aniq va to‘g‘ri yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak

Har qanday qaror va aniq bajaruvchiga tushunarli bo‘lishi lozim. Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

5.

Vaqt bo‘yicha qisqa bo‘lishi kerak

Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.

6.

Vaqt bo‘yicha aniq bo‘lishi lozim


Yüklə 15,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə