Meva ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini o‘rganish. 3-Mavzu: meva va rezavor-meva o`simliklarining o`sishi va rivojlanishi haqida ta’limot



Yüklə 27,61 Kb.
səhifə2/5
tarix18.04.2023
ölçüsü27,61 Kb.
#106100
1   2   3   4   5
Meva ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini o‘rganish

Embrionlik davri zigota hosil bo’lgandan boshlanadi: shundan so’ng ona (asosiy) o’simlikda urug’ rivojlanadi. Bu davr urug’ unib chiqqandan keyin urug’ palla yorib chiqquncha va birinchi chinbarg paydo bo’lguncha davom etadi. Bu davrda yosh organizm juda o’zgaruvchan va tashqi muhit sharoitiga moslashishga moyil bo’ladi.

Yoshlik davri keyingi chinbarglar chiqarganidan boshlanib, hosilga kirgandan so’ng 3-5 yilgacha davom etadi. Bu davrda o’simlikning irsiyatiga xos belgilari va xususiyatlari to’liq shakllanadi hamda tugallanadi. Ular bir vaqtda shakllanmaydi. Hayotning boshlang’ich bosqichida vegetativ, keyin esa reproduktiv belgilar shakllanadi. Reproduktiv belgilari mustahkamlanishi uchun 3-5 yil va undan ham ortiq vaqt kerak. Bu protsessda urug’ ko’chatlarni maqsadga muvofiq parvarish qilish juda muhimdir, chunki bu davrda ularning qimmatli belgi va xususiyatlari shakllanadi va mustahkamlanadi. Urug’ ko’chatlar, embrional davrdagi singari juda o’zgaruvchan, yangi hayot sharoitiga moslashishiga moyil bo’ladi.

Urug’ ko’chatlar yoshlik davrining oxirida (3-5 yil hosil bergandan so’ng) mahsuldorlik - yetilish davriga kiradi. Bu davrda o’simliklar kam o’zgaradi, belgi va xususiyatlari ancha barqaror bo’lib, nasldan-naslga o’tadi. Bundan keyin kichik o’zgarishlar sodir bo’ladi va ular irsiy o’zgarishlarga bog’liq bo’lmaydi: bular ob-havo sharoiti, tuproq va parvarish qilish ta’sirida vujudga keladigan fiziologik o’zgarishlardir.

Mahsuldorlik davrida o’simliklarning yer usti va yer osti qismi maksimal darajada kattalashadi, shoh-shabbasining strukturasi va hosil qilish tipi shakllanadi. Bu davr eng uzoqga cho’ziladi va qancha davom etishi o’simliklarning irsiy asosiga, tabiiy sharoitiga va parvarish qilish usullariga bog’liq bo’ladi.

O’simliklar hayotining uchinchi davri oxiriga kelib o’sishdan to’xtaydi, shohlarning uchki qismlari quriy boshlaydi, so’ngra rivojlanishining oxirgi - qarish, ya’ni qurish davriga kiradi. O’zgarishlarga moyilligi yo’qolgan o’simliklarning tashqi muhitga moslanish, regeneratsiya (tiklanish) xususiyatlari susayadi. Tanasida oqsil tiklanish qiyinlashadi, moddalar almashinuvi susayadi. Bularning hammasi xujayralar nobud bo’lishiga va o’simliklarning qurishiga sabab bo’ladi. Nihoyat, yangidan hosil bo’layotgan xujayralar nobud bo’layotgan xujayralarning o’rnini to’ldira olmay qoladi. Natijada o’simlikning ayrim qismlari, to’qima va xujayralari orasida moddalar almashinuvi buziladi hamda fiziologik xususiyatlari - o’sishi, kurtak chiqarishi, gullashi, mevalar pishishi sekinlashadi va pirovardida daraxt qurib qoladi.

2. Meva daraxtlarining o’sish davrlari. Meva daraxtlari o’sishi va rivojlanishi protsessida yoshga oid ketma-ket bir nechta o’zgarishlar bo’lib o’tadi. P.G.Shitt, I.V.Michurinning meva o’simliklarining individual rivojlanishi har xil yoshda turlicha bo’lishi haqidagi qoidasini rivojlantira borib, daraxtning hayot siklini (urug’ ko’chatda, payvandlangan va o’z ildizidan o’sgan daraxtda) uch asosiy davrga: o’sish, hosil berish va qurish davriga ajratdi. Birinchi davr urug’ ekilgandan yoki ko’chat o’tkazilgandan boshlab, u hosilga kirguncha o’tgan vaqtni; ikkinchi to’la, ya’ni har yili bir me’yorda mo’l hosil berishdan boshlab, o’sishi, to’xtaguncha bo’lgan davrni va uchinchi davr hosil berishdan to’xtab, tamomila qurib qolguncha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.

Keyinroq professor P.G.Shitt meva daraxtlarining ontogenezini yanada aniqroq qilib 9 davrga bo’ladi va ularning har biri uchun qo’llaniladigan agrotexnika chora-tadbirlarini belgilab chiqadi. Bu davrlarning ta’rifi va agrotexnikasining mohiyati, asosan, quyidagilardan iborat.




Yüklə 27,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə