87
yilgacha bwlgan voqealarni wz ichiga oladi. “Zafarnoma” asari h’aqiqatan h’am
sodda tilda, ravon uslubda
ё
zilgan, daliliy malumotlarga boy. Lekin Amir Temur
h’a
ё
ti mazkur asarda birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan.
Asar Wzbekiston, Qozog’iston, Yaqin va Wrta Sharq mamlakatlarining XIV
asr II- yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-si
ё
siy tarixini wrganishda muh’im va
ishonchli manbalardan biri h’isoblanadi.
Nizomuddin Shomiy wz asarini
ё
zishda G’i
ё
sidin Ali Yazdiyning
“Rwznomayi g’azavoti Hinduston”, Amir Temurning uyg’ur kotiblari tomonidan
yaratilgan “Tarixi xoniy” va boshqa saroyda bitilgan kundaliklardan foydalangan.
“Zafarnoma”yi Nizomuddin Shomiyning ikkita tarh’riri mavjud: 1) 1404 yili
Amir Temur Ozarbayjon yurishidan qaytganda unga taqdim etilgan nusxa. 2)
Mironshoh’ning wg’li Mirzo Umarga (1404 yid 26 martda Amir Temur
“Halokuxon taxti”ni , yani G’arbiy Eron h’amda Ozarbayjonni inom qilgan)
paytida taqdim qilingan. U yuqorida qayd etib wtilgan birinchi nusxadan deyarli
farq qilmaydi. Asar “Zafarnoma” deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar
kiritilgan va debocha h’amda Mirzo Umarga bag’ishlangan kichik bir ilova (zayl)
qwshilgan. Shunga qaraganda, Nizomuddin Shomiy umrining swnggi yillarini
Mirzo Umar xizmatida bwlgan va ona yurti Tabrizda istiqomat qilgan.
“Zafarnoma”ning qwl
ё
zma nusxalari Armaniston, Angliya, Frantsiya,
İ
roq
va Turkiya kutubxlnalarida saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni F.Tauer
tomonidan 1937 va 1956 yillari Pragada chop etildi.
1996 yili Nizomuddin Shomiy “Zafarnoma” asarini Yu. Hakimjonov
tomonidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.Wrinboev tomonidan tah’rir
qilinib nashr etildi.
Dostları ilə paylaş: