Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109

 
70
davrida mwg’ud h’ukmdorlari mah’alliy ah’oli bilan yaqinlashish maqsadida islom 
dinini qabul qildilar. Natijada, 1266 yili xon h’amda bazi mwg’ul urug’lari 
(masalan, jaloiriylar) Ettisuvdan Movarounnah’rga kwchib wtdilar. Bu h’ol wz 
navbatida tarqoqlik va parokandalikka olib keldi. X1U asrning 50-yillariga kelib, 
Chig’atoy ulusi ikkiga ajralib ketdi – Ettisuv va Koshg’arda qolgan mwg’ullar 
mustaqillik elon qilib, wz davlatlarini tuzib oldilar. Bu davlat tarixda Mwg’uliston 
ёki Jete nomi bilan mashh’urdir. 
Mwg’ullar h’ukmronligi yillarida Movarounnah’r xalqi ikki tomonlama – 
mwg’ul h’ukmdorlari dorug’alar, bosqoqlar h’amda mah’alliy er egalari zulmi 
ostida qoldi. Ular asosiy daromad solig’i xirojdan tashqari talaygina boshqa soliq 
va jarimalar –dorug’agi, sar shumor, ulufa, tamg’a, qupchur yasog’i, tag’or, bigor 
va boshqalarni twlashga majbur etilgan edilar. 
Og’ir chorakorlik meh’nati, mwg’ul h’ukmdorlarining beboshligi 
meh’natkash xalqning sabr kosasini twldirdi. Buxoro viloyatining xalqi kosib 
Mah’mud Tarobiy va iloh’iёt olimi Shamsuddin Mah’bubiylarning atrofiga 
uyushib, 1238 yili qwzg’olon kwtardi, lekin qwzg’olon boshqa shah’ar va 
viloyatlarga ёyilmadi. Natijada Buxorodagi qwzg’olon Ettisuv va Xwjanddan İldiz 
nwёn h’amda Chuqan qurchi boshchiligida yuborilgan mwg’ul qwshini tomonidan 
bostirildi. 
XIV asr ikkinchi yarmiga kelib Chig’atoy ulusining janubiy-g’arbiy qismini 
tashkil etgan Movarounnah’rda siёsiy tarqoqlik  yanada kuchaydi. Bu ayniqsa amir 
ul-umaro Qazag’on vafotidan (1358 yili) keyin kuchayib, mamlakat mayda 
qismlarga bwlinib ketdi. Masalan, Shah’risabzda Xoji barlos mustaqillik 
bayrog’ini kwtardi. Xwjandda Boyazid jaloir mustaqillik elon qildi. Balxda Amir 
Xusayn xon kwtarildi, Shibirg’onni Muh’ammad Apardi egalladi. Xuttalonda 
Kayxusrav wzini podshoh’ deb elon qildi. Badah’shon mah’alliy h’ukmdorlar – 
Badaxshon shoh’lari qwliga wtdi.  
Feodal tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan 
foydalandi va 1370 yili oliy h’okimiyatni qwlga oddi. 1370-1378 yillari u 
mamlakatdagi tarqoqlikni tugatib, Movarounnah’r va Xorazmni wziga 
bwysundirdi. 1381-1402 yillari Amir Temur qwshni mamlakatlar ustiga h’arbiy 
yurish qilib, Eron, Kavkaz orti, İroq, Kichik Osiё va Shimoliy Hindistonni istilo 
qildi, Oltin Wrda xoni Twxtamishga (1376-1395- yy.) qaqshatich zarba berib, uni 
poytaxti Saroy Berkani egalladi. 
Amir Temur va Temuriylar davlati mayda uluslarga bwlingan h’olda idora 
qilindi. Masalan, Amir Temur saltanati twrt qismga bwlingan edi: Xuroson, Jurjon, 
Mozandaron va Seiston (markazi Hirot shah’ri) Shoh’ruxga; G’arbiy Eron, 
Ozarbayjon,  İroq va Armaniston (markazi Tabriz), Mironshoh’ga; Fors, yani 
Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz), Mironshoh’ga; Fors, yani Eronning 
janubiy qismi (markazi Sheroz), Umarshayxga; Afg’oniston va Shimoliy Hindiston 
(markazi G’azni, keyinchalik Balx), Pirmuh’ammadga suyurg’ol (shah’zoda 
amirlarga toju taxt oldidagi katta xizmatlari uchun shartli tarzda inom qilingan er-
suv va uni idora qilish h’uquqi berilgan edi. 
Amir Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin 1409 yilgacha wzaro 
kurash davom etdi. Shoh’ruh’ Mirzo (1409-1447- yy.), Mirzo Ulug’bek (1409-


 
71
1449- yy.), Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469 yy.), Sulton Husayn Mirzo (1459-
1506- yy.) davrida davlat nisbatan markazlashgan edi va xalqaro obrwga h’am ega 
edi.  
XV asrning 80- yillaridan boshlab, wzaro h’amjih’atlik juda susaydi. 
Movaronnah’rning bir wzida deyarli uchta mustaqil davlat bwlib, ularda Sulton 
Abu Said Mirzoning wg’illari Sulton Ah’mad Mirzo Samarqandda, Umarshayx 
Mirzo Farg’onada va Sulton Mah’mud Mirzo Hisor, Xuttalon h’amda 
Badaxshonda h’okimi mutlaq h’isoblanar edilar.   
Amir Temur va Temuriylar davrida h’am er-suv h’amda h’uearmandchilik 
korxonalarining katta qismi podshoh’ xonadoni va badavlat kishilar qwlida bwlib
meh’natkash xalq ularning erini ijaraga olib kun kechirar edi. Ular xiroj, dorug’agi, 
mirobona, jon solig’i, avorizot, boj, tamg’a, zakot, peshkash, sovari kabi soliq va 
jarima twlashga, h’ukumat va katta er egalarining turli-tuman yumushlarini 
bajarishar edilar. 
Amir Temur davrida davlat tepasida rasman Chingiz avlodidan bwlgan 
Suyurg’atmish (1370-1380- yy.) va Sulton Mah’mudxon (1380-1402- yy.) turdi, 
lekin amalda butun h’okimiyat Amir Temur qwlida edi. Keyincha xon kwtarish 
tartibi bekor qilindi va oliy h’ukmdor wzini podshoh’ deb elon qildilar. Viloyat va 
tumanlarda h’okimiyat markaziy  h’ukumat tarafidan tayinlangan dorug’alar 
qwlida bwldi. Davlat ishlari asosan turli muassasa – devonlar, devoni oliy – 
markaziy ijroiya organi, devoni mol – moliya ishlari mah’kamasi va devoni 
tavochi - h’arbiy ishlar mah’kamasi va boshqalar qwlida bwlgan. Din, shariat bilan 
bog’liq ishlar qozi va shayxulislom qwlida edi. 
Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnah’rdagi Samarqand
Shah’risabz, Buxoro kabi shah’arlar iqtisodiy va madaniy jih’atdan wsdi, 
h’unarmandchilik va savdo sotiq rivoj topti. Movarounnah’rining Xitoy, Hindiston, 
Arabiston mamlakatlari, Mwg’uliston, Oltin Wrda va Evropa mamlakatlari bilan 
iqtisodiy va madaniy aloqalar kengaydi. Bu davrda ilm-fan va madaniyat 
rivojlandi. Bu davrda Nizomiddin Shomiy va Hofizi Abru, Sharafuddin  Ali 
Yazdiy va Abdurazzoq Samarqandiy, Muh’ammad Mirxond va G’iёsiddin 
Xondamir kabi muarrix olimlarni, Alisher Navoiy va Abdurah’mon Jomiy, Bisotiy 
Samarqandiy va Xoja İsmatulla Buxoriy, Shayx Ah’mad Suh’ayliy va Kamoluddin 
Binoiy kabi juda kwp istedodli shoir va olimlarni etishtirdi.  
 
 
8.2. Huquqiy h’ujjatlar va ёzishmalar 
 
Xoja Ah’rorga tegishli vasiqa va vaqfnomalar. Bu turdagi h’ujjatlar kwp va 
ular arxiv va muzeylarning fondlaridan, shuningdek qwlёzma kitoblar saqlanaёtgan 
kutubxonalardan topish mumkin. Yirik sharqshunos olima O.D.Chexovich (1912-
1982- yy.) Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik 
instituti va Wzbekiston Respublikasi Davlat arxivi fondlarida saqlanaёtgan vasiqa 
va vaqfnomalar fondini kwp yillar davomida qunt bilan wrgandi va ular ichida 
Xoja Ubaydulla Ah’rorga tegishlilarini ajratib olib, matni va ruscha tarjimasi, va 
maxsus tadqiqot bilan birga qwshib 1974 yili “Samarkandskie dokumentı XV-XVI 
vekov” nomi bilan nashr etdi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə