Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” fani bo‘yicha asosiy atama va ta’riflarni o‘rganish



Yüklə 25,33 Kb.
səhifə1/8
tarix03.07.2023
ölçüsü25,33 Kb.
#119151
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy mashg’ulot.


1-amaliy mashg’ulot.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” fani bo‘yicha asosiy atama va ta’riflarni o‘rganish.


"Metrologiya" - o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari xamda talab kilinadigan aniklikka erishish yo‘llari xakidagi fan;
qarich - qo‘l kafti yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa$
quloch - qo‘llar ikki tomonga yoyilganda orasidagi masofa$
qadam - balog‘at yoshidagi odamning sokin odimlashidagi yurish birligi;
tirsak - kaft va tirsak orasidagi masofa;
chaqirim - ochiq dala sharoitida birining tovushini ikkinchisi eshita olishi mumkin bo‘lgan masofa;
ladon - bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi;
fut- oyoq tagining uzunligi;
pyad- yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa;
Kattalik - sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob’ektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir ob’ekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Asosiy kattalik deb ko‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar.
Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi
Kattalikning o‘lchamligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsienti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Kattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy ob’ekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.
Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.

Yüklə 25,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə