Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


«Tarixi muluki Ajam» asari



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   196
10.4. «Tarixi muluki Ajam» asari 


114
Alisher Navoiyning ikkinchi tarixiy asari «Tarixi muluki Ajam»dir. 
890/1485 yildan swng yaratilgan bu asarda Eronda h’ukmronlik qilgan twrt 
sulola: Peshdodiylar, Ka
ё
niylar, Ashkoniylar va Sosoniylar twg’risida malumot 
keltirilgan. Asar oxirida Sulton Husayn Mirzo madh’i wrin olgan. Agar biz 
avvalroq yaratilgan «Saddi 
İ
skandariy» dostonida h’am twrt sulola h’aqidagi 
malumot borligini nazarda tutsak, doston yaratish jara
ё
nida Alisher Navoiy 
twplagan malumotlarni maxsus tarixga oid asar sifatida ijod qilgan kwrinadi. 
Bunda Alisher Navoiy yuqorida nomlari zikr etilgan asarlar qatorida yana Abu-l-
Hayr Nasiriddin Abdulloh’ binni Umar ul-Qozi Bayzaviyning (vaf.685/1266) 
«Nizom ut-tavorix» (
ё
zilgan 674/1275), Abu Homid G’azzoliyning (1058-1111) 
«Nasih’at ul-muluk» va boshqa asarlarni, xususan wz zamondoshi Mir 
Muh’ammad Mirxondning «Ravzat us-safo» asaridan boxabar h’olda, Eron 
tarixiga oid arab va fors tillarida tarixiy asarlardan farqli, bu kitobni turkiy tilda 
yaratdi. Ushbu asardagi shaxslar twg’risidagi malumotlar Alisher Navoiy 
wzining dostonlarida h’am mavjudligini eslatib wtgan. Bu asar ilmiy tanqidiy 
matnini sharqshunos L.Xalilov tuzib, nomzodlik dissertatsiyasini h’imoya qilgan 
edi. Afsus h’amon uning tanqidiy matni chop etilmagan.
«Tarixi muluki Ajam» asarini malum darajada, «Xamsa», xususan «Saddi 
İ
skandariy» dostoniga tarixiy ilmiy ilova sifatida h’am qabul qilish mumkin. 
Uning ichidagi malumotlarning sheriy ifodasi «Saddi 
İ
skandariy»da keltirilgan 
bwlib, ularni boshqa tarixiy asarlar bilan qi
ё
siy wrganish Alisher Navoiyning 
tarixchi olim sifatidagi ijod qirralarini ochishga rdam berishi mumkin.
 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə