Metrologiya va standartlashtirish fani Mavzu: Standartlashtirish haqida. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari


DS - butun mamlakat hududida barcha korxona va tashkilotlar uchun ko'rsatmalari bajarilishi majburiy bo'lgan hujjatdir. TS



Yüklə 7,93 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü7,93 Kb.
#154714
1   2
6-mavzu metralogiya

DS - butun mamlakat hududida barcha korxona va
tashkilotlar uchun ko'rsatmalari bajarilishi majburiy bo'lgan
hujjatdir.
TS - o'ziga berkitilgan tarmoq korxonalari va ishlab
chiqarish muassasalari uchun majburiy (neft-gaz sanoati, elektr-energetika sanoati, kimyo sanoati va boshq) hujjat
KS - o'zi uchun (tegishli vazirlik tomonidan) tasdiqlab olgan korxona standarti hisoblanadi va faqat shu korxonada qo'llaniladi. Korxona stardarti, boshqarish kompleksining negizini tashkil qiladi.
Standartlash bo'yicha Xalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda tashkil topgan bo'lib, nodavlat tashkilot hisoblanadi va BMT imtiyozlaridan foydalanadi.
Quyidagi tashkilotlar ISO a'zolari bo'lishi mumkin:
- standartlashtirish bo'yicha milliy tashkilotlar;
- standartlashtirish bO'yicha milliy tashkiloti bo'lma-gan davlatlar vakillari.
Hozirgi vaqtga kelib ISO tashkilotiga dunyoning 90 dan ortiq davlatlari a'zo bo'lishgan (O'zbekiston Respublikasi bu tashkilotga 1992 yildan a'zo hisoblanadi).
Xalqaro ISO tashkiloti quyidagi vakolatlarga ega:
- tashkilotning barcha a'zolari roziligi asosida xalqaro
standartlarni joriy qilish;
- yangi progressiv texnologiyalarni joriy qilish,
ommaviylashtirish va ishlab chiqarishga olib kirishni amalga oshirish;
- o'z a'zolarining va texnik qo~mitalarninq o'zaro tajriba hamda ma'lumot almashinishini tashkil qilish;
- jahondagi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Standartlashtirishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: mahsulotlarning sifatii va nomlanishi masala-larida, xizmat va jarayonlarda, sog'liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida iste'molchini hamda davlat man-faatlarini himoya qilish;
- aholining va xalq xojaligining talabi asosida, fan va
texnikaning rivojlanishidan kelib chiqib, mahsulot sifatini oshirib borish;
- mahsulotning aralashuvchanligi va o'zaro almashuv-chanligini ta'minlash;
- aholiga tegishli va tabiiy resurslarni tejashga ko'maklashish;
- savdodagi to'siuqlarni bartaraf etib, jahon bozorida
raqobatbardoshlikni ta'minlash;
- tabiiy ofatlar, texnogen holatlar va boshqa tasodif-larni etiborga olgan holda xalq xojaligi obyektlari-ning xavfsizligini ta'minlash.
Davlat standartlashtirish tizimining asosiy maqsadiga
guyigagilar kiradi:
1. Mahsulot sifatini, ish madaniyati sifatini yaxshi-lash va ularni yetarli darajada saqlash.
2. Mahsulot ishlab chiqarish, loyihalash ishlarini
maxsuslashtirish, mehnat sarfini, metall sig'imdorligini
kamaytirish va boshqa ko'rsatkichlarni yaxshilash.
3. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar evaziga Vatan
mudofaasi bilan bog'liq masalalarni ta'minlash.
4. J ahon bozori talablariga javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlarni eksport qilishni rivojlantirishni ta'minlash.
5. Ishlab chiqarish fondidan unumli foydalanish, tejamkorlik tamoyillari.
6. Xalqaro iqtisodiy va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish.
7. Mehnat xavfsizligini, xalq salomatligini ta'minlashda ishtirok etish, tabiiy boyliklaridan unumli foydalanish muammolarini belgilaydi.
DST standartlarini ishlab chiqarish 6 ta davrni o'z ichiga oladi:
1) texnik vazifasini tasdiqlab, standartni ishlab chiqishni tashkil etish;
2) bo'lajak standartning loyihasi (birinchi tahriri) tuzilib, muhokama uchun tegishli korxona-muassasalarga (shu jumladan O'zbekiston respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi, Sog'liqni saqlash Vazirligi va Qurilish Vazirligiga) yuboriladi;
3) barcha fikr-mulohazalar, to'planib standartning
aniqlangan oxirgi loyihasi tahrir qilinadi;
4) standart to'liq tayyorlanib, muvofiqlashtirilib,
tasdiqlanib tavsiya qilinadi;
5) standart tasdiqlanib ro'yxatdan o'tkaziladi;
6) standart chop etiladi va matbuotda e'lon qilinadi,
YO'nalishiga qarab tegishli "katalog"ka kiritiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 7,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə