Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Tavorixi guzida, Nusratnoma”



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   196
9.2.3. “Tavorixi guzida, Nusratnoma”
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” (“Saylanma solnomalar, G’alabalar kitobi”)
nomli tarixiy asar XU1 asrda yaratilgan 
ё
zma obidadir. Ushbu asar muallifining 
nomi ishonarli va qatiy aniqlanmagan. Tadqiqotchilar orasida bu xususda turlicha 
fikrlar mavjud. Sharqshunoslardan A.A.Semenov, R.G.Mukminova va V.P.Yudin 
ushbu kitobni Shayboniyxon tomonidan 
ё
ki uning faol ishtirokida 
ё
zilgan, deb 
h’isoblaydilar. 


102
Ushbu asarni chuqur va atroflicha wrgangan A.M.
İ
kromovning fikricha, 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” ijodkori mashh’ur “Shayboniynoma” dostonining
muallifi Muh’ammad Solih’dir. 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” asari muqaddimasida muallif wzini “Ojiz”, 
“G’arib”, “Hokisor” deb ataydi. U Munke qoon nomiga 
ё
zilgan “Tavorixi 
jah’onkushoy”, G’ozonxonning qizi nomiga bitilgan “Tavorixi guzida” va Mirzo 
Ulug’bek nomidan 
ё
zilgan “Muntah’ab ut-tavorixi shoh’iy” nomli kitoblardan 
saylab tartib qilish h’aqida buyruq olganligi va unda Shayboniyxon tarixini h’am 
qwshib bir asar yaratganligi va unga “Tavorixi guzida, Nusratnoma” deb ot 
qwyganligini ochiq aytadi
35
. Bundan malum bwlishicha, asar Shayboniyxonning 
topshirig’i bilan saroyga yaqin turgan tarixchilarning biri tomonidan yaratilgan. 
Ushbu asar 1502-1505 yillar orasida 
ё
zilgan bwlib, ikki mustaqil qismdan - 
“Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan iborat. Birinchi qismda Wg’izxon va 
qadimgi turklar, Chingizxon h’amda uning Mwg’uliston, Dashti qipchoq, 
Movarounnah’r va Eronda h’ukmronlik qilgan avlodi tarixi, ikkinchi qismda esa 
Shayboniyxon tavalludidan (1451 y.) to uning Movarounnah’rni istilo qilishigacha 
(1500-1505 yy.) Dashti qipchoq h’amda Movarounnah’rning ijtimoiy-si
ё
siy 
ah’voli ba
ё
n qilingan. 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma”ning ikkinchi qismi zwr ilmiy ah’amiyatga 
ega. Unda Shayboniylar qwshinining tuzilishi, uning etnik tarkibi, shuningdek, 
kwchmanchilarning Qorakwl, Hisor, Chag’oni
ё
n, Wratepa h’amda Xwjand 
viloyatlarida qilgan talon-tarojlari h’aqida muh’im va qimmatli malumotlar bor. 
Asarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda sodir bwlgan voqealarning 
vaqti aniq kwrsatilgan. Bundan tashqari, Shayboniyxon qwshinlari tarafidan 
Farg’ona viloyatining bosib olinishi faqat “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarida 
twg’ri va twliq 
ё
ritilgan. 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarining faqat ikkita qwl
ё
zma nusxasi 
bizgacha etib kelgan. Ulardan biri Sankt-Peterburgda, ikkinchisi esa Angliyaning 
Britaniya muzkyida saqlanmoqda. Kitobning matni faksimilesi (fotonusxa) zarur 
ilmiy izoh’lar va tadqiqotlar bilan 1967 yili Toshuketda A.M.
İ
kromov tomonidan 
elon qilingan. Undan ayrim parchalar rus tilida 1969 yili Olma-Otada V.P.Yudin 
tomonidan elon qilingan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə