Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109

 
64
avval bwlib wtgan olimlar Balazuriy, Tabariy, İbn Miskavayx, as-Sulamiy va 
boshqalarning asarlariga tayanib ёzilgan. Lekin bu qismda h’am kwp h’ollarda 
asosiy manbalarda uchramaydigan muh’im va qimmatli malumotlar bor. 
Masalan, 751 yili Talas darёsi bwyida arab va Movarounnah’r qwshinlari 
bilan xitoy armiyasi wrtasida bwlib wtgan jang va unda kwp minglik xitoy 
qwshinining tor-mor etilishi h’aqidagi malumot shular jumlasidandir. 
Undan tashqari, as-Sallomiy va uning muh’im tarixiy asari h’aqida malumot 
İbn al-Asir tufayligina bizgacha etib kelgan. 
Asarning VII-XII jildlari mustaqil, aloh’ida ah’amiyatga ega bwlib, 924-
1231 yillar orasida Sharq mamlakatlarida, shuningdek Movarounnah’rda bwlib 
wtgan voqealarni wz ichiga oladi va asosan kwlёzma manbalar, shuningdek tarixni 
yaxshi bilgan kishilar bergan axborotlar h’amda muallifning shaxsiy kuzatishlari 
davomida twplagan boy va faktik material asosida ёzilgan. 
“Al-komil fi-t-tarix” asarining ayniqsa, mwg’ullar istilosiga bag’ishlangan 
XII jildi aloh’ida qiymatga ega va Movarounnah’r h’amda Sharq mamlakatlarining 
XIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda asosiy manba 
vazifasini wtaydi.  
Kitobning twla matni ikki marta (1851-1876 yillari va 1901 y.) chop etilgan. 
Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.E.Krımskiy tarjima qilganlar.  
Asar Xivada twla ravishda wzbek tiliga Muh’ammad Rah’im soniy (1863-
1910 yy.) davrida Nurillo Muftiy, Muh’ammad Sharif oxund va boshqalar 
tomonidan tarjima qilingan bwlib, Toshkentdagi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik instituti xazinasida wn uchta mwtabar qwlёzmalari saqlanmoqda.    
 
7.3.27. “Vafaёt ul-aёn va anbo anbo uz-zamon” 
1256-1274 yillar orasida ёzilgan “Vafaёt ul-aёn va anbo anbo uz-zamon” 
(“Mashh’ur kishilarning vafoti va zamondoshlari h’aqidagi h’abarlar”)  nomli 
muh’im biografik asar muallifi İbn Xalliqondir (1211-1282 yy.). İbn Xalliqon 
tarixchi-biograf olimdir. Uning twla nomi Ah’mad ibn Muh’ammad ibn 
Shamsuddin Abulabbos al-Barmakiy al-Arbiliydir.  
İbn Xalliqon Suriyaning Xalab (Aleppo) va Damashq shah’arlarida tah’sil 
kwrgan va yana 1238 yili Qoh’iraga borib wz bilimini oshirgan. 1261 yili 
Damashqda qozi kalon, swngra Qoh’iraning “al-Faxriya” va boshqa madrasalarida 
mudarrislik qilgan, ayni vaqtda shah’arning qozi kaloniga noib h’am bwlgan. 
“Vafaёt ul-aёn va anbo anbo uz-zamon” asarida bizning zamonamizgacha 
saqlanmagan kwpgina kwlёzma asarlar va olimning shaxsiy kuzutuvlari natijasida 
twplangan vaktik material asosida ёzilgan bwlib, bu asarda islomiyatdan to 
muallifning zamonigacha wtgan, shuningdek İbn Xalliqon bilan zamondosh 
bwlgan mashh’ur olim va adiblarning tarjimai h’olini wz ichiga olgan muh’im 
malumotlar mavjud. Bular orasida bir talay Wrta Osiёlik adib h’amda olimlar 
nomlari h’am mavjud. 
Mazkur asar XIX asrda Gollandiya, Frantsiya, Misr, Eron h’amda Turkiyada 
chop etilgan. Kitobni de Slen ingliz tiliga tarjima qilib twrt jildda 1842-1871 yillari 
chop ettirgan. 
 


 
65
7.3.28. ”Mwjam ul-buldon” 
Mashh’ur qomusiy asar ”Mwjam ul-buldon” muallifi ajoyib sarguzashtarni 
wz boshidan kechirgan olim, sayёh’ va xattot Ёqut Hamaviydir (1179 y. tug’.). U 
asli Kichik Osiёlik (Rum) qul bwlgan. Otasining ismi kim ekanligini bilmagani 
uchun wzini İbn Abdulloh’ (Tangri qulining wg’li) deb atagan.  Bolalik vaqtida 
asirlar bilan birga Bag’dodga olib kelingan va uni Hama shah’rida (Suriya) Askar 
ibn  İbroh’im al-Hamaviy ismlik savdogar sotib olgan va unga Ёqut deb nom 
bergan. 
 
7.3.29. “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” 
Xalqimizning buyuk wg’loniga bag’ishlangan noёb asar “Sirot us-sulton 
Jaloluddin Menkburni” (“Sulton Jaloluddin Menkburnining tarjimai h’oli”) nomli 
kitobni vatandoshimiz Shih’obuddin Muh’ammad Nisoviy (vaf. 1249 y. Xalab) 
ёzgan. Muarrixning twla ismi Shih’obuddin ibn Ah’mad ibn Ali Muh’ammad 
Nisoviydir. 
Tarixchining otasi Xorazmshoh’larning etiborli amirlaridan biri bwlgan. 
Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qalasining h’okimi edi. Otasi vafot (1220 y.) 
etgach, uning mol-mulki va mansabi wg’liga wtgan. U 1224 yilga qadar Niso 
viloyatining h’okimi Nusratuddin Hamzaning noibi bwlib xizmat qilgan. 
Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) h’amda al-Halqa (Jurjon qishloqlaridan) 
da mwg’ullar  bilan bwlgan janglarda shaxsan ishtirok etgan. Swng Astrobod 
viloyatlaridan Kabud joma (h’ozirgi nomi Hojilar) h’okimi İmom ud-davla 
Nusratuddin Muh’ammad h’uzuriga kelgan va uning ёrdami bilan yana Nisoga 
qaytishiga muvaffaq bwlgan, lekin oradan kwp vaqt wtmay, Nisoda wzaro feodal  
kurash kuchayib ketganligi sababli u İroqqa ketib qoladi va 1224 yili Sulton 
Jaloluddin Menkburnining (1220-1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi (kotib al-
insho) lavozimiga tayinlanadi. Shih’obuddin Muh’ammad Nisoviy bu lavozimda 
1231 yilgacha, yani sultonning wlimiga qadar xizmat qiladi. 
Keyin u Mayofarikin (Diёrbakr viloyatida) h’okimi Ayyubiy al-Malik al-
Muzaffar G’oziyning (1220-1224 y.) xizmatiga kiradi. Biroq oradan kwp vaqt 
wtmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgandan keyin İldegiziylar (1137-1225) 
h’uzurida, swngra 1238 yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qalasiga h’okim etib 
tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) suotoni al-Malik an-Nosir Saloh’iddin Yusuf ibn 
al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi. 
Shih’obuddin Muh’ammad an-Nisoviy Wrta Osiё, Kavkaz, Yaqin va Wrta 
Sharq mamlakatlarining mwg’ul istilosi davridagi (1220-1231 yy.) ijtimoiy-isёsiy 
ah’volidan bah’s yurituvchi “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli 
qimmatli kitob ёzib qoldirgan. Asar 1241 yili Xalabda ёzib tugallangan bwlib, u 
memuar-xotira-ёdnoma tarzida ёzilgan. 
Kitob muqaddima va 108 bobdan iborat. Asarning I-IV boblarida mwg’ul-
tatarlar, Chingizxonning kelib chiqishi, xon bwlib kwtarilishi masalalari ixcham 
tarzda baёn etilgan. 
V-XXII boblar xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning h’aёti va 
faoliyatiga bag’ishlangan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə