Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” fani bo‘yicha asosiy atama va ta’riflarni o‘rganish



Yüklə 25,33 Kb.
səhifə6/8
tarix03.07.2023
ölçüsü25,33 Kb.
#119151
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy mashg’ulot.

standartlashtirish — muayyan sohada tartibga solishning eng maqbul darajasiga erishishga qaratilgan, haqiqatda mavjud bo‘lgan yoki kutilayotgan vazifalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalanish uchun qoidalarni belgilaydigan faoliyat;
Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita — faoliyatning yo‘nalishlari bo‘yicha standartlashtirish tizimini rivojlantirishni amalga oshirishda ishtirok etuvchi maslahat-kengash organi;
standartlashtirish obyekti — mahsulot, tovarlar, xizmatlar (bundan buyon matnda mahsulot deb yuritiladi), jarayonlar, menejment tizimlari, atamalar, shartli belgilar, tadqiqotlar (sinash), o‘lchash (shu jumladan namunalarni tanlash) hamda sinash usullari, tamg‘alash, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari va boshqa obyektlar;
xalqaro (mintaqaviy) standart — standartlashtirish bo‘yicha xalqaro yoki mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va keng jamoatchilik doirasi uchun ochiq bo‘lgan standart;
xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy mamlakatning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organi (tashkiloti) tomonidan qabul qilingan standart;
o‘zaro kelishuv — ko‘pchilik manfaatdor taraflarning mavjud masalalar bo‘yicha e’tirozlari mavjud emasligi bilan tavsiflanadigan hamda barcha taraflarning fikrlarini inobatga olishga va mos kelmayotgan nuqtai nazarlarni yaqinlashtirishga qaratiladigan jarayon natijasida erishiladigan umumiy kelishuv.
Mahsulotjarayon natijasi
Yetkazib beruvchi – mahsulotni yetkazib beruvchi tashkilot yoki shaxs.
Jarayon – kirishlarni chiqishlarga o‘zgartiruvchi o‘zaro boglangan va o‘zaro harakat kiluvchi faoliyat turlarining majmui.
Imkoniyatlar – tashkilot, tizim, yoki jarayonning talablarni qondiradigan mahsulot ishlab ishlab chiqarish imkoniyati.

Yüklə 25,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə