Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   196
8.3.11. “Tarixi Masudiy” 
Ananaviy tarixiy asarlardan yaqqol ajralib turadigan “Tarixi Masudiy” 
(“Masud tarixi”) asarning muallifi Abulfazl Muh’ammad ibn al-Husayn al-kotib 
al-Bayh’aqiydir (995-1077). U Nishopur viloyatiga qarashli Harisobod qishlog’ida 
badavlat mansabdor oilada tug’ilgan, asosan Nishopur shah’rida talim olib, 
balog’atga etgan.
Abulfazl Bayh’aqiy taxminan 1021 yili G’aznaviylar davlatining devoni 
rasoili - xorijiy mamlakatlar bilan aloqa yurituvchi mah’kamaga dabirlik 
mansabiga qabul qilindi va vazir Abu Nasr Mishkon rah’barligida 19 yil ysha 
mansabda xizmat qildi. Abu Nasr Mishkon vafotidan swng 1039 yili Abulfazl 
Bayh’aqiy uning wrniga devon boshlig’i etib tayinlandi. 1041 yili Sulton Masud 
wldirilgandan swng u saroy xizmatidan chetlatildi va faqat Sulton Abdurashid 
1050 yili h’okimiyat tepasiga kelgach, yana wz wrniga tiklandi. Abulfazl 
Bayh’aqiy bu lavozimda 1059 yilgacha, yani Sulton Farruh’zod (1053-1059 yy.) 
saltanatining oxirigacha davlat xizmatida bwldi, keyin istefoga chiqib, ilmiy ish 
bilan mashg’ul bwldi. U 1077 yili vafot etgan. 
Abulfazl Bayh’aqiy “Ziynat ul-kitob” (“Kitoblar ziynati”), “Tarixi oli 
Mah’mud” (“Mah’mud xonadonining tarixi”) 
ё
ki “Jomi fi tarixi oli Sabuqtegin”
(“Sabuktegin xonadoni tarixidan h’ikoyalar majmuasi”) nomli asarlari bilan 
mashh’ur. “Tarixi Bayh’aq” (“Bayh’aq (viloyati) tarixi”) asar muallifi Abulh’asan 
Ali Bayh’aqiy, XII asrning ikkinchi yarmida wtgan va kwpincha ibn Funduq nomi 
bilan mashh’ur bwlgan olimning maoumotiga qaraganda, Abulfazl Bayh’aqiyning 
“Tarixi oli Mah’mud” asari wttiz jilddan iborat bwlgan. Lekin bu ulkan asarning 
faqat oltinchi jildining ikkinchi qismi, 7, 8, 9 jildlari h’amda 10-jildining bir qismi 
etib kelgan, xalos. Bu qismlar Sulton Masud (1030-1041 yy.) davri tarixini wz 
ichiga oladi va “Tarixi Masudiy” nomi bilan malum va mashh’ur.
“Tarixi Masudiy” asarida boshqa tarixiy kitoblardan farqli muallif wzi 
kwrgan va ishonchli kishidardan aniqlagan malumotlarni, shuningdek, h’ukumat 
mah’kamalarida saqlangan rasmiy h’ujjatlar asosida h’amda maishiy tafsilotlarga 
h’am aloh’ida etibor berilgan. 
Bu xususiyat asarning daliliy malumotlarga boyligi, voqealarning keng va 
atroflicha ba
ё
n etilishi va nih’oyati zwr badiiy mah’orat bilan 
ё
zilganligi, uning 
boshqa tarixiy asarlardan aloh’ida ajratib turadi.
Kitobda asosan Sulton Masud davri G’aznaviylar saltanati ixtimoiy-si
ё
siy 
ah’voliga keng wrin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Somoniylar, 
Saljuqiylar tarixiga oid muh’im malumotlar h’am bor. Ayniqsa, G’aznaviylar bilan 


80
Xorazm, Saljuqiylar h’amja Qoraxoniylar davlati wrtasida bwlgan si
ё
siy 
munosabatlar h’aqida qimmatli malumotlar kwp. 
Ushbu asarda Abu Rayh’on Beruniy h’a
ё
ti twg’risida tafsilotlar va uning 
bizgacha etib kelmagan Xorazm tarixiga oid asaridan lavh’alar biz uchun juda 
qimmatlidir. Chunki muarrix ulug’ vatandoshimiz bilan muloqotda bwlgan, uni 
yaxshi bilgan va fikrlarini qadrlagan. 
“Tarixi Masudiy” asarining forsiy matnini U. Morley Kalkuttada 1861 yili, 
Teh’ronda esa Ah’mad Peshavoriy 1886 yili, Said Nafisiy 1941-1954 yillari, G’ani 
va Fa
ё
z 1945 yili chop etganlar. Uning arabcha tarjimasi Qoh’irada Yah’
ё
Hashshob va Sodiq Nishot tomonidan chop etilgan. 
“Tarixi Masudiy” asarining ruscha tarjimasi tadqiqot va zarur izoh’lar bilan 
atoqli manbashunos olim A.K.Arends tomonidan Toshkentda 1962 yili va 
Moskvada 1969 yili elon qilindi. Kitobning X-XI asr tarixini wrganuvchilar uchun 
manba sifatidagi ah’amiyati juda katta. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə