101
qaytishda, Yamanda bwlgan chog’ida Jafar podshoh’ kutubxonasida turkiy tildagi
mazkur asarni topgani va u Amir Temurning h’a
ё
t ywli h’aqidagi wzi
ё
zgan
ekanligini takidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan qaytib kelgandan keyin, asarni
fors tiliga tarjima qilgan. Lekin Arabistondan olib kelingan asliyatdan
ё
ki
Hindistonda bwlgan biron qwl
ё
zma nusxadan wgirilgani aytilmagan.
Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk
boburiylardan Shoh’ijah’onga tortiq qiladi. Keyin bu tarjima Muh’ammad Afzal
Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy tah’rir qilingan.
“Temur tuzuklari” ikki maqoladan iborat:
Birinchi maqola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustah’kamlash,
qwshinni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan.
İ
kkinchi maqolada 13 kengash va uning qismlarida Amir Temurning
h’okimiyat tepasiga kelishi va h’arbiy yurishlari tafsilotlari beriladi.
“Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafaqat h’ukmdorlar va malumotli
kishilar orasida, balki jah’on ilm ah’li wrtasida shuh’rat topti. Asarning kwl
ё
zma
shaklida h’am, toshbosma shaklida h’am, shuningdek jah’onning kwp tillariga
qilingan tarjima shaklida h’am (inglizcha, frantsuzcha, urdu, rus va wzbek tillarida)
nashr etilishi swzimizga isbot –dalildir.
İ
kki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muh’ammad Afzal Buxoriy xizmatlari
tufayli “Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha etib kelgan. Bu tarjimaning mwtabar
qwl
ё
zmalari Rossiya, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Frantsiya va
boshqa mamlakatlar xazinalarida mavjud.
“Temur tuzuklari”ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963 yillari ovrupo
va sharq tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan.
“Temur tuzuklari”ni twliq 1857 yili Xivada Muh’ammad Yusuf Rojiy
tomonidan va 1858 yili Pah’lavon Ni
ё
z devon tarafidan turkiy-wzbek tiliga tarjima
qilingan. Ularning birinchisi “Tuzuki Temuriy”, ikkinchisi “Malfuzot” nomi bilan
malum. Yana bir tarjima Xwjand qozisi Nabijon mah’dum tarafidan, Qwqon xoni
Muh’ammad Alixon (1821-1858 yy.)ning topshirig’iga binoan amalga oshirilgan.
“Temur tuzuklari” asarini Alixon Twra Sog’uniy 1967 yili Mir Abu Tolib
tarjimasini wzbekchaga tarjima qilgan edi. 1990 yili Alixon Twra tarjimasini
“Temur tuzuklari”ni Bombay nashri matni asosida Habibullo Karamatov yana bir
tarjimani amalga oshirib, nashr ettirdi.
“Temur tuzuklari”ning manba sifatidagi tarixiy ah’amiyati buyuk ekanligi
mutaxassislarning unga bwlgan katta etiboridan bilish mumkin. Asarning sakkizta
mwtabar qwl
ё
zmasi Toshkentda, Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud.
Dostları ilə paylaş: