97
tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Ah’mad Donishning tarixiy
asarlarini namuna sifatila kwrsatish mumkin.
Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri matn
orasida, voqealar ba
ё
ni davomida sheriy lavh’alarning keltirilishidir. Bu sheriy
lavh’alar tarixchining wz asari bwlishi mumkin va u boshqalarning sheriy
asarlaridan h’am bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-sheriy lavh’alarda
konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda kwp ishlatilishidir.
Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda wxshatish, mubolag’alar kwp
ishlatilib, ba
ё
n uslubi wta jimjimador bwlishi mumkin. Mana shunday asarlar
twg’risida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu
uslubda
ё
zilgan, tashbih’ va mubolag’alar bilan oro berilgan kitoblarda kwzlangan
maqsadlar wrtada ywqolib ketadi, agar swz qoida-qonunidan nasibador
bwlganlardan birontasi manini fah’mlab qolsa qolar, ammo qolgan wntasi, balki
yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga etishdan ojiz. Shu sababli, uning
foydasi barchaga barobar bwlmaydi.”
34
Yurtimiz
h’ududida
fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda h’am arabiy,
h’am turkiy, ayrim h’ollarda mwg’ul tili elementlari, swzlar, iboralar, atamalar va
h’ujjatlar uchrashi va mavjud bwlishi biz uchun bir tabiiy h’oldir. Chunki
wtmishda xalqimiz zi
ё
lilari va namo
ё
ndalari uchun bir necha tilni bilish va ularni
ishlatish odatiy h’ol edi.
Ushbu qwllanmada barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni twla qamrab
olishni maqsad qilib qwymay, ularning ichidan eng muh’imlarni namuna sifatida
tanlab olib, ular twg’risida ixcham, qisqa malumotlar keltirdik, xalos. Chunki bu
bilimlarni talabalar wzlari mustaqil kengaytiradilar degan umiddamiz. Bizning
maqsadimiz, keltirilgan ushbu malumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy
manbalar xususida umumiy tasavvurni shakllantirish va uni mustaqil fikrlashga
wrgatishdir.
Dostları ilə paylaş: