Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   196
8.3.21. “Majmu at-tavorix”
“Majmu at-tavorix” 
ё
ki “Zubdat ut-tavorix” nomli asar muallifi Hofizi Abru 
nomi bilan mashh’ur bwlgan yirik geograf va tarixchi olimdir. Uning h’aqiqiy ismi 
Shah’obuddin Abdulloh’ ibn Lutfulloh’ ibn Abdurashid al-Havofiydir. Abdurazzoq 
Samarqandiyning swzlariga qaraganda Hofizi Abru Hirot h’ududidagi Havofda 
tug’ilgan, Hamadonda tah’sil kwrgan va 1430 yilda Zanjonda vafot etgan. Boshqa 
tarixiy manbalarning malumotlariga va uning swzlariga qaraganda, Hofizi Abru 
Amir Temur va Shoh’ruh’ saroyida istiqomat qilgan va h’ar ikkala h’ukmdor bilan 
yaqindan munosabatda bwlgan. Agar u Amir Temur bilan faqat saroydagina yaqin 
suh’batdosh bwlgan bwlsa, Shoh’ruh’ bilan uning yurishlarida birga bwlgan. 
Hofizi Abru Shoh’ruh’ning topshirig’i bilan ikkita yirik asar 
ё
zgan. 
Bulardan biri tarixiy-geografik mazmunda bwlib, 1414-1420 yillar orasida 
ё
zilgan. U X asrda arab tilida bitilgan nomaxlum bir kitob asosida 
ё
zilgan. 
Yu.E.Borshevskiyning swzlariga qaraganda, bu “Kitob al-masolik va-l-mamolik” 
deb atalib, Hasan ibn Ah’mad Muh’allabiyning qalamiga mansub bwlgan. 
Shoh’ruh’ Mirzo 1414 yili Hofizi Abruga mazkur asarni fors tiliga tarjima qilish va 
boshqa manbalar asosida qayta ishlashni topshirgan. Demak, bu asar shunchaki 


89
kompilyatsiya va tarjima bwlib qolmay, balki yangi dalillar bilan boyitilgan, 
diqqatga sazovor asardir. Shuni aytish kifoyaki, unda h’ar bir viloyatning geografik 
h’olatini tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha si
ё
siy tarixi h’am ba
ё
n qilingan. 
Biz uchun asarda Amudar
ё
ning Kaspiy dengiziga quyilishi h’aqidagi, shuningdek, 
Movarounnah’r va uning yirik shah’arlari Buxoro, Samarqand, Nasaf, Kesh, 
Termiz, Xwjand va boshqalar h’aqida keltirilgan malumotlar muh’im ah’amiyat 
kasb etadi. 
Asarning yaxshi qwl
ё
zma nusxalari Angliya va Rossiyada, Sankt-Peterburg 
shah’rida saqlanmoqda. 
Hofizi Abru Shoh’ruh’ning kwrsatmasi bilan wzidan avval wtgan mazkur 
tarixchilar Tabariy, Rashiduddin h’amda Nizomuddin Shomiy asarlariga 
qwshimchalar (zayl) h’am 
ё
zgan. 1412-1418 yillar orasida 
ё
zilgan bu 
qwshimchalar “Majmua-yi Hofizi Abru” deb ataladi. 
Tabariy asarining Balamiy tah’ririga qilingan qwshimcha xalifa Muqtadir 
(908-932 yy.) zamonidan to Mwtasim (1242-1258 yy.) davrigacha xalifalikka 
kirgan mamlakatlarda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi. 
Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”iga qilingan qwshimchaga Kurtlar 
(Kartlar) sulolasidan chiqqan podshoh’lar, Tug’a Temur, Amir Vali ibn Shayx Ali 
Hindu, sarbadorlar h’amda Amir Arg’unshoh’ tarizi, yani Eronda 1306-1393 yillar 
orsida bwlib wtgan voqealar kiritilgan. 
Nizomuddin Shomiyning “Zafarnoma”siga qilingan ilovada esa Amir Temur 
h’ukmronligining swnggi davri va Shoh’ruh’ tarixi 1416 yilga qadar ba
ё
n etiladi. 
“Majmua”ning ayrim qismlari matni va tarjimasini Xonbobo Ba
ё
niy 1938 
yilda, F.Tauer 1959 yili va K.M.Maitra 1934 yili nashr ettirganlar. 
Hofizi Abruning asosiy katta tarixiy asari “Majmu at-tavorix” bwlib, uni 
muarrix Shoh’ruh’ning wg’li Boysung’ur Mirzo (1433 yili vafot etgan)ning 
topshirig’i bilan 1423-1425 yillari 
ё
zilgan. Mazkur asar twrt qismga bwlingan: 1) 
islomiyatdan avval wtgan payg’ambarlar va Eron podshoh’lari; 2) Muh’ammad 
payg’ambar va arab xalifalari (al-Muh’tasimgacha); 3) Eronning Saljuqiylar 
h’amda mwg’ullar davridagi (Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4) “Zubdat ut-
tavorixi Boysunquriy”. 
Asarning swnggi, twrtinchi qismi asli va mustaqil ah’amiyatga ega bwlib, 
unda Amir Temur tarixi, qayta ishlangan va birmuncha twlatilgan h’amda 
Xuroson, qisman Movarounnah’rning 1427 yilgacha bwlgan ijtimoiy-si
ё
siy ah’voli 
ba
ё
n etilgan. 
“Majmu at-tavorix” asarining qwl
ё
zmalari Toshkent h’amda xorijiy 
mamlakatlar Turkiya, Olmoniya, Angliya, Frantsiya, Eron va boshqa mamlakatlari 
kutubxonalarida saqlanmoqda.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə