Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” fani bo‘yicha asosiy atama va ta’riflarni o‘rganish



Yüklə 25,33 Kb.
səhifə4/8
tarix03.07.2023
ölçüsü25,33 Kb.
#119151
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy mashg’ulot.

YAnglishish xatoligi o‘lchash natijasini keskin buzilishi holatini keltirib chiqaradi.
Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo‘lsa, shu birlikda tavsiflanadi.
Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo‘lsa, shu birlikda tavsiflanadi.
Nisbiy xatolik - absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foiz (%) larda ifodalanadi.
Statik xatoliklar - vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xatoliklar.
Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
O‘lchashlar noaniqligi: o‘lchash natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan va o‘lchanayotgan kattalikka etarli asos bilan qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar tarqoqligini (sochilishini) tavsiflovchi parametr.
Dinamik xatoliklar - o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi.
O‘zgartirish funksiyasi - buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin.
Sezgirlik ostonasi - bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik (boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi - o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi.
Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin.
O‘lchash diapazoni. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi.
Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir.

Yüklə 25,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə