Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109

 
74
Tarixchi Samoniyning malumotiga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax 
(h’ozirgi Vobkent ёnida) qishlog’idan. Narshaxiy wz asarini 944 yili ёzib 
tugallagan. 
“Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy ёzgan arab tilidagi asli saqlanib 
qolmagan. Asar 1128 yili farg’onalik (Quva shah’ridan) Abunasr Ah’mad ibn 
Muh’ammad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk bor qisqartirilib forsiy tilga tarjima 
qilingan. Oradan taxminan 50 yil wtgach, 1178 yili kotib Muh’ammad ibn Zufar 
ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta tah’rir etildi. 
Shuni h’am kwrsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha etib 
kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi voqealar baёni uning tarkibiga kiritib 
yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta nomalum 
muh’arrir tomonidan twldirilgan kwrinadi. 
“Buxoro tarixi” Wzbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu erda 
islom dinining tarqatilishi h’amda mamlakatning Somoniylar h’ukmronligi 
yillaridagi tarixini baёn etadigan noёb manbadir.  
Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va 
Teh’ronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va wzbek tillariga (1897, 1954, 1966 
yillari) tarjima qilingan. 
8.3.4.“Hudud ul-olam” 
“Hudud ul-olam” fors tilida ёzilgan (982 y.) birinchi jug’rofiy xarakterdagi 
asardir. Kitobning twla nomi “Hudud al-olam min Mashriq ila-l Mag’rib”dir( 
“Sharqdan G’arbga qarab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”). Asar muallifi 
nomalum. U Guznono (Afg’onistonning sharqi-shimoliy qismida joylashgan 
qadimiy viloyat) h’okimlaridan (Farug’iniylar) biriga atab ёzilgan. Kitobning 
yagona qwlёzma nusxasi sharqshunos A.G.Tumanskiy (1861-1920 yy.) tomonidan 
1892 yili Buxoroda topilgan. 
“Hudud ul-olam” asari muqaddima va 59 bobdan iborat. Uning 1-7 
boblarida erning tuzilishi, dengizlar, orollar, tog’lar, darёlar, chwlu biёbonlar 
h’amda dunёning inson yashaydigan twrtdan bir qismi – rubi maskun va unda 
istiqlmat qiluvchi xalqlar, rubi maskunning mamlakat h’amda viloyatlariga 
taqsimlanishi h’aqida umumiy muloh’aza yuritiladi. 
8-59- boblarida sharqdan  g’arbga qarab joylashgan mamlakatlar, ularni 
xalqi, wsha mamlakatlarda ishlab chiqariladigan asosiy matolar, ayrim wrinlarda 
esa savdo-sotiqning umumiy ah’voli xususida swz boradi. 
“Hudud ul-olam” asarida Wzbekistonning shah’arlari, ah’olisi va ularning 
mashg’uloti h’aqida qimmatli malumotlarni uchratamiz. 
Asarning matni aynan (fotomatni) faksimilesi, kirish va zarur izoh’lar bilan 
birga, 1930 yili V.V.Bartold tarafidan, inglizcha tarjimasi esa (tadqiqot va izoh’lar 
bilan birga) 1937 yili V.F.Minorskiy tarafidan nashr etilgan. Uning forscha matni 
ikki marta (M.Sotude va sayyid Jaloluddin Teh’roniy tarafidan) Eronda chop 
etilgan. 1983 yili asarning tojikcha nashri amalga oshirilgan. 
Ushbu kitob fors tilidagi ilk tarixiy-jug’rofiy manba sifatida juda qimmatli 
asar h’isoblanadi. 
8.3.5. “Siёsatnoma” 


 
75
Bu mashh’ur asar muallifi Nizomulmulk laqabini olgan Saljuqiylar davlatida vazir 
sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu 
Ali al-Hasan ibn Ali ibn İsh’oq at-Tusiy (1018-1092 yy.) bwlib, Saljuqiy 
h’ukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073) h’amda Sulton Malikshoh’ I larning 
bosh vaziri bwlgan va bu davlatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan. U 
saltanatdagi tarqoqlikka barh’am berish, markaziy davlat tuzumini 
mustah’kamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun h’arakat 
qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, yani Nizomulmulk 
nomi berilgan. Nizomulmulk Bag’dodda “Nizomiya” atalmish musulmon h’uquq-
aqoid maktabiga asos solgan. 
 “Siёsatnoma” asarining boshqa nomi ”Ciyar al-muluk” (“Podshoh’larning 
turmushi”)dir. Kitob 1092 yili ёzib tugallangan. U 51 bobdan iborat bwlib, unda 
davlat tizimi, moliyaviy h’isob-kitob ishlari, qwshin tuzulishi, mansablar va ularga 
amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyati muammolari xususida fikr 
yuritiladi. 
 
Asarda Wzbekiston tarixiga oid muh’im va qimmatli malumotlar bor. 
Somoniylar zamonida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida 
tutgan wrni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning 
maishiy ah’voli, Somoniylar xizmatida bwlgan amirlar unvonlari, Xorazmshoh’ 
Oltintosh (1017-1032) bilan Sulton Mah’mud G’aznaviyning  vaziri Ah’mad ibn 
Hasan wrtasidagi ёzishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, 
karmatlar, botiniylar h’arakati, Muqanna qwzg’oloni h’aqida h’am ayrim diqqatga 
sazovor malumotlar mavjud.  
 “Siёsatnoma”ning forschasi 1931, 1956 yillari, frantsuzchasi 1893 yili, 
inglizchasi 1960 yili h’amda ruschasi 1949 yili B. D. Zaxoder tomonidan chop 
qilingan. Kitob wzbek tiliga h’am tarjima qilingan. 
 
8.3.6. “Chor maqola” 
“Chor maqola” nomi bilan mashh’ur bwlgan bu qiziqarli asar muallifi 
Nizomiy Aruziy Samarqandiydir. Uning wz ismi Najmuddin Ah’mad ibn Umar 
ibn ali bwlib, asli Samarqandlikdir. Otasi bir vaqtlar Saljuqiy Alp Arslon xizmatida 
bwlgan. Bwlg’usi olim IX asrning 90- yillarida tug’ilgan, 1116-1119 yillari Sulton 
Sanjar (1118-1157) saroyida Nishopurda h’aёt kechirdi, swngra Gur va Bomiёnda 
(Afg’onistonning markaziy qismida joylashgan viloyatlar) h’ukm surgan 
Shansabiylar xizmatiga kirdi va umrining oxirigacha wsha erda yashadi. 
“Chor maqola” ilmiy, etnik-didaktik mavzuda ёzilgan asar bwlib, “Majma 
ul-g’aroyib” (“Ajoyibotlar majmuasi”) nomi bilan h’am ataladi. Asar 1156-1157 
yillari bitilgan bwlib, twrt qismdan iborat: 
3.  Dabir (kotib)lar va dabirlik h’aqida; 
4.  Sheriyat ilmi va shoirlarning qadr-qiymati h’aqida; 
5.  Cayёralar h’aqidagi ilm va munajjimlik h’aqida; 
6.  Tibb (meditsina) va tabiblik xususidadir.   
Birinchi  qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar wrtasidagi 1141 yilning 9 
sentyabrida Samarqand atrofida bwlgan urush, Qoraxitoylar bilan Xorazm, 
shuningdek, Sulton Mah’mud G’aznaviy bilan Movarounnah’r h’ukmdori 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə