Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   196
8.2. Huquqiy h’ujjatlar va 
ё
zishmalar
Xoja Ah’rorga tegishli vasiqa va vaqfnomalar. Bu turdagi h’ujjatlar kwp va 
ular arxiv va muzeylarning fondlaridan, shuningdek qwl
ё
zma kitoblar saqlana
ё
tgan 
kutubxonalardan topish mumkin. Yirik sharqshunos olima O.D.Chexovich (1912-
1982- yy.) Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik 
instituti va Wzbekiston Respublikasi Davlat arxivi fondlarida saqlana
ё
tgan vasiqa 
va vaqfnomalar fondini kwp yillar davomida qunt bilan wrgandi va ular ichida 
Xoja Ubaydulla Ah’rorga tegishlilarini ajratib olib, matni va ruscha tarjimasi, va 
maxsus tadqiqot bilan birga qwshib 1974 yili “Samarkandskie dokument
ı
XV-XVI 
vekov” nomi bilan nashr etdi. 


72
Xoja Ubaydulla Ah’ror wz davrining badavlat, boobrw kishisi bwlib, 
mamlakatning iztimoiy-si
ё
siy h’a
ё
tida katta nufuzga ega bwlgan. Uni shu darajaga 
etkazgan omillardan biri uning qwlida twplangan katta er-suv va mol-mulk bwldi. 
Tarixiy manbalarning guvoh’lik berishicha, uning 300 jufti nov (bir juft h’wkiz 
ё
rdamida h’aydab ekiladigan er) eri, shah’arlarda timlari (usti 
ё
piq bozor), 
dwkonlari, h’ammomlari, karvonsaroylari, tegirmonlari, moyjuvozlari bwlgan.
Xoja Ubaydulla Ah’ror marifatli va raiyatparvar kishi edi. Daromadning bir 
qismini xayrli ishlarga sarflagan, xalq manfaatini h’imoya qilgan. Masalan, 1463 
yili Temuriyzoda Umarshayx Mirzo Toshkent xalqidan katta miqdorda xiroj talab 
qilganda, Xoja Ubaydulla Ah’ror uni wz h’isobidan twlab yuborgan; 
h’unarmandlar va bozor ah’lidan olinadigan tamg’a solig’iga qarshi chiqqan, uning 
wzi va mulki barcha soliqlardan ozod qilinganiga qaramay, ayrim yillari h’amma 
qatori xiroj, ushr va boshqa soliqlar maunoti devoniya va navoibi sultoniya twlab 
turgan. 
Xoja Ubaydulla Ah’ror h’ar yili Sulton Ah’mad Mirzo (1458-1494 yy. 
Movarounnah’r h’ukmdori)ning devoniga 80 ming man (4,32 kg.ga teng) g’allani 
xiroj wrnida yuborib turgan; yiliga unga xirojning bir qismini – 10 ming kumush 
tanga berib turgan. 
Xoja Ubaydulla Ah’rorga tegishli vasiqa, vaqfnoma va boshqa h’uquqiy 
h’ujjatlar h’ali boshqa erlardan h’am topiladi. Lekin O.D.Chexovich nashr 
qilganlarning wzi h’am Wzbekistonning XU-XU1 asr boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
ah’volini wrganishda birinchi darajali manba bwlib xizmat qiladi. Quyida ikkita 
h’ujjat mazmunini keltiramiz: 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə