Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   196
 
 
20-mavzu. Wzbekiston Sovet davridagi manbalar. 
 
Darsning mazmuni: 
Wzbekistonning shwrolar xukmronlik qilgan (1917-
1991) davriga oid manbalar, umumiy xususiyatlari ba
ё
n etiladi.
 
Reja: 
20.1. Asosiy si
ё
siy-ijtimoiy voqealar.
20.2. Rasmiy manbalar.
20.3. Davr tarixi tadqiqotlarda.
20.4. Shwro davri tarixiy xorijiy olimlar asarlarida.
20.5. Shwro davri tarixi zamonaviy tadqiqotlarda.
20.6. Foydalanilgan adabi
ё
tlar rwyxati.
20.7. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
Asosiy tushunchalar: 
Sovet, shwro,
 
bolshevik, kompartiya, sezd, 
deh’qon, ishchi, pioner, komsomol, partiya, lenin, stalin.
 
20.1. Asosiy si
ё
siy-ijtimoiy voqealar 
Yaqin wtmishimizning sobiq sovet h’okimiyati h’ukmronlik qilgan davri 
(1917-1991 yillar) mamlakatimiz tarixida wziga xos wrin egallaydi. Bu davr, 
garchi tarixan qisqa bwlsa-da, lekin wzining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan 
ajralib turadi. 1917 yil oktyabrida bolsheviklar zwrlik bilan amalga oshirilgan 
twntarish sobiq 
İ
ttifoq xalqlari, shu jumladan, Wzbekiston xalwlari tarixida 


237
salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sah’ifasini boshlab berdi. 
Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi wrnini «qizil imperiya» egalladi. 
Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan wlka xalqlari bolsheviklar 
«sotsialistik tajribasi»ning barcha mashum mushkulotlarini boshdan kechirdilar. 
Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-si
ё
siy tarixiy jara
ё
nning wta 
murakkab va ziddiyatli kechishi kwplab qurbonlar berilishiga, madaniy va 
manaviy ywqotishlarga olib keldi.
Oktyabr twntarishidan keyin Wzbekistonning Turkiston h’ududida bwlgan 
anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga 
qwshib olindi. 1924 yilda zwraki wtkazilgan milliy-h’ududiy chegaralanish 
natijasida Wzbekiston SSR tashkil topib, SSR 
İ
ttifoqi tarkibiga kiritildi. SSR 
İ
ttifoqi wz moh’iyatiga kwra unitar (qwshma) davlat edi. Oqibatda Wzbekiston 
twla-twkis Moskvaga qaram bwlib qoldi. Wzbekiston SSR faqat nimgagina 
mustaql edi. Respublikaning rah’bar organlari Kompartiya Markaziy Qwmitasi 
(MQ) va 
İ
ttifoq h’ukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bwysunardi. 
Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva; 
umuman Sovet Rossiyasi.-
Tah’ririyat
) manfaatlari ywlida si
ё
sat yurgizishga 
majbur edilar. Wzbekiston xalqlarining suveren h’uquqlari asosida ularning tub 
manfaatlarini h’imoya qilishga qaratilgan ularning tub manfaatlarini h’imoya 
qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rah’barlarning 
chiqishlarini mustabid tuzum g’oyat qatiyatlik bilan barh’am toptirardi.
Mustabid tuzum Wzbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida wz 
iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ash
ё
bazasi va 
mah’sulot bozori sifatidagi h’olatini yanada mustah’kamlashga intildi. Bunday 
si
ё
sat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, 
uning qishloq xwjaligi tobora kwproq paxtachilik ywnalishiga ega bwlib bordi, 
shu alfozda paxta yakkah’okimligi qaror topdi. Wzbekiston sanoati asosan 
qishloq xwjaligi exti
ё
jlariga xizmat qilishga ywnaltirilgan edi. Sanoatda qishloq 
xwjaligi mah’sulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy 
wrinni egallardi. Respublika xom ash
ё
sining pirovard mah’suloti 
İ
ttifoq sanoat 
markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi h’am wsha 
erda qolardi.
Markazning Wzbekitondagi mustamlakachilik si
ё
sati respublikaning 
madaniy rivojida h’am wzining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu soh’ada 
birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bwlsa-da, wlka xalqlarining manaviy 
h’a
ё
ti twla-twkis wz davrining h’ukmron mafkurasi va si
ё
sati tasiriga olindi, 
baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish rwy berdi. 
Wzbek xalqining milliy madaniy qadriyatlari o
ё
qosti qilindi, Wzbek tili ikkinchi 
darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
Darvoqe, Markazning bunday mafkura si
ё
sati tufayli xalqimiz h’a
ё
tining 
barcha soh’alariga putur etkazilganligini takidlash barobarida respublika tarixiy 
wtmishining sovet davrida h’am bir qator ijobiy ishlar qilinganligini aytib 
wtmaslik noxolislik bwlur edi. Zero, wsha yillarda xalqimizning fidokorona 
meh’nati bilan kwplab zavod va fabrikalar qurildi, millionlab gektar yangi erlar 
wzlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xwjaligining moddiy-texnika 


238
negizi mustah’kamlandi, uning mah’sulotlari h’ajmi ortdi. Wnlarcha oliy va wrta 
maxsus wquv yurtlari ochildi, ularda xalq xwjaligining barcha tarmoqlari uchun 
mutaxassislar tay
ё
rlandi, umumtalim maktablari h’unar-texnika bilim 
yurtlarining keng tarmog’i tashkil etildi, kwpgina madaniy-marifiy muassasalar 
barpo qilindi. Natijada ah’olining talimiy va madaniy saviyasi oshdi. Twg’ri, bu 
yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bwlib qolgan 
«partiyaning dono si
ё
sati» tufayli emas, balki xalqimizning sadoqatli, fidokorona 
meh’nati tufayli erishildi.
Biroq, shuni aloh’ida takidlash joizki, og’ir va mashaqqatli meh’natlar 
evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar wzbek xalqi, uning farovonligi 
uchun xizmat qilmadi. Aksincha, bu moddiy-manaviy boyliklar wzbek xalqini 
kamsitish, milliy g’ururini o
ё
qosti qilish, wzligini unuttirish, kommunistik 
mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. Wzbekiston h’ududida bun
ё

etilgan korxonalar (ayniqsa, kim
ё
kombinatlari), keragidan ortiqcha 
wzlashtirilgan qwriq va bwz erlar, qazilgan kanallar, qurilgan suv omborlari 
respublikaning ekologik ah’volini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib 
borishini tezlashtirdi, dexqonchilik erlari tarkibini wzlashtirib yubordi, atrof 
muh’itni, ichimlik suvini zaxarladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati 
«eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va 
kulfatlarni, mustabid tuzum, h’ukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi 
olib borilgan zwrovonlik va g’ayriinsoniy si
ё
satni h’uch qachon oqlash mumkin 
emas.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə