Meva ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini o‘rganish. 3-Mavzu: meva va rezavor-meva o`simliklarining o`sishi va rivojlanishi haqida ta’limot


Birinchi davr - daraxt vegetativ qismlarining o’sish davri



Yüklə 27,61 Kb.
səhifə3/5
tarix18.04.2023
ölçüsü27,61 Kb.
#106100
1   2   3   4   5
Meva ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini o‘rganish

Birinchi davr - daraxt vegetativ qismlarining o’sish davri. Bu davr urug’ unib chiqqan ko’chat o’tkazilgan paytdan boshlab, u birinchi marta hosil berishi bilan tugaydi. Bu davrda daraxtning asosiy shohlari va popuk hamda so’ruvchi ildizlari bilan birga asosiy ildizlari o’sadi. Bu davrda shoh-shabba shakllanadi: o’sish sharoiti yaxshilanadi va baquvvat ildiz sistemasi hosil bo’ladi, asosiy shohlarning o’sishi tartibga solinadi.

Ikkinchi davr - o’sish va hosil berish davri. Bu davr meva daraxti birinchi hosilga kirgan vaqtdan boshlab, muttasil hosil berguncha bo’lgan rivojlanish vaqtini o’z ichiga oladi. Bu davrda daraxtning asosiy shohlari va ildizi kuchli o’sishda davom etadi, mayda shohchalarning soni ortadi. meva hosili oshadi, har yili hosil berish tendensiyasi saqlanadi.

Bu davrda daraxtning shoh-shabbasi shakllanaveradi, mayda shohchalarning hosil bo’lishi tezlashadi, shuning uchun agrotexnika tadbirlarini qo’llanish yo’li bilan daraxtlarning o’sishi va hosil berishiga qulay sharoit yaratish ishlari olib borilishi kerak.



Uchinchi davr - hosil berish va o’sish davri. Bu davr muayyan daraxt to’la hosilga kirganidan boshlab, eng yuqori hosil berishi bilan tugallanadi. Bu davrda daraxtning o’sishi sekinlashadi, qari shohlar qurib, ko’plab yangilari chiqadi, shuning uchun hosil ortib boradi.

Bu davrda bir yillik yangi novdalarni qisqartirish, yuqori tartib nimjon va soyada qolgan shohlarni butash, daraxtni parvarish



To’rtinchi davr - hosil berish davri. Bu davrda daraxtlar eng ko’p hosil beradi. Asosiy shohlar rivojlanishdan to’xtaydi. Kurtaklardan faqat kalta novdalar o’sib chiqadi, mayda shohlar deyarli hosil bermaydi, lekin qari va quriyotgan shohlar soni ortib boradi, shuning uchun asosiy shohlarda barglar tobora kamayib borayotganligi, mayda shohlarning nobud bo’lishi kuzatiladi. Hosil ko’p bo’ladi, lekin uning tovarlik sifati va daraxtning qishga chidamliligi sekin-asta pasayadi.

Bu davrda daraxtning shoh-shabbasi siyraklashtiriladi, bir oz yoshartiriladi. Yerni ishlash, daraxtlarni va hosilni sovuq urishdan saqlash har yili yuqori va sifatli hosil olishda katta rol uynaydi.




Yüklə 27,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə