Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar



Yüklə 401,8 Kb.
səhifə2/43
tarix27.01.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#99520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Mexanika

Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Ba’zi mashinalar yoki mexanizmlar yuqori bosim ostida, tajovuzkor muhit ta’siri ostida (bu asosan kimyoviy apparatlarda, yuqori bosim ostida ishlovchi qozonlarda, nasoslarda, chorvachilik va meliorativ texnikada, gidroelektr stansiya­larning generatorlarida uchraydi), ba’zilari esa yuqori harorat, bo’shliq, radiasiya ostida ishlatiladi. Кo’p hollarda mashinalarning ishonchli­ligini aniqlashda etakchi omil e’tiborga olinadi. Bunda ta’sir qilayotgan boshqa omillar ikkilamchi deb qaraladi.
Shuning uchun ham mashinalarni loyihalashda va hisoblashda ularning konstruksiyasini qulaylashtirish usullari ishlatiladi.
Mashina detallari materiallari esa quyidagi talablarga javob berishi lozim: arzon; oson topiladigan; mashina yoki detalning ish sharoitiga mos keladigan va iloji boricha yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan. Mashina uchun detal tayyorlanganda materialning turli xossalari e’tiborga olinadi. Materialning mexanik xossalariga mustahkamlik, rasm o’zgarishiga moyillik, elastiklik, oquvchanlik chegarasi, nisbiy cho’ziluvchanlik va zarbiy qovushqoqlik kabilar kiradi.
Materialning texnologik xossalarini payvandlanish, puxtala nuv, kesib ishlanuv va quyulib ishlash mumkinligi kabi xossalar tashkil etadi. Materialning iqtisodiy xossasi esa asosan uning tannarxidir.
Detallarning ishga layoqatligi va uni ta’minlash.
Detallarning ishchanlik qobiliyati ularning ishlash sharoitlaridan kelib chiqadigan qator mezonlar orqali baholanadi. Boshqacha aytganda, mashina detallarini hisoblashda va ishchanlik qobiliyatini baholashda mashina yoki detalning ish sharoiti, muhiti, unga ta’sir ko’rsatadigan omillari albatta e’tiborga olinishi lozim. Masalan, abraziv sharoitda ishlatiladigan tishli g’ildirak juftligi bilan toza sharoitda ishlatiladigan tishli g’ildirak juftligi birdek xizmat muddatiga ega emas. Yuk ko’tarishda ishlatiladigan po’lat arqonlar bilan faqat biror konstruksiyani ushlashda qo’llaniladigan po’lat arqonning ish sharoitini bir xil deb bo’lmaydi. Shuning uchun ham detallarni hisoblashda va ishchanlik qobiliyatini baholashda mezonlar kiritilgan. Bunday mezon­larga mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, issiq­bardoshlik, titrashga chidamlilik kabilar kiradi.
Mustahkamlik. Barcha detallarning ishchanlik qobiliyatining asosiy mezoni - bu mustahkamlikdir. Mustahkamlik detalning yemirilishga yoki unga qo’yilgan yuklama ta’sirida plastik deformasiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.
Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini o’zgartirishga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga aytiladi.
Yeyilishga chidamlilik. Berilgan xizmat muddati davomida detallarning ishqalanish yuzalarining kerakli o’lchamlarini saqlay olish qobiliyati yeyilishga chidamlilik deyiladi.
Issiqqa chidamlilik (issiqbardoshlik). Mashina detallarining yoki konstruktiv tuzilmaniig berilgan harorat chegarasida berilgan xizmat muddati davomida ishlay olish qobiliyati issiqbardoshlik deyiladi.
Titrashga ustuvorlik. Кonstruktiv tuzilmaning rezonans soha­laridan yetarlicha uzoqdagi kerakli maromlar diapazonida ishlay olish qobiliyati uning titrashga ustuvorliga deyiladi.
Mustahkamlik. Barcha detallarning ishchanlik qobiliyatining asosiy mezoni - bu mustahkamlikdir. Mustahkamlik detalning yemirilishga yoki unga qo’yilgan yuklama ta’sirida plastik deformasiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Mustahkamlikni hisoblash usullari asosan «Materiallar qarshiligi» kursida o’rganiladi. Detallarning ishlash sharoiti, ularga ta’sir etadigan turli yuklamalar detallarning albatta qisman bo’lsada, deformasiyalanishiga olib keladi. Detallar ish jarayonida deformasiyalanganda ham o’z xizmat vazifasini benuqson bajarishi va sinmay ishlay olish xususiyatini ularning mustahkamligi deb atash joiz. Detallarni mustahkamlikka hisoblashda normal [σ] va urinma [τ] ruxsat etilgan kuchlanishlarni to’g’ri aniqlay olish birlamchi ahamiyatga molikdir. Normal va urinma kuchlanishlar juda ko’p omillarga bog’likdir. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
a) tanlab olingan material va zagotovka (tanovar)larni olish usuli (quyma, bosim ostida rasm berish, qirqish va boshqalar), termik ishlov turi;
b) detalning ma’suliyatlilik darajasi va uning ish maromi;
v) detalning rasmi va o’lchamlari;
g) detal yuzasining notekisligi va b.
Mazkur kursda ruxsat etilgan kuchlanishlarni tanlash to’g’risidagi aniq ko’rsatmalarni mos detallarni hisoblashlarda berishni lozim topdik.
Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini o’zgartirishga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga aytiladi. Ba’zi detallarning mustahkam bo’lishi etarli bo’lmaydi, ular­ning bikr bo’lishi ham talab etiladi. Ayniqsa, kuch va momentlarning birgalikdagi ta’siri ostida ishlaydigan detallar mustahkam bo’lishiga qaramay, kutilganidan ortiq darajada egilishi mumkin. Misol tariqasida vallarni keltirish mumkin. Ruxsat etilganidan ortiq egilgan valning ishlatilishi mumkin emas, chunki valga o’rnatilgan detallar (tishli g’ildiraklar, muftalar, yulduzchalar, podshipniklar) muddatidan ilgari ishdan chiqishi mumkin.
Ba’zi detallarning ishlashiga ularning haddan tashqari bikr bo’lishi salbiy ta’sir ko’rsatadi, chidamliligining kamayishiga, shovqinning oshib ketishiga, qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Bu holatni po’latdan tayyorlangan tishli g’ildiraklarda kuzatish mumkin. Bundan shunday xulosa chiqarish lozim: zarur hollarda detallarning nisbatan beriluvchan bo’lishiga erishish kerak. Mashina detallarining bikrlik me’yorlari mashinalarni ishlatish tajribasiga asosan tajribaviy yo’llar bilan aniqlangan hamda turli ma’lumotnomalarni jamlagan kitoblarda keltirilgan. Detallarning beriluvchanligi «Materiallar qarshiligi» kursida bayon etilgan usullar orqali anikdanadi.
Yeyilishga chidamlilik. Berilgan xizmat muddati davomida detallarning ishqalanish yuzalarining kerakli o’lchamlarini saqlay olish qobiliyati yeyilishga chidamlilik deyiladi. Yeyilishga chidamlilik tanlangan materialning xossalariga, yuzalarning termik ishloviga va notekisligiga, bosim yoki kontakt kuchlanishlarning qiymatiga, sirpanish tezligaga, moy turi va moylanish maromiga, ishlash sharoiti va maromiga hamda boshqalarga bog’liqdir. Yeyilish detallarning mustahkamligani kamaytiradi, kontakt sharoitini og’irlashtiradi, moy tarkibini o’zgartiradi, shovqinni vujudga keltiradi.
Aksariyat hollarda detallarni yeyilishga chidamlilikka hisoblash ruxsat etilgan bosim [p], solishtirma bosim bilan ishqalanish tezligining ko’paytmasining ruxsat etilgan qiymati bilan solishtirish usuliga ko’ra aniqlanadi:

Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə