Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar



Yüklə 133,62 Kb.
səhifə7/44
tarix29.11.2023
ölçüsü133,62 Kb.
#141458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar-fayllar.org

To’g’riburchakli rezba (2.7-rasm, d). Profilli kvadrat, kichik mustahkamlikka ega. Yedirilishi natijasida o’q bo’yicha tirqishlar hosil bo’ladi. Standartlashtirilmagan. Кam yuklanishli vint-gaykali uzatmalarda cheklangan tarzda ishlatiladi.
Doiraviy rezba (2.7-rasm, e). Profili-qisqa to’g’ri chizikdar bilan tutashtirilgan yoylardan iborat, profil burchagi α=30o. Yuqori dinamikaviy mustahkamlikka ega. Ifloslangan muhitda og’ir ekspluatasiya sharoitlarda chekli qo’llanadi. Quyma, dumalatib ishlov berish va bosim ostida yupqa devorli detallarda tayyorlanishi mumkin.
Mustahkamlik xisobi
Rezbalarning shikastlanishining asosiy turlari: mahkamlovchi rezbalarda – o’ramlarining kesilishi; yo’naltiruvchi rezbalarda –o’ramlarining yeyilishi. Bularga mos holda mahkamlovchi rezbalar uchun kesilish kuchlanishi bilan bog’langan mustahkamlik, yo’naltiruvchi rezbalar uchun ezilish kuchlanishi bilan bog’langan yyeyilish bardoshlik ishlash qobiliyati va hisoblashning asosiy mezonlari hisoblanadi .
Кesilish kuchlanishi bo’yicha rezbaning mustahkamlik sharti,
vint uchun,
,
gayka uchun,
, (3.1)
bu erda, N – gaykaning balandligi yoki vint detalga buralishi chuqurligi; yoki - rezbaning turini hisobga oluvchi koeffisienti, uchburchakli rezbalar uchun К≈0,87, to’rtburchakli rezbalar uchun К≈0,5, trapesiadal rezbalar uchun К≈0,65; Кt – rezba o’ramlari bo’yicha yuklamaning notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffisient.
Agar vint va gaykaning materiali bir xil bo’lsa, unda kesilish kuchlanishi bo’yicha faqat vint rezbasi hisoblanadi.
Ezilish kuchlanishi bo’yicha yo’naltiruvchi rezbaning yyeyilish bardoshlik sharti,
SHponkali birikmalarning vazifasi, qo’llanilishi va shponka turlari
Shponkali birikmalar val, shponka va g’ildirak gupchagi (shkiv yoki boshqa detal gupchagi)dan iboratdir. Shuning uchun ham birikmani tarkibiy qismlarga ajratish nisbatan oson. Ular asosan aylanuvchi detallarni (shkiv, g’ildirak, mufta, yulduzcha kabi) val yoki o’qga o’rnatish uchun ishlatiladi. Ularning yana bir boshqa vazifasi, aylantiruvchi momentni val va detallar orasida uzatishdir. Shponkalarning asosiy turlari standartlashtirilgan.

Afzalligi. Кonstruksiyasi oddiy, yig’ilishi va qismlarga ajratilishi nisbatan yengil va shuning uchun ham mashinasozliqsa keng tarqalgan. Shponkali birikmalar detallarni aylanma yo’nalishda ishonchli o’rnatish imkonini beradi.
Кamchiligi. Val va o’kda shponkani o’rnatish uchun o’yiqcha hosil qilinadi, shuning natijasida val va o’kdaryushg shponka o’rnatiladigan qismining ko’ndalang kesim yuzasi kamayadi. Bu esa uning mustahkamligi kamayishiga olib keladi. Mustahkamlikning kamayishi shponka o’yiqchasida eguvchi va burovchi kuchlanishlarning jamlanishi tufayli hamdir. Shponkali birikmani tayyorlash birmuncha mehnatni talab etadi. Detallarni markazlashtirishning murakkabligi tufayli mas’uliyatli tezkor vallarda qo’llash tavsiya etilmaydi.
Shponkali birikmalar zo’riqtirilmagan va zo’riqtirilgan turlarga bo’linadi. Zo’riqtirilmagan shponkali birikmalar yassi prizmasimon va segmentsimon shponkalarni qo’llashda xosil qilinadi. Bu holda birikmani yig’ishda detallarda dastlabki kuchlanishlar hosil bo’lmaydi.
Zo’riqtirilgan birikmalar esa ponasimon va tangensial shponkalarni ishlatishda vujudga keladi. Bu xildagi birikmalarni yig’ishda dastlabki zo’riqish hosil bo’ladi. Bu zo’riqishni montaj zo’riqishi yoki kuchlanishi deb ham ataladi.
SHPONKA TURLARI

Yüklə 133,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə