Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Parchin mixli birikmalarning afzallik va kamchiliklari



Yüklə 401,8 Kb.
səhifə24/43
tarix27.01.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#99520
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Mexanika

Parchin mixli birikmalarning afzallik va kamchiliklari
Afzalligi: soddaligi va texnologikligi, yani bu birikmaning tannarxi pastligini ta’minlaydi va keng qo’llanilish imkonini beradi; detallarning yaxshi markazlashishi va yuklamaning butun o’tqazish sirti bo’yicha taqsimlanishi presslangan birikmalarni zamonaviy yuqori tezlikli mashinalarda qo’llash imkonini beradi.
Kamchiligi: ishqalanish koeffisiyenti qiymati va tig’izlikning keng yoyilishi; ishchi haroratning birikma mustahkamligiga ta’siri; detallarda yuqori kuchlanishlar jamlaninshi mavjudligi va bosim konsentrasiyasi natijasida teshik chetlarida toliqishga qarshiliknning kamayishidir
SHponkali birikmalarning afzallik va kamchiliklari
Afzalligi. Кonstruksiyasi oddiy, yig’ilishi va qismlarga ajratilishi nisbatan yengil va shuning uchun ham mashinasozliqsa keng tarqalgan. Shponkali birikmalar detallarni aylanma yo’nalishda ishonchli o’rnatish imkonini beradi.
Кamchiligi. Val va o’kda shponkani o’rnatish uchun o’yiqcha hosil qilinadi, shuning natijasida val va o’kdaryushg shponka o’rnatiladigan qismining ko’ndalang kesim yuzasi kamayadi. Bu esa uning mustahkamligi kamayishiga olib keladi. Mustahkamlikning kamayishi shponka o’yiqchasida eguvchi va burovchi kuchlanishlarning jamlanishi tufayli hamdir. Shponkali birikmani tayyorlash birmuncha mehnatni talab etadi. Detallarni markazlashtirishning murakkabligi tufayli mas’uliyatli tezkor vallarda qo’llash tavsiya etilmaydi.
Shponkali birikmalar zo’riqtirilmagan va zo’riqtirilgan turlarga bo’linadi. Zo’riqtirilmagan shponkali birikmalar yassi prizmasimon (4.1-rasm) va segmentsimon (4.2-rasm) shponkalarni qo’llashda xosil qilinadi. Bu holda birikmani yig’ishda detallarda dastlabki kuchlanishlar hosil bo’lmaydi.
Zo’riqtirilgan birikmalar esa ponasimon (4.3-rasm) va tangensial (4.4-rasm) shponkalarni ishlatishda vujudga keladi. Bu xildagi birikmalarni yig’ishda dastlabki zo’riqish hosil bo’ladi. Bu zo’riqishni montaj zo’riqishi yoki kuchlanishi deb ham ataladi.

Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə