Meva haqida umumiy tushuncha; Mevaning klassifikatsiyasi; Mevalarni terish va saqlash



Yüklə 29,63 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü29,63 Kb.
#138762
1   2   3   4
5-маъруза (1)

Soxta mevalarda meva hosil bо‘lishida tuguncha bilan birga gulning biron qismi ishtirok etadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul о‘rni va boshqalar.
Oddiy mevalarni hosil bо‘lishida 1 ta tuguncha ishtirok etadi (о‘rik, olcha, gilos, olxо‘ri).
Murakkab mevalarni hosil bо‘lishida bir nechta tuguncha ishtirok etadi. Masalan: kungaboqar, qoqiо‘t, ayiqtovon va hokazo.
Tо‘p guldan hosil bо‘lgan mevalarga tо‘p mevalar deyiladi. Masalan: tut, shotut mevalari.
Mevalar meva qatining tuzilishiga kо‘ra hо‘l va quruq mevalarga ajratiladi. Hо‘l mevalar ham, quruq mevalar ham ichidagi urug‘larining soniga kо‘ra 1 urug‘li va kо‘p urug‘li mevalarga bо‘linadi. Bir urug‘li hо‘l mevalarga olcha, gilos, shaftloi, о‘rik, olxо‘ri, kо‘p urug‘lilarga nok, qovun, tarvuz, uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor mevalar deyiladi.
Bir urug‘li quruq mevalarga don, pista, eman daraxti mevalari va bir urug‘li kanotli mevalar kiradi. Kо‘p urug‘li quruq mevalarga dukkak, kо‘zoq, kо‘zoqcha, kо‘sak, kо‘sakcha va har xil shakildagi quticha mevalar misol bо‘la oladi.
Mevalarni terish va saqlash
Mevalarning sifati – о‘lchami, rangi, biokimyoviy va mineral tarkibi, zararkunandalar, kasalliklar, tо‘r bilan qoplanish, oftob urishi, shaffoflik bilan zararlanish darajasi, mexanik shikastlanish va hok. – bog‘da shakllanadi.
Shuning uchun о‘simlikda va uning ayrim a’zolarida kechayotgan jarayonlarni ekologik, biologik va agrotexnik omillari va о‘simliklarning bioregulyatorlari majmuasidan foydalangan holda boshqara turib, bog‘dagi mevalarning yuqori sifatini ta’minlash muhim (90–95% mevalar oliy va 1 nav). Mevalarni iste’molchiga yetkazishning keyingi bosqichlarida (saqlash, tovarga ishlov berish, transportda tashish) asosiy vazifa bо‘lib bog‘da qо‘lga kiritilgan dastlabki sifatni saqlab qolish.
Olma mevalarini saqlash sifati va davomiyligini belgilab beruvchi eng muhim omillardan biri bо‘lib uzishda ularning pishganlik darajasi hisoblanadi.
Erta muddatlarda uzilganda mevalarda antioksidantlar darajasi yetarlicha bо‘lmaydi va mineral tarkibi bir tekis bо‘lmaydi (K, Mg, Ca, P, N), buning natijasida navga xos bо‘lgan о‘lchamga (kalibrga), rangga, biokimyoviy tarkibga va ta’mga ega bо‘lmaydilar. Saqlaganda ushbu mevalar navga xos bо‘lgan ta’mga ega bо‘lmaydilar, qorayib ketishga, pо‘st osti va yasmiqsimon xolxollikka, tо‘qimalarning qо‘ng‘ir tusga kirishiga va sо‘lishga moyil bо‘ladilar.
Kech muddatda uzilganda mevalarda moddalar almashinuvi jarayonining buzilishi kechadi, bu о‘zakning qо‘ng‘ir tusga kirishiga, shaffofsimon buzilishlarga, pо‘st ostidagi xolxollikka, yorilib ketishga, zamburug‘li kasalliklarga moyillikka, mevalarning tо‘kilib ketish ehtimolining oshishiga olib keladi. Saqlaganda bunday mevalar tezroq xaridorgir sifatlarni, aynan esa qattiqlikni va sersuvlikni, past darajadagi kislotalikni yо‘qotadilar, eskirish va past haroratdan chirib ketadilar.
Faqatgina maqbul muddatlarda terish mevalarga navga xos о‘lchamga, rangga, ta’mga, xushbо‘y hidga va ozuqaviy qiymatga ega bо‘lish imkonini beradi. Bu holda mevalarning biokimyoviy va mineral tarkibi, shuningdek ularning pishganlik darajasi saqlash vaqtida yuqori natijani ta’minlaydi va iste’molchiga yetkazib berilishini ta’minlaydi. Maqbul terish davri navning genotipiga, yetishtirishning ekologik va agrotexnik omillariga bog‘liq bо‘ladi.
Mevalarni uzishning tо‘g‘ri muddatlarini aniqlash uchun ularning fiziologik holatining va sifatining monitoringi zarur. Dunyo amaliyotida bunday monitoring uchun kо‘rsatkichlar va indekslardan foydalaniladi:
tо‘liq gullashdan to uzishga qadar bо‘lgan kunlar soni;
Thiault indeksi (shakarning kislotaga nisbatan nisbati);
Streif indeksi (qattiqlikning kraxmal miqdoriga va quruq eruvchan moddalarga nisbatan nisbati);
Perlium indeksi (qattiqlik, tarkibdagi quruq eruvchan moddalar, shakarlar asosida);
AD - indeksi (tarkibdagi xlorofill bо‘yicha);
mevalarnin oksidlanishga qarshi faolligi.
Bog‘ning keltirilgan kо‘rsatkichlari va omillari, ya’ni: hosildorlik, novdalarning о‘sish jadalligi, daraxtlarning yoshi, tuproqning va ob-havo sharoitlarining xususiyatlari, vegetatsiya davrida yog‘in-sochinlarning miqdori va taqsimlanishi, zamburug‘, shaffoflik, pо‘st osti xolxollik kasalliklariga ega mevalarning mavjudligi, - mevalarning bog‘da о‘z sifatini saqlashini belgilab beradi.
Ushbu kо‘rsatkichlardan keng miqyosda foydalanilganda hosilni uzoq, о‘rta va qisqa muddat saqlanuvchi turkumlarga bо‘lish va ularning har biri uchun eng yaxshi texnologiya va saqlash muddatlarini tanlash imkoni bо‘ladi.
Mevalar va barglarning tо‘kilishi о‘simlikdagi gormonal muvozanatning buzilishini keltirib chiqaradi va meva bandi hamda poyasi sohasida ajratuvchi tо‘qima hosil bо‘lishi bilan bog‘liq. Tо‘kilishni tartibga solishda tо‘kilishni kuchaytiruvchi etilen va etilenning fiziologik ta’siriga barham beruvchi auksin muhim о‘rin tutadi. Meva bandi sohasiga auksin yetib kelishi pasayganda va etilen miqdori oshib ketganda sellyuloza, pektinaza fermenti faoliyatining faollashuvi hisobiga mevaning о‘z tanasidan ajralish jarayoni boshlanadi, ular ajraluvchi qatlamda hujayralarning parchalanishini keltirib chiqaradi.
Shuning uchun meva va barglarning tо‘kilishi birinchi navbatda auksin va etilenning nisbati etilen foydasiga о‘zgarishi bilan bog‘liq. Bunga kо‘plab omillar sabab bо‘lishi mumkin, ular orasida - barqaror organik birikmalar, sitokinin, kalsiy va boshqalar bilan ta’minlanganligi. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda mevalar tо‘kilishini pasaytirishga imkon beruvchi eng samarali usul bо‘lib daraxtlar tarkibida auksin bо‘lgan (Obstormon, Obstaktin) preparatlar bilan hosil terib olishdan ikki-uch hafta oldin ishlov berish hisoblanadi. Tо‘kilishni kuchaytiruvchi va uni tо‘xtatib turuvchi asosiy omillarni ajratib kо‘rsatish mumkin.

Yüklə 29,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə