Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   196
8.3.9. “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” (“Samarqand tarixi h’aqida qand kitob”) 
nomli asar muallifi yirik tarixchi, tilshunos va faqih’ Najmuddin Abu Hifs Umar 
ibn Muh’ammad ibn Ah’mad ibn Luqmon an-Nasafiy (1068-1142)dir. U 
musulmon qonunshunosligiga oid “Manzumot an-Nasafiya fi-l-xulofi
ё
t” 
(“Kelishmovchiliklar h’aqida Nasafiyning sheriy asari”), “Aqoid an-Nasafiy” 
(“(
İ
slom) aqidalariga an-Nasafiy sharh’i”) shariat ywl-ywriqlari va “Quroni 
karim” sharh’iga bag’ishlangan “Al-yavoqit fi-l-mavoqit” (“Qulay vaqtlar xususida 
ё
qutlar”), “Zallat al-qoriy” (“Qorilarning xatolari h’aqida”) va tasavvuf xususida 
“Risolai Najmiya” kabi bir necha kitoblar yaratgan. 
Nasafiyning tarix fani uchun eng muh’im “Kitob al-qand fi tarixi 
Samarqand” asaridir. Uning yana bir nomi “Kitob al-qand fi marifati ulamoi 
Samarqand” (“Samarqand olimlarini tanish borasida qand kitobi”) h’am 
mashh’urdir. Ushbu asarda Wzbekistonning islomgacha bwlgan tarixi, uning arab 


78
istilochilari tomonidan bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori 
atiqalari h’aqida malumot keltirilgan. 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning arabcha asl nusxasi bizgacha etib 
kelmagan. Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muh’ammad ibn Abdujalil ibn 
Abdumalik ibn Haydar as-Samarqandiy (XII asr) ushbu asarning qisqartirilgan 
forscha tah’ririni yaratgan. V.V.Bartoldning fikricha (Asarlar, VIII jild,- M.: 1973, 
257 bet) Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy asarning forscha tah’ririga 
Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy al-
İ
drisiyning (1015 yili vafot etgan) 
“Kitob komil al-marifat ar-rijol” (“Mashh’ur kishilarni tanish h’aqida mukammal 
kitob”) nomli asaridan am ayrim parchalarni olib kiritgan. 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning XV asr oxiri XVI asr boshlarida 
Said Ah’mad ibn Mir Vali qalamiga mansub forscha tah’riri h’am bor. “Qandiyayi 
xurd” (“Kichik qandiya”) nomi bilan mashh’ur bwlgan bu asarning qwl
ё
zma 
nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Dushanbe shah’arlarida h’amda 
Germaniya, Hindiston va Saudiya Arabistoni kutubxonalarida saqlanmoqda. 
“Qandiyayi xurd” bir necha marta toshbosma usulida Samarqand (1909 y.), 
Toshkent va Teh’ronda (1955 y.) chop etilgan; bir qismi V.L.Vyatkin (1869-1932 
yy.) tarafidan rus tiliga tarjima qilingan va 1906 yili nashr etilgan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə