Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109

 
86
Faxruddin Abu Sulaymon Dovud ibn Abulfazl Muh’ammad Banokatiy (1330 yili 
vafot etgan) bwlib, u XIII asrning II- yarmi va XIV asr I- yarmining birinchi 
choragida wtgan shoir va yirik tarixchi olimdir. U kwproq Banokatiy nomi bilan 
mashh’ur. 
Banokat eski Toshkent shah’ar nomlaridan biri bwlib, u İloq, yani 
Oh’angaron darёsining Sirdarё bilan qwshilish joyi yaqinida joylashgan qadimiy 
shah’ar, 1392 yilidan boshlab Shoh’ruh’iya nomi bilan atalgan. Tarixchi mana shu 
shah’arda tug’ilgan. Elxon G’ozonxon h’amda Wljoytuxon saroyida xizmat qilgan 
va 1301 yili malik ush-shuaro (shoirlar podshoh’i) unvoniga sazovor bwlgan. 
Lekin Banokatiy kwproq tarixchi olim sifatida va jah’on tarixini wz ichiga 
olgan “Ravzat uli-l-albob” nomli asari bilan mashh’ur bwldi. Asar 1317 yili ёzib 
tamomlangan va muqaddima h’amda twqqiz qismdan iborat: 1) Odam Atodan to 
Muso payg’ambargacha wtgan davrda yashagan patriarx va payg’ambardar; 2) 
qadimiy Eron podshoh’lari; 3) Muh’ammad payg’ambar, xalifayi Roshidin, 
imomlar, Umaviya va Abbosiya xalifalari davri; 4) Abbosiylar bilan h’amasr 
bwlgan Toh’iriylar, Safforiylar, Somoniylar, Xorazmshoh’lar va boshqa sulolalar; 
5) yah’uliylarning payg’ambarlari va podshoh’lari; 6) xristianlar va franklar tarixi, 
xristianlarning dini va etiqodi, Armaniston va frank mamlakatlarining geografik 
h’olati; 7) Hindiston tarixi, h’indlarning dini va etiqodi; 8) Xitoy tarixi va uning 
geografik h’olati, xitoylarning dini va urf odatlari; 9) mwg’ullarning tarixi va 
ularning istilochilik yurishlari. 
“Ravzat uli-l-albob” asari Rashiduddinning “Jome ut-tavorix” asari asosida 
ёzilgan bwlib, uning qisqartirilgan tah’riri deb aytish h’pm mumkin. Lekin 
Banokatiy asarida Rashiduddin kitobida uchramaydigan malumotlar h’am bor. 
Masalan, etti iqlim mamlakatlarining tavsifi, Eronning 1310-1317 yillar orasidagi 
tarixi shular jumlasidandir. 
Xullas, Banokatiyning mazkur asari Wrta Osiё va Wzbekistonning XIII-XIV 
asrning birinchi choragidagi tarixi, geografik h’olati va ah’olisining turmishini 
wrganishda muh’im manbalardan h’isobanadi. 
“Ravzat uli-l-albob” XVII asrdan buёn ilmiy jamoatchilikning diqqat-
etiborini wziga tortib kelmoqda. Uning ayrim qismlari lotin, turk, ingliz h’amda 
frantsuz tillariga tarjima qilinib chop etilgan. 
Asarning qwlёzma nusxalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Qozon, Dushanbe 
va xorijiy mamlakatlar kutubxonalarida mavjud. Kitobdan Alisher Navoiy wzining 
tarixiy asarlarini yaratishda foydalangan. 
   
8.3.19. Shomiyning “Zafarnoma” asari 
Mavlono Nizomuddin Shomiy ёki mavlono Nizomuddin Shanbiy, Shanbi 
G’ozoniy asli Tabrizning shimoli-g’arbiy tarafida, undan ikki mil masofada 
joylashgan joyda tug’ilgan tarixchi “Zafarnoma” asari bilan mashh’ur bwlgan. U 
1393 yili Amir Temur xizmatiga qabul qilingan, 1404 yilgacha u bilan bwlib, 
soh’ibqironning h’arbiy yurishlarida voqeanavis va voiz mansabida ishtirok qilgan. 
1402 yili Amir Temur unga wzining tarixini aniq va sodda tilda ёzib berishni 
buyurgan. Nizomuddin Shomiy bu asarni 1402-1404 yillar orasida ёzib 
tamomlagan. Asar jah’ongirning h’okimiyat tepasiga kelishi (1370 yil.)dan to 1404 


 
87
yilgacha bwlgan voqealarni wz ichiga oladi. “Zafarnoma” asari h’aqiqatan h’am 
sodda tilda, ravon uslubda ёzilgan, daliliy malumotlarga boy. Lekin Amir Temur 
h’aёti mazkur asarda birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan. 
Asar Wzbekiston, Qozog’iston, Yaqin va Wrta Sharq mamlakatlarining XIV 
asr II- yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda muh’im va 
ishonchli manbalardan biri h’isoblanadi. 
Nizomuddin Shomiy wz asarini ёzishda G’iёsidin Ali Yazdiyning 
“Rwznomayi g’azavoti Hinduston”, Amir Temurning uyg’ur kotiblari tomonidan 
yaratilgan “Tarixi xoniy” va boshqa saroyda bitilgan kundaliklardan foydalangan. 
“Zafarnoma”yi Nizomuddin Shomiyning ikkita tarh’riri mavjud: 1) 1404 yili 
Amir Temur Ozarbayjon yurishidan qaytganda unga taqdim etilgan nusxa. 2) 
Mironshoh’ning wg’li Mirzo Umarga (1404 yid 26 martda Amir Temur 
“Halokuxon taxti”ni , yani G’arbiy Eron h’amda Ozarbayjonni inom qilgan) 
paytida taqdim qilingan. U yuqorida qayd etib wtilgan birinchi nusxadan deyarli 
farq qilmaydi. Asar “Zafarnoma” deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar 
kiritilgan va debocha h’amda Mirzo Umarga bag’ishlangan kichik bir ilova (zayl) 
qwshilgan. Shunga qaraganda, Nizomuddin Shomiy umrining swnggi yillarini 
Mirzo Umar xizmatida bwlgan va ona yurti Tabrizda istiqomat qilgan.  
“Zafarnoma”ning qwlёzma nusxalari Armaniston, Angliya, Frantsiya, İroq 
va Turkiya kutubxlnalarida saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni F.Tauer 
tomonidan 1937 va 1956 yillari Pragada chop etildi. 
1996 yili Nizomuddin Shomiy “Zafarnoma” asarini Yu. Hakimjonov 
tomonidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.Wrinboev tomonidan tah’rir 
qilinib nashr etildi.  
 
8.3.20. “Muntah’ab ut-tavorixi Muiniy” 
“Muntah’ab ut-tavorixi Muiniy” nomli Temuriylar davriga oid asar muallifi 
Muniddin Natanziydir. U İsfah’on shah’riga qarashli, undan qariyb yigirma farsah’ 
masofada joylashgan Natanz shah’rida tug’ilgan. Ch.A.Storining malumotiga 
qaraganda asli seistonlik bwlgan
30
. Fors viloyatining h’okimi Temuriy İskandar 
Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning wg’li, 1415 yili inisi Boyqaro 
Mirzo tomonidan wldirilgan) saroyida xizmat qilgan. Davlatshoh’ 
Samarqandiyning swzlariga qaraganda, “Muiniddin Natanziy Sulton İskandar 
davrida  İroqi Ajam va Forsda shuh’rat topgan olimlar va shoirlar jumlasidagn 
bwlib..., ilmda wz zamonasining etakchisi edi va Mirzo İskandarning maqoma va 
h’olati h’amda tarixini ёzgan”
31

Muniddin Natanziy qalamiga mansub bwlgan va bizning zamonamizgacha 
etib kelgan bu asarning aniq nomi malum emas. U ilmiy jamoatchilik orasida 
“Anonim  İskandera” nomi bilan mashh’ur. Asar 1413 yili ёzib tamomlangan. 
Uning ikkinchi tah’riri h’am bwlib, “Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” (“Muniniyning 
saylangan tarixi”) deb ataladi va Temurning wg’li Shoh’ruh’ Mirzoga 
bag’ishlanadi. 
                                                 
30
 Стори Ч.А. Персидская литература. 1 қисм. 339 бет.
 
31
 Давлатшоҳ Самарқандий. Тазкират уш-шуаро.Э.Браун нашри. Лейден-Лондон.: 1901. 371 бет.
 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə