Meva ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini o‘rganish. 3-Mavzu: meva va rezavor-meva o`simliklarining o`sishi va rivojlanishi haqida ta’limot


Beshinchi davr - hosil berish va quriy boshlash davri



Yüklə 27,61 Kb.
səhifə4/5
tarix18.04.2023
ölçüsü27,61 Kb.
#106100
1   2   3   4   5
Meva ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini o‘rganish

Beshinchi davr - hosil berish va quriy boshlash davri. Bu davr ilgarigi davrning davomi hisoblanadi. Bunda yuqori tartib nimjon asosiy shohlar, so’ngra yirikroq shohlar quriy boshlaydi. Daraxtlar yaxshi hosil beraveradi, lekin mevasi unchalik sifatli bo’lmaydi.

Bu davrda ham xuddi ilgarigi davrdagi kabi agrotexnika tadbirlari qo’llaniladi. Asosiy novda va shohlardagi chetki shohchalarni yoshartirishga, shoh-shabba orasidagi nimjon shohchalarni siyraklashtirishga, quriganlarini kesib tashlashga, daraxtni parvarish qilish va yerni ishlashga alohida e’tibor beriladi.



Oltinchi davr - quriy boshlash. Hosil berish va o’sish davri. Bu davrda meva daraxtining hayot faoliyati tobora susayadi. Asosiy shohlar ko’plab quriy boshlaydi. Barglari to’kilgan butoqlarda asosiy skelet tipidagi bachki novdalar paydo bo’ladi. Hosilning sifati va miqdori pasayadi.

Bu davrda ham ilgarigi davrdagi kabi agrotexnika tadbirlari qo’llaniladi. Lekin bu davrda bachki novdalardan asosiy novdalar yetishtiriladi. Daraxt yaxshi parvarish qilinadi va yer yaxshilab ishlanadi.



Ettinchi davr - qurish, o’sish va hosil berish davri. Bu davrda birinchi tartib asosiy shohlar quriy boshlaydi, ilgariroq hosil bo’lgan yangi novdalar kuchli rivojlanadi. Faqat o’sayotgan asosiy shohlar hosil beradi.

Bu davrda ham ilgarigi davrdagi kabi agrotexnika tadbirlari qo’llaniladi. Lekin bu davrda daraxtni yaxshilab yoshartirish kerak.



Sakkizinchi davr - qurish va o’sish davri. Bu davrda shoh-shabbadagi yangi asosiy novdalar, nimjon shohlardan tortib to yo’g’on shohlar hamda tananing asosigacha quriydi. Hosil keskin darajada kamayadi. Daraxtlar tanasida bachki novdalar paydo bo’ladi. Daraxtlar o’zining xo’jalik ahamiyatini yo’qotadi va kundakov qilinadi.

To’qqizinchi davr - o’sish davri. Bu davrda daraxtning butun shoh-shabbasi va tanasi qariydi. To’nkadan bachkilar o’sib chiqadi. Lekin ishlab chiqarish sharoitida bog’larda daraxtlar bu davrgacha saqlanmay, kesib tashlanadi. To’nka bachkisidan kelgusida o’simlikning yer usti qismi rivojlanadi va daraxtning o’sish sikli yangidan boshlanadi. Uchinchi-to’rtinchi davr meva daraxtning eng mahsuldor davri hisoblanadi.

Savollar:


  1. Ko’chatzorlarda jinssiz usulda ko’paytirilgan payvandtaglar yetishtirishning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering ?


  2. Payvandtagdagi ortiqcha novda qachon kesib tashlanadi ?


  3. Shoh-shabbalarni butash nima va meva ko’chatzorida qachon shakl berish o’tkaziladi ?


  4. Ko’chatzorda ixota daraxtzorlari va shamol to’suvchi daraxtlar barpo qilishning asosiy qonun qoidalari ?






Yüklə 27,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə