Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109

 
84
Abu Saidxon (1317-1335 yy.) Rashiduddinni saroydan chetlashtirdi. Oradan bir yil 
wtgach, u Wljoytuxonni zah’arlab wldirishda ayblanib, 1318 yilning 18 iyulida 
qatl etildi, barcha mol-mulki musodara qilindi. Wshanda uning Tabrizdagi 600 000 
jild kitobga ega boy kutubxonasi h’am talon-taroj qilindi. 
Rashiduddin tarixda wzining yirik asarlari bilan h’am nom qoldirdi. İloh’iёt 
ilmining ayrim masalalariga bag’ishlangan “Al-majmuot ar-Rashidiya” 
(“Rashiduddinning majmualari”), tabiёtga oid “Al-osor va-l-ih’ya”(“Tirik 
narsalarning qoldiqlari”), “Baёn al-h’aqoiq” (“Haqiqatlar baёni”), qurilish 
masalalariga bag’ishlangan “Asila va ajiba”(“Ajib  va asil narsalar”) va nih’oyat, 
jah’on tarixini wx ichiga olgan “Jome ut-tavorix” uning qalamiga mansub asarlar 
jumlasidandir. 
Olimning bizning zamonamizgacha twla etib kelgan birdan-bir asari ana shu 
“Jome ut-tavorix” bwlib, u wrta asr tarixnavisligining wziga xos noёb asari 
h’isoblanadi. Bu kitob wrta asr Sharq tarixchiligida yangi ananani boshlab bergan 
asar. Unda umumiy tarix sifatida musulmon mamlakatlari tarixi bilan birga, G’arb 
mamlakatlari, Xitoy h’amda Hindiston tarixini h’am ёritishga intilgan, Sharq 
mamlakatlari tarixini umum jah’on tarixining bir qismi, deb h’isoblangan. 
“Jome ut-tavorix” asari 1301-1311 yillari orasida G’ozonxonning topshirig’i 
bilan ёzilgan. Asar uch qismdan iborat: 1) mwg’ullar va ular asos solgan davlatlar 
Ulug’ yurt yani Mwg’uliston, Elxoniylar davlati h’amda mwg’ullar asoratiga 
tushib qolgan mamlakatlar, Shimoliy Xitoy, Urta Osiё va Yaqin h’amda Wrta 
Sharq mamlakatlari xalqlarining mwg’ul istolchisigacha bwlgan qisqacha tarixi; 2) 
Sharq mamlakatlari xalqlarining islomiёtdan avvalgi tarixi, Arab xalifaligi va 
uning tarkibida tashkil topgan G’aznaviylar imperiyasi, Saljuqiylar davlati, 
Xorazmshoh’lar davlati tarixi; Xitoy, qadimgi yah’udiylar, franklar, Rim 
imperiyasi va Hindiston tarixi; 3) Er kurrasi h’amda etti iqlim mamlakatlarining 
geografik h’olati. Afsuski, asarning swnggi, uchinchi qismi saqlanmagan. 
Qwlёzma 1318 yili Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj qilingan 
vaqtlarda ywqolgan bwlishi mumkin. 
Mazkur asar, ayniqsa uning turk va mwg’ul xalqlarining Chingizxonga 
qadar kechgan tarixi Mah’mud Koshg’ariy va Alouddin Otamalik Juvayniy 
asarlari, Elxoniylar kutubxonasida saqlanaёtgan   “Oltin daftar”, Chingizxon va 
uning ota-bobolari tarixi, shuningdek, turk-mwg’ul xalqlari tarixi va irvoyatlarini 
yaxshi bilgan kishilar, Pwlod, Chjen-syan, G’ozonxon va boshqalarning og’zaki 
axborotlari, G’arb mamlakatlari, Xitoy va Hindiston xalqlari tarixiga oid qismlari 
wsha vaqtlarda Eronga kelib qolgan frantsiyalik ikki katolik roh’ib, ikki xitoylik 
olim va kashmirlik roh’ibning ishtirokida ёzilgan. Twplangan malumotlarni 
tartibga solish ishlarini muallifning ёrdamchilari Abdulla Koshoniy h’amda 
Ah’mad Buxoriylar bajarganlar.      
 
“Jome ut-tavorix” asarining ayniqsa turk-mwg’ul xalqlari tarixini wz ichiga 
olgan qismi Markaziy Osiё xalqlari tarixini wrganishda katta ah’amiyatga ega. 
Kitobning Wrta Osiё, Eron va Kavkaz orti xalqlarining XIII asr boshlaridagi 
ijtimoiy-siёsiy h’aёtiga oid qismlari h’am benih’oyatda qimmatlidir. 
 
Asarning ayrim qismlari Katrmer (1836 y.), E.Bloshe (1911 y.), K.Yan 
(1941 y.), İ.N.Berezin (1858-1888 yy.) tarafidan rus, frantsuz h’amda nemis 


 
85
tillariga tarjima qilingan va forscha matni, swz boshi bilan chop qilingan. Uning 
wzbek tiliga qilingan ikkita tarjimasi bor. Ulardan biri Shayboniylardan 
Kwchkinchixonning (1510-1530 yy.) topshirig’i bilan Muh’ammad Ali ibn 
Darvish Ali Buxoriy tomonidan qilingan va muqaddima va uch jilddan iborat. Bu 
tarjimaning noёb qwlёzmasi Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 
Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida 2 tartib raqami 
ostida saqlanmoqda. İkkinchi tarjima esa 1556 yili Niso shah’rida Solur bob ibn 
Qul Ali tarafidan Urganch h’okimi Ali Sultonning (1572 yili vafot etgan) buyrug’i 
bilan bajarilgan bwlib, uning qwlёzma nusxasi Ashgabadda Turkmaniston Fanlar 
Akademiyasining Til va adabiёt institutida saqlanadi. 
 
“Jome ut-tavorix” asarining twla ruscha tarjimasi 7 nafar mwtabar 
qwlёzmalar asosida 1946-1960 yillari Sankt-Peterburgda amalga oshirilgan. 
 
8.3.17. “Tarixi guzida” 
“Tarixi guzida” (“Saylangan tarix”) asari muallifi Hamdulloh’ Qazviniy 
bwlib, u XIII asr swnggi choragi va XIV asrning birinchi yarmida yashab wtgan 
yirik geograf va tarixshunos olimdir. Uning twla ismi Hamdulloh’ ibn Abubakr ibn 
Ah’mad ibn Nasr Mustavfiy Qazviniy bwlib, kelib chiqishi bwyicha arab va 1281 
yili Eron Ozarbayjonining Qazvin shah’rida tug’ilgan.  
Hamdulloh’ Qazviniy Rashiduddin davrida Qazvin, Abh’ar va Zanjon 
viloyatlarining moliya ishlarini boshqargan. Rashiduddin qatl etilgandan swng, 
uning wg’li G’iёsuddin Muh’ammad (1327-1336 yillari Elxoniy Abu Saidning 
vaziri bwlgan)ning xizmatida bwlgan. Tarixchi 1350 yili vafot etgan. 
Hamdulloh’ Qazviniy “Zafarnoma”, “Tarixi guzida” h’amda “Nuzh’at ul-
qulub” nomli asarlar muallifidir. 
“Tarixi guzida” umumiy tarix ywnalishida ёzilgan asar bwlib, unda qadim 
zamonlardan to 1330 yilgacha Eron va qisman, Urta Osiёda bwlib wtgan voqealar 
baёn etilgan. Hamdulloh’ Qazviniy vafotidan keyin wg’li Zaynuddin tomonidan 
asar davom ettirilgan va unga 1392 yilgacha Eronda bwlib wtgan voqealar 
qwshilgan. Kitobning asosiy qismi xoji G’iёsuddin Muh’ammadga bag’ishlangan. 
Asar muqaddima-fotih’a va olti bobdan iborat: 1) payg’ambarlar va avliёlar; 2) 
islomiyatdan avval wtgan Eron podshoh’lari; 3) Muh’ammad payg’ambar, xaoifayi 
Roshidin, Umaviylar va Abbosiylar tarixi; 4) Abbosiylar davrida Eron, 
Afg’oniston va Wrta Osiёda h’ukmronlik qilgan Safforiylar, Somoniylar
G’aznaviylar, G’uriylar, Daylamiylar, Saljuqiylar, Xorazmshoh’lar, mwg’ullar va 
boshqa sulolalar tarixi; 5) islomiyat davrida wtgan shayxlar, olimlar va shoirlar; 6) 
Qazvin shah’rining tarixi. 
“Tarixi guzida” Eron, Wrta Osiё h’amda Wzbekistonning XIII-XIV asrning 
birinchi yarmidagi tarixini wrganishda muh’im ah’amiyat kasb etadi. 
Kitob 1910 yili ingliz sharqshunosi E.Braun tarfidan matn va qisqartirilgan 
inglizcha tarjimasini h’amda 1960 yili Abdulh’usayn Navoiy asar matnini nashr 
qilgan. 
8.3.18. “Ravzat uli-l-albob” 
“Ravzat uli-l-albob” ёki “Ravzat uli-l-albob fi tavorih’al-akobir va-l-ansob” 
(“Akobir va asil (kishilar) tarixi xususida oqillar bog’i”) nomli asarning ijodkori 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə