Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” fani bo‘yicha asosiy atama va ta’riflarni o‘rganish



Yüklə 25,33 Kb.
səhifə3/8
tarix03.07.2023
ölçüsü25,33 Kb.
#119151
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy mashg’ulot.

Birgalikdagi o‘lchash - turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchashlar.
Mutlaq o‘lchash - bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash.
Nisbiy o‘lchash - kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash.
O‘lchash aniqligi deganda olingan natijalar o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymatiga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati tushuniladi.
O‘lchash ishonchliligi – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi va o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati (miqdori) belgilangan chegaralardaligi ehtimolligi bilan tavsiflanadi.
O‘lchash natijalarining yaqinliligi – bir xil sharoitda o‘tkazilgan o‘lchash natijalarining bir-biriga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati.
O‘lchash natijalarining qaytarizuvchanligi – turli sharoitda (turli vaqtda, turli joylarda, turli vositalar va turli usullar yordamida) o‘tkazilgan o‘lchashlarning natijalarini bir biriga yaqinliligini ko‘rsatadigan o‘lchashlar sifati.
O‘lchash xatoligi – o‘lchanayotgan kattalikning chinakam (haqiqiy) qiymatidan o‘lchash natijasining farqlanishi.
O‘lchash natijasi va uning xatoligi baholanishini o‘lchash sub’ekti tomonidan aniqlanadi.
O‘lchash sub’ekti (inson) o‘zida o‘lchash jarayonini realligini va aksini birlashtiradi, bu jarayonga aktiv ta’sir etadi, o‘lchash vazifasini maqsadini amalga oshirish uchun qo‘yadi va sh.k lar qatorida o‘lchash natijalariga ishlov beradi.
O‘lchashning asbobiy xatoligi – qo‘llanilayotgan o‘lchov vositalarining xatoliklariga oid bo‘lgan o‘lchash xatoligining tashkil etuvchisi.
Usulning xatoligi – nomukammal usulning qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan xatolik.
O‘lchashning sub’ektiv xatoligi kuzatuvchining o‘ziga xos xususiyatlari, uning ishdagi malakasi, qator fiziologik faktorlar va boshqalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘lchashning qo‘pol xatoligi – ma’lum bir sharoitda ko‘zda tutilgan xatolikdan sezilarli darajada ortiq bo‘lgan o‘lchash xatoligi.

Yüklə 25,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə