Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Parchin mixli birikmalarning vazifasi, qo’llanilishi va turlari



Yüklə 133,62 Kb.
səhifə10/44
tarix29.11.2023
ölçüsü133,62 Kb.
#141458
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar-fayllar.org

Parchin mixli birikmalarning vazifasi, qo’llanilishi va turlari
Parchin mixli birikmalar bir yoki bir nechta detalni parchin mix vositasida ajralmaydigan qilib biriktirishda hosil qilinadi.
Parchin mix silindrsimon, bir uchiga kallak ko’rinishida rasm berilgan ma’lum uzunlikdagi elementdir. Odatda, parchin mixlar diametri 20 mm dan ortiq bo’lmagan alyuminiy, latun, mis, po’lat simlardan maxsus mashinalarda tayyorlanadi. Parchin mixning ikkinchi uchiga parchin birikma hosil qilish jarayonida parchinlab rasm beriladi. Parchin mixning parchinlanadigan qismi uzunligi taxminan ℓ1 ≈ 1,5 dP hisobida olinadi. Pulat parchin mixlarning diametri dp ≤ 12 mm bo’lsa, ular sovuqlayin, dp > 12mm bo’lsa, qizdirilgan holda parchinlanadi. Bu holda ularni qizdirish harorati t = 1000... 1100 oC gacha bo’lishi mumkin. Qizdirib parchinlashda hosil qilinadigan parchin mixli birikma choki sifatli, mustahkam va jips bo’ladi. Rangli metallar va qotishmalardan tayyorlangan parchin mixlar sovuqlayin parchinlanadi. 6.2-rasmda standart po’lat parchin mixlarning rasmlari keltirilgan.
. Standart parchin mixlar: a) yarim dumaloq kallakli; b) yassi kallakli; v) yashirin kallakli; g,d,e-yarim g’ovak tanali; j,z,i - g’ovak tanali (pistonlar).

Parchin mix qo’yiladigan detaldagi teshikning diametri standartdan parchin mix diametriga ko’ra aniqlanadi. Sovuqlayin va qizdirib parchinlashda mos holda


do = dp + 0,05 dp va do = dp + 0,1 dp
Parchin mixli birikmalarning afzalliklari: birikmaning yuqori ishonchliligi, parchin chok sifatini qulay tekshirish mumkinligi, zarbli va titrashli yuklaiishlarga qarshiligining yuqoriliga, qiyin payvandlanadigan va mutlaqo payvandlanmaydigan materiallardan tayyorlangan detallarni biriktirksh imkoniyati. Кamchiliklari esa quyidagilardan iboratdir: tannarxining nisbatan yuqoriligi va parchin mixli birikmani hosil qilishning bir muncha qiyinligi, materialning ko’proq sarf bo’lishi, murakkab rasmdagi detallarni biriktirishning mumkin emasligi.
Parchin mixli birikmalarni amaliy qo’llash sohalari quyidagi holatlar bilan chegaralanadi:
1) tugal ishlov berilgan detallarni biriktirishda o’z rasmini yo’qotish, payvandlash jarayonida detallarning termik bo’shashish xavfi bo’lganda;
2) payvandlash mumkin bo’lmagan materiallarni biriktirish;
3) katta zarbli va kuchlanishli yuklanishlar ta’siri ostidagi birikmalar. Masalan, samolyotlarda 2,5 mln. gacha parchin mixlar ishlatiladi. Yuk ko’tarishtashish mashinalarida, avtomobilsozlikda, temir yo’l ko’priklarida va qozonlarni tayyorlashda ko’plab ishlatiladi.
Parchin mixli choklar bir qatorli va ko’p qatorli; uchma-uch yoki ustma-ust, bo’lishi mumkin. Bundan tashqari parchin mixlar parallel yoki shaxmat tartibida joylashishi mumkin. Ish sharoitiga ko’ra esa bir qirqimli yoki ko’p qirqimli bo’lishi uchraydi.
Parchin mixlar materiallari sifatida kam uglerodli po’latlar St2, StZ, St2 kp, StZ kp, 10, 15, 10 kp, 15 kp; legirlangan 12X18N9T po’lati; mis MZ; latun L63, alyuminiy qotishmalari AD1, D18, AMg 5 va boshqalar qo’llachiladi.

Yüklə 133,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə