Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109

 
60
bwlgan. Olim Eron va Wzbekistonning taliy shah’arlari Jurjon, Marv, G’azni, 
Buxoro, Xorazmda turgan va ularning madaniy h’amda ijtimoiy-siёsiy h’aёti bilan 
yaqindan tanish bwlib, 1038 yili Nishoparda vafot etgan. 
As-Saolibiy ellikka yaqin asar ёzgan bwlib, Wzbekiston xalqlarining X-X1 
asrdagi tarixi va madaniy h’aёtini wrganishda ”Yatimat ad-dah’r” h’amda “Kitob 
al-g’urar” asarlari aloh’ida ah’amiyat kasb etadi. 
”Yatimat ad-dah’r” (995-1000 yillari ёzilgan) Wzbekiston, xususan Marv va 
Buxoroning X asrdagi adabiy muh’itini wrganishda asosiy manbalardan biridir.     
“Kitob al-g’urar” ёki “G’urar axbor muluk ul-furs va siyaruxum” (“Eron 
podshoh’larining tarixi va ularning h’aёti”) nomli asar G’aznaviylarning 
Xurosondagi noibi Abu Muzaffar Nasr ibn Nosuriddin (1020 yili vafot etgan)ning 
topshirig’i bilan ёzilgan muh’im tarixiy asardir.   
”Yatimat ad-dah’r”ning arabcha matni 1883 va 1947 yillarda Bayrut va 
Qoh’irada chop etilgan. Uning Wzbekistonning X asrdagi adabiy muh’itidan baxs 
yurituvchi twrtinchi qismi wzbek tiliga İsmatulla Abdullaev tomonidan tarjima 
qilinib, 1976 yili Toshkentda chop etilgan. 
 
7. 3.20. ”Mafotix ul-ulum ” 
 
Wz davri qomusi bwlmish bu kitobni Abu Abdulloh’ Muammad al-
Xorazmiy yaratgan. U X asrda wtgan mashh’ur filolog va fan tarixchisidir. Uning 
twla ismi Abu Abdulloh’ Muh’ammad ibn Yusuf Kotibiy al-Xorazmiy bwlib, olim 
Somoniy Nuh’ 11 ibn Mansurning (976-997 y.) vaziri al-Utbiy qwlida dabir bwlib 
xizmat qilgani va asosan Nishopurda istiqomat qilib, fan tarixi h’amda davlat bosh 
idoralari uchun muh’im qwllanma bwlgan “Mafotix ul-ulum” (“İlmlarning 
kalitlari”) nomli muh’im asar ёzib qoldirganligi malum. Ushbu asardan malum 
bwlishicha, Abu Abdulloh’ yunon, surёniy, arab va fors tillarini mukammal bilgan 
keng malumotli kishi bwlgan. 
 
“Mafotix ul-ulum” 976-991 yillar orasida ёzilgan wziga xos izoh’li 
terminologik lug’at bwlib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism olti bobodan 
iborat bwlib, unda shariat bilan bog’liq ilmlar fiqh’, aqidalar, grammatika, idora 
ishlarini yuritish tartibi, sheriyat va tarix tug’risida malumotlar keltirilgan. 
 
İkkinchi qism twqqiz bobdan iborat bwlib, u ajam, yani arab bwlmagan 
xalqlar yunonlar, suriyaliklar, forslar, h’indlar va boshqa xalqlar orasida taraqqiy 
etgan ilmlar – falsafa, mantiq, tibb, arifmetika, h’andasa-geometriya, falakiёt-
astronomiya, mexanika, musiqa va kimiё fanlarini wz ichiga oladi. 
 
Asarda yurtimiz h’aqida, xususan bu erda amalda bwlgan sug’orish 
wlchovlari h’aqida muh’im malumotlar h’am bor. “Mafotix ul-ulum” iomiy 
jamoatchilik, xususan V.V.Bartold, İ.Yu.Krachkrvskiy, S.L.Volin, van Flotenning 
yuksak bah’osiga sazovor bwlgan. Uning arabcha matni 1895 yili van Floten 
tomonidan, ayrim parchalar tarjimasi S.L.Volin tomonidan 1939 yili nashr 
qilingan. Toshkentda bu asarni R.M.Bah’odirov tadqiq etib, maxsus kitob ёzgan. 
 
7. 3.21. “Osor ul-boqiya” 
Ushbu benazir asar ijodkori qomusiy olim Abu Rayh’on Beruniydir (973-
1048). U tabiiy va ijtimoiy fanlar bwyicha 150 dan  ortiq asarlar yaratib, asosan 


 
61
tabiiy fanlar soh’asida ulkan kashfiёtlarga va muvaffaqiyatlarga erishgan bwlsa-da, 
wzining ijtimoiy fan, ayniqsa tarix twg’risidagi chuqur bilimlarini “Osor ul-boqiya 
an al-qurun al-h’oliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar”) h’amda 
“Hindiston”  ёki “Kitab tah’qiq molil-Hind min manqula fi-l-aql va-l-marzuma” 
(“Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan talimotlarining tadqiq etish”) va 
“Kitob ul-musammara fi axbori Xorazm” (“Xorazm h’aqidagi axborotlar h’aqida 
suh’batlar”) nomli asarlari bilan tarix va madaniyat tarixiga katta h’issa qwshdi.  
Ayniqsa, bwlg’usi tarixchilar uchun “Osor ul-boqiya” h’ar tomonlama 
namuna bwladigan qimmatli manbadir. Asar 1000 yili Jurjon shah’rida ёzib 
tamomlangan. Unda qadimgi Wrta Osiё, Yunon, Eron, Hind, nasroniy, yah’udiy va 
boshqa xalqlarning islomiyatgacha bwlgan tarixi, urf-odatlari, bayramlari va 
asosan vaqtni h’isoblash taqvim-xronologiya twg’risida mukammal malumot 
beradi. Ushbu asarning XIV asrda yaratilgan mwtabar qwlёzmasiga nodir rasmoar 
ishlangan va bu noёb sanat obidasi Shotlandiya poytaxti Edinburg shah’ri 
Universiteti kutubxonasida 161 raqam ostida saqlanmoqda. 
“Osor ul-boqiya”ning ruscha va wzbekcha tarjimalari Toshkentda 1957 va 
1968 yillari chop etildi. Kitob Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashh’ur. Biz 
asar twg’risida artiqcha malumotlarni keltirmadik, chunki bizning vazifamiz 
qimmatli  ёzma manbalar twg’risida umumiy tushuncha, bilim va ywnalish 
berishdir. Ushbu kitob twg’risida talabalar mustaqil ish jaraёnida ёki laboratoriya 
ishi jaraёnida chuqurroq va keng bilimga ega bwlishi maqsadga muvofiqdir. 
Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan 
tashqari, yana “Tarixi Xorazm” va “Mashoh’iri Xorazm” (“Xorazmning mashh’ur 
kishilari”) nomlari bilan h’am mashh’ur bwlib, uning ayrim lavh’alari – parchalari 
Abulfazl Bayh’aqiyning 1056 yili ёzib tamomlangan “Tarixi Bayh’aq” va Ёqut 
Hamaviyning “Mwjam ul-buldon” asarlarida saqlanib qolgan. 
Beruniyning “Kitob fi axborot al-mubayyizot val-karomita” (“Oq kiyimlilar 
va karmatlarning xabarlari h’aqida kitob”) asari h’am tarix ilmi uchun aloh’ida 
qiymatga ega. Unda wsha zamonlarda Wrta Osiёda keng tarqalgan ijtimoiy 
h’arakat – karmatlar h’arakati h’aqida diqqatga sazovor malumotlar bor. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Beruniyning asarlarida tarix ilmi uchun 
malumotlar juda kwp uchraydi, ammo ulardan tashqari nomi zikr etilgan asari 
uning katta tarixchi olim, etnograf bwlganligini kwrsatadi. 
 
7. 3.22. “Kitob tajorib ul-ulum” 
“Kitob tajorib ul-ulum” (“Xalqlarning tajribalari h’aqida” nomli ulkan 
mashh’ur asar ijodkori İbn Miskavayxdir. Uning twla nomi Abu Ah’mad ibn 
Muh’ammad ibn Mushkuya (vaf. 1030 y.) bir vaqtlar Buvayh’iylar (932-1062) 
saroyida avval xazinador, swngra vazir bwlib xizmat qilgan. 
“Kitob tajorib ul-ulum” asari olti jilddan iborat bwlib, unda musulmon 
mamlakatlarining qadim zamonlardan 983 yilgacha tarixini wz ichiga oladi. 
Kitobning 1-4- jildlari kompilyatsiya, yani avval wtgan tarixchilar, asosan 
Tabariyning “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asari asosida ёzilgan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə