Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109

 
78
istilochilari tomonidan  bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori 
atiqalari h’aqida malumot keltirilgan. 
 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning arabcha asl nusxasi bizgacha etib 
kelmagan. Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muh’ammad ibn Abdujalil ibn 
Abdumalik ibn Haydar as-Samarqandiy (XII asr) ushbu asarning qisqartirilgan 
forscha tah’ririni yaratgan. V.V.Bartoldning fikricha (Asarlar, VIII jild,- M.: 1973, 
257 bet) Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy asarning forscha tah’ririga 
Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy al-İdrisiyning (1015 yili vafot etgan) 
“Kitob komil al-marifat ar-rijol” (“Mashh’ur kishilarni tanish h’aqida mukammal 
kitob”) nomli asaridan am ayrim parchalarni olib kiritgan. 
 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning XV asr oxiri XVI asr boshlarida 
Said Ah’mad ibn Mir Vali qalamiga mansub forscha tah’riri h’am bor. “Qandiyayi 
xurd” (“Kichik qandiya”) nomi bilan mashh’ur bwlgan bu asarning qwlёzma 
nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Dushanbe shah’arlarida h’amda 
Germaniya, Hindiston va Saudiya Arabistoni kutubxonalarida saqlanmoqda. 
 
“Qandiyayi xurd” bir necha marta toshbosma usulida Samarqand (1909 y.), 
Toshkent va Teh’ronda (1955 y.) chop etilgan; bir qismi V.L.Vyatkin (1869-1932 
yy.) tarafidan rus tiliga tarjima qilingan va 1906 yili nashr etilgan. 
 
8.3.10. “Tarixi Muborakshoh’” 
 
“Tarixi Muborakshoh’” (“Muborakshoh’ tarixi”) asarining muallifi 
Faxriddin Muborakshoh’ Mavarrudiy bwlib, u XII asrning ikkinchi yarmi va X111 
asrning boshlarida yashagan yirik tarixchi olimdir. Tarixchining twla ismi 
Faxriddin Muborakshoh’ ёki Faxri mudir nomi bilan mashh’ur bwlgan ekan. 
Faxriddin Muborakshoh’ wz asarining debochasida, shuningdek, İbn Al-Asir 
va “Haft iqlim” muallifining keltirgan malumotlarga qaraganda, otasi h’am, wzi 
h’am G’uriylardan
25
 Shah’obiddin (ёki Muizziddin) Muh’ammad (1173-1206) 
h’amda G’iёsuddin Mah’mud (1206-1212) saroyida xizmat qilgan va wz 
zamonasining keng malumotli kishilaridan h’isoblangan.  
Faxriddin Muborakshoh’ 1206 yili wzining mashh’ur “Tarixi 
Muborakshoh’” asarini ёzib tamomladi va Loh’urda G’iёsuddin Mah’mudga 
taqdim etib, uning etiborini qozongan. Asar, muallifning swzlariga qaraganda, 13 
yil ichida tamomlangan.  
“Tarixi Muborakshoh’” asari 136 qism (shajara)dan iborat bwlib, unda 
Muh’ammad pag’ambar, xulafoyi Roshidin (Abubakr, Umar, Usmon, Ali), 
ansorlar
26
, muh’ojir sah’obalar
27
, G’assaniylar, yani Suriya h’ukmdorlari, Yaman 
podshoh’lari, joh’iliyat zamonida, yani islomiyatdan avval wtgan shoirlar, 
sah’oyuadar orasidan chiqqan shoirlar, Ajam podshoh’lari (Peshdodiylar, 
Kaёniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar), Umaviylar, Abbosiylar, Toh’iriylar, 
Safforiylar, Somoniylar, G’aznaviylar va nih’oyat G’uriylar tarixi baёn etilgan. 
                                                 
25
  Ғурийлар – 1000-1215 йиллари  Хуросоннинг  шарқий  қисми,  Афғонистон  ва  Шимолий  Ҳиндистонда 
ҳукмронлик қилган сулола.
 
26
 Ансорлар – ёрдамчи, сафдош; Муҳаммад пайғамбар 622 йили Маккадан Мадинага кўчиб кетишга мажбур 
бўлганида уни қўллаб қувватлаган Авс ва Ҳазраж қабилаларининг аъзолари.
 
27
 Саҳоба - ҳамроҳлар, дўстлар. Муҳаммад пайғамбарнинг ҳамроҳлари, яқин дўстлари.
 


 
79
Ushbu asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Turkistonning sarh’adlari 
va Turkistonda ishlab chiqaraladigan mol va matolar, ularning h’orijiy 
mamlakatlarda etibor qlzongan navlari, turk qabilalari va urug’lari, ularning tili va 
madaniyati, ёzuvlari, urf-odatlari h’aqida boy daliliy malumotlar keltirilgan. 
“Tarixi Muborakshoh’” asarining yagona mwtabar qwlёzmasi Angliyaning 
Oksford shah’ridagi Bodli kutubxonasida saqlanmoqda. Kitobning G’uriylar va 
turkiy xalqlar tarixiga oid qismi matnini ingliz sharqshunosi Denison Ross 1927 
yili chop qilgan.  
 
8.3.11. “Tarixi Masudiy” 
Ananaviy tarixiy asarlardan yaqqol ajralib turadigan “Tarixi Masudiy” 
(“Masud tarixi”) asarning  muallifi Abulfazl Muh’ammad ibn al-Husayn al-kotib 
al-Bayh’aqiydir (995-1077). U Nishopur viloyatiga qarashli Harisobod qishlog’ida 
badavlat mansabdor oilada tug’ilgan, asosan Nishopur shah’rida talim olib, 
balog’atga etgan.  
Abulfazl Bayh’aqiy taxminan 1021 yili G’aznaviylar davlatining devoni 
rasoili - xorijiy mamlakatlar bilan aloqa yurituvchi mah’kamaga dabirlik 
mansabiga qabul qilindi va vazir Abu Nasr Mishkon rah’barligida 19 yil ysha 
mansabda xizmat qildi. Abu Nasr Mishkon vafotidan swng 1039 yili Abulfazl 
Bayh’aqiy uning wrniga devon boshlig’i etib tayinlandi. 1041 yili Sulton Masud 
wldirilgandan swng u saroy xizmatidan chetlatildi va faqat Sulton Abdurashid 
1050 yili h’okimiyat tepasiga kelgach, yana wz wrniga tiklandi. Abulfazl 
Bayh’aqiy bu lavozimda 1059 yilgacha, yani Sulton Farruh’zod (1053-1059 yy.) 
saltanatining oxirigacha  davlat xizmatida bwldi, keyin istefoga chiqib, ilmiy ish 
bilan mashg’ul bwldi. U 1077 yili vafot etgan. 
Abulfazl Bayh’aqiy “Ziynat ul-kitob” (“Kitoblar ziynati”), “Tarixi oli 
Mah’mud” (“Mah’mud xonadonining tarixi”) ёki “Jomi fi tarixi oli Sabuqtegin”      
(“Sabuktegin xonadoni tarixidan h’ikoyalar majmuasi”) nomli asarlari bilan 
mashh’ur. “Tarixi Bayh’aq” (“Bayh’aq (viloyati) tarixi”) asar muallifi Abulh’asan 
Ali Bayh’aqiy, XII asrning ikkinchi yarmida wtgan va kwpincha ibn Funduq nomi 
bilan mashh’ur bwlgan olimning maoumotiga qaraganda, Abulfazl Bayh’aqiyning 
“Tarixi oli Mah’mud” asari wttiz jilddan iborat bwlgan. Lekin bu ulkan asarning 
faqat oltinchi jildining ikkinchi qismi, 7, 8, 9 jildlari h’amda 10-jildining bir qismi 
etib kelgan, xalos. Bu qismlar Sulton Masud (1030-1041 yy.) davri tarixini wz 
ichiga oladi va “Tarixi Masudiy” nomi bilan malum va mashh’ur.   
“Tarixi Masudiy” asarida boshqa tarixiy kitoblardan farqli muallif wzi 
kwrgan va ishonchli kishidardan aniqlagan malumotlarni, shuningdek, h’ukumat 
mah’kamalarida saqlangan rasmiy h’ujjatlar asosida h’amda maishiy tafsilotlarga 
h’am aloh’ida etibor berilgan. 
Bu xususiyat asarning daliliy malumotlarga boyligi, voqealarning keng va 
atroflicha baёn etilishi va nih’oyati zwr badiiy mah’orat bilan ёzilganligi, uning 
boshqa tarixiy asarlardan aloh’ida ajratib turadi.  
Kitobda asosan Sulton Masud davri G’aznaviylar saltanati ixtimoiy-siёsiy 
ah’voliga keng wrin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Somoniylar, 
Saljuqiylar tarixiga oid muh’im malumotlar h’am bor. Ayniqsa, G’aznaviylar bilan 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə