Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   196
8.3.12. “Lubob ul-albob”
“Lubob ul-albob” (“Qalblar qalbi”, 1222-1223 yillari 
ё
zilgan) nomli 
asarning muallifi Saduddin Muh’ammad Avfiy bwlib, u XII asrning swnggi 
choragi va XIII asrning birinchi yarmida yashagan adib, tarjimon va tazkiranavis 
olimdir.
Avfiy 1172-1177 yillar orasida Buxoroda tug’ilgan, asosiy malumotni ona 
shah’rida olgan va 1201 yili Samarqand h’okimi Qoraxoniy 
İ
broh’im IV ibn 
Husayn (1178-1204 yy.) saroyiga taklif etilgan. U bu erda kwpgina fozil kishilar, 
jumladan shayx Najmuddin Kubro (1221 yili Urganjda mwg’ullar qirg’ini vaqtida 
h’alok bwlgan) h’amda shayx Majdiddin Bag’dodiy (1216 yili xorazmshoh’ 
Alouddin Muh’ammadning amri bilan qatl etilgan) bilan uchrashgan.
Olim 1205 yildan boshlab Movarounnah’r va Xuroson bwylab kwp sa
ё
h’at 
qilgan, dastlab Niso, Marv, Tus, Hirot va Seistonda bwladi. U Nishopurda h’am 
bwlib, Xurosonning etuk arabiynavis va forsinavis shoirlari bilan yaqindan 
tanishadi. Xullas, olim Xuroson shah’arlari bwylab qilgan sa
ё
h’ati vaqtida bwlajak 
tazkirasi uchun malumotlar twplaydi.
Avfiy mwg’ullar istilosi arafasida Hindiston safariga otlanadi. G’aznaga 
etkanda Chingizxon (1206-1227 yy.) boshliq mwg’ul qwshinlarining Wrta Osi
ё
ga 
bostirib kirgani h’aqida xabar tarqaladi. Olim Xuroson va Movarounnah’rdan 
kelgan qochoqlarga qwshilib Hindistonga jwnaydi va 1222 yili Panjobning Uch 
viloyatiga kelib, bu erning h’okimi Nosiruddin Qabochaning (1205-1227 yy.) 
xizmatiga kiradi. Oradan kwp vaqt wtmay, Avfiy Gujoratga qozi qilib tayinlanadi. 
U 1227 yili Deh’liga kwchib kelib, Sulton Shamsuddin Eltutmishning
28
xizmatiga 
kiradi va umrining oxirigacha shu erda kun kechiradi. 
Nuriddin Muh’ammad Avfiy Uchda turgan vaqtida wzining “Lubob ul-
albob” nomli tazkirasini 
ё
zdi, Gujoratda esa arabiynavis olim qozi Muh’sin 
Tanuh’iyning (940-994 yy.) “Al-faraj bad ash-shiddat” (“Ofatdan swnggi 
28
Шамсуддин
Элтутмиш
(1211-1236 
йй
.) –
Х
111 
асрда
Шимолий
Ҳиндистонни
идора
қилган
Муъиззийлар
сулоласидан
.


81
ovunish”, 984 yili 
ё
zilgan) nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qildi. 
“Javomi ul-h’ikoyat va lavomi ar-rivoyat” (“Hikoyatlar majmuasi va rivoyatlar 
shulasi”) asarini h’am wsha erda 
ё
za boshladi. 
“Lubob ul-albob” tazkira bwlib, unda Wzbekiston, Xuroson, 
İ
roq, 
Ozarbayjon, G’azna h’amda G’arbiy Hindistonda X-XII asrlarda yashab ijod etgan 
299 shoir va adib h’aqida umumiy malumot beriladi. Asar Uch viloyatining 
h’okimi Raziuddin Abubakrning topshirig’i bilan 
ё
zilgan. 
“Lubob ul-albob”ning forsiy matni 1903 va 1906 yillari E.Braun va Mirza 
Muh’ammad Qazviniy tarafidan chop etilgan. 
Avfiyning ikkinchi muh’im asari “Javomi ul-h’ikoyat” bwlib, 1227-1236 
yillari orasida 
ё
zilgan. Asar twrt qismdan, h’ar bir qism esa 25 bobdan iborat. 
Unda Hinliston, Eron, Wrta Osi
ё
va Wzbekistonning ijtimoiy-si
ё
siy va madaniy 
h’a
ё
tiga oid 2113 ta tarixiy latifadan iborat. Biz uchun uning ayniqsa twrtinchi 
qismi aloh’ida qimmat kasb etadi. Bu qismda Wrta Osi
ё
ning qadimiy turkiy 
xalqlari va Buxoro sadrlari h’aqida muh’im malumotlar bor. 
“Javomi ul-h’ikoyat” chop qilinmagan, ayrim qismlari 
İ
.Nizomutdinov va 
T.Fayziev tomonidan wzbek tiliga tarjima qilingan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə