Meva haqida umumiy tushuncha; Mevaning klassifikatsiyasi; Mevalarni terish va saqlash


Mevalarni terish va transportda tashish



Yüklə 29,63 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü29,63 Kb.
#138762
1   2   3   4
5-маъруза (1)

Mevalarni terish va transportda tashish
Mevalarni terish va transportda tashish bosqichida asosiy mexanik shikastlanishlar yuz beradi – siqilish, lat yeyish, teshilish, bandsiz mevalar (meva bandiniing butunligi – oliy navli mevalar mezoni). Ushbu yetkazilgan shikastlanishlar mevalar toifasi va sifatini sezilarli darajada pasaytiradi.
Mexanik shikastlanish darajasini kamaytirishni ta’minlash va mevalar sifatini oshirish usullariga quyidagilar kiradi:
- terimda ishchilarning mehnatini turkumlarda oliy va 1 nav mevalar miqdori bо‘yicha baholash;
- maxsus narvonlar, kombaynlar, tо‘rvalardan foydalanish;
- mevalarni bosqichma-bosqich uzish;
-taraga joylashtirishda mevalarni saralash;
- tara sifati;
- transport vositasining va yо‘llarning sifati.
Saqlash uchun bir xil turkumlarni shakllantirish
Saqlashda mevalarning fiziologik va zamburug‘li kasalliklar bilan zararlanishga chidamliligida mevalarning dastlabki sifati muhim о‘rin tutadi (biokimyoviy, mineral tarkibi, anatomik-morfologik tuzilish, fiziologik holati).
Bir korxona doirasida bitta nav mevalarining dastlabki sifati saqlanish sifati turlicha bо‘lishi mumkin. Bu payvandtaglar tiplari, tuproq va daraxtlar yoshi, novdalarning kuchli о‘sib ketganligi va hosil og‘irligi, agrotexnik omillar va terib olish muddatlariga bog‘liq.
Uzoq, о‘rta va qisqa muddatli saqlash, maqbul texnologiyalarni va saqlash muddatlarini tanlash maqsadida bir xil turkumlarni shakllantirish uchun yuqorida kо‘rsatilgan kо‘rsatkichlar majmuidan foydalaniladi.
Saqlashga joylashtirish uchun mevalarni saqlash va ularga ishlov berish texnologiyasi
Mevalarni saqlash kо‘rib chiqilayotgan tirik tizimning muhim bosqichi hisoblanadi, bu mevalarning yetilib ketishini, eskirishini tо‘xtatib turish, fiziologik va zamburug‘li kasalliklardan himoya qilish va uzoq muddat davomida dastlabki sifatni imkon qadar saqlab turish imkonini beruvchi, mevalarni terib bо‘lgandan keyingi davrda mevalar hayot faoliyatini boshqaruvchi texnologik jarayon.
Mevalarning yetilish va eskirish gormoni bо‘lib etilen hisoblanadi, shuning uchun mevalarning saqlanish sifati tо‘plangan etilen miqdoriga bog‘liq. Etilen biosintezini samarali sekinlashtirish va hosil terilgandan keyin uning mevalar sifatiga salbiy ta’siriga barham berish mevalar sifatini saqlab qolish va saqlash muddatlarini uzaytirish imkonini beradi.
Hosil terilgandan keyingi davrda mevalarning hayotiy jarayonlarini boshqarishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bо‘lib harorat va nisbiy namlik hamda atmosfera tarkibi (tarkibdagi kislorod, karbonat angidrid, etilen miqdori) bо‘ladi.
Ushbu omillarni keng miqyosda qо‘llash bir necha olma mevalarini saqlash texnologiyalarini ishlab chiqish imkonini berdi:
oddiy atmosfera (OA) (O2=21%, SO2=0,03%);
kislorodning juda past miqdori bilan tartibga solinuvchi atmosfera (RA) (O2 = 0,8–1,5%, SO2 = 0,8–3%);
modifikatsiyalangan atmosfera (MA) (O2 = 12–18%, SO2 = 3–6%).
Ayrim mamlakatlarda (Italiya, Gollandiya, Germaniya va bosh.) mevalarni dinamik tarzda tartibga solinuvchi atmosferada (DTSA) saqlash texnologiyasi qо‘llaniladi.

Yüklə 29,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə