Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109

 
102
Ushbu asarni chuqur va atroflicha wrgangan A.M.İkromovning fikricha
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” ijodkori mashh’ur “Shayboniynoma” dostonining  
muallifi Muh’ammad Solih’dir. 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” asari muqaddimasida muallif wzini “Ojiz”, 
“G’arib”, “Hokisor” deb ataydi. U Munke qoon nomiga ёzilgan “Tavorixi 
jah’onkushoy”, G’ozonxonning qizi nomiga bitilgan “Tavorixi guzida” va Mirzo 
Ulug’bek nomidan ёzilgan “Muntah’ab ut-tavorixi shoh’iy” nomli kitoblardan 
saylab tartib qilish h’aqida buyruq olganligi va unda Shayboniyxon tarixini h’am 
qwshib bir asar yaratganligi va unga  “Tavorixi guzida, Nusratnoma” deb ot 
qwyganligini ochiq aytadi
35
. Bundan malum bwlishicha,  asar Shayboniyxonning 
topshirig’i bilan saroyga yaqin turgan tarixchilarning biri tomonidan yaratilgan. 
Ushbu asar 1502-1505 yillar orasida ёzilgan bwlib, ikki mustaqil qismdan - 
“Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan iborat. Birinchi qismda Wg’izxon va 
qadimgi turklar, Chingizxon h’amda uning Mwg’uliston, Dashti qipchoq, 
Movarounnah’r va Eronda h’ukmronlik qilgan avlodi tarixi, ikkinchi qismda esa 
Shayboniyxon tavalludidan (1451 y.) to uning Movarounnah’rni istilo qilishigacha 
(1500-1505 yy.) Dashti qipchoq h’amda Movarounnah’rning ijtimoiy-siёsiy 
ah’voli baёn qilingan. 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma”ning ikkinchi qismi zwr ilmiy ah’amiyatga 
ega. Unda Shayboniylar qwshinining tuzilishi, uning etnik tarkibi, shuningdek, 
kwchmanchilarning Qorakwl, Hisor, Chag’oniёn, Wratepa h’amda Xwjand 
viloyatlarida qilgan talon-tarojlari h’aqida muh’im va qimmatli malumotlar bor. 
Asarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda sodir bwlgan voqealarning 
vaqti aniq kwrsatilgan. Bundan tashqari, Shayboniyxon qwshinlari tarafidan 
Farg’ona viloyatining bosib olinishi faqat “Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarida 
twg’ri va twliq ёritilgan. 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” asarining faqat ikkita qwlёzma nusxasi 
bizgacha etib kelgan. Ulardan biri Sankt-Peterburgda, ikkinchisi esa Angliyaning 
Britaniya muzkyida saqlanmoqda. Kitobning matni faksimilesi (fotonusxa) zarur 
ilmiy izoh’lar va tadqiqotlar bilan 1967 yili Toshuketda A.M.İkromov tomonidan 
elon qilingan. Undan ayrim parchalar rus tilida 1969 yili Olma-Otada V.P.Yudin 
tomonidan elon qilingan.      
9.2.4. “Zubdat ul-asar” 
“Zubdat ul-asar” (“Colnomalar sari”) nomli turkiy-wzbek tilidagi tarixiy 
asarning muallifi Abdulla Nasrulloh’iy ёki Abdulla ibn Muh’ammad ibn Ali 
Nasrulloh’ bwlib, u XU asrning ikkinchi yarmi va XU1 asrning birinchi yarmida 
wtgan balxlik tarixnavis olimdir. 
Tarixchi XU asrning 80-90-yillarida Balx h’okimi Temuriyzoda 
Badiuzzamon Mirzoning xizmatida bwlgan. Hirot Shayboniyxon tomonidan 1507 
yili ishg’ol etilganjan keyin uning xizmatiga kirgan. 1510 yili Muh’ammad 
Gayboniyxon h’alok bwlganidan keyin, uning wg’li Muh’ammad Temur Sulton 
h’uzuriga, Samarqandga kelgan.  
                                                 
35
 Таварихи гузиде, нусратнама. Исследование, критический текст, аннотированное оглавление и таблица 
сводных оглавлений А.М.Икрамова.-Ташкент: 1977. 18-19 бетлар.
 


 
103
Bobur Mirzo 1511 yili  Samarqandga kelganida Abdulla Nasrulloh’iy 
Shayboniy Sultonlar bilan Toshkentga kelgan va Suyunchxojaxonning xizmatiga 
kirgan. Oradan kwp wtmay tarixchi Suyunchxojaxonning wg’li, Shoh’ruh’iya 
h’okimi Keldi Muh’ammad nomi bilan h’am mashh’ur, Sulton Muh’ammadning 
xizmatiga  ёllangan va 1525 yili uning topshirig’i bilan wzining “Zubdat ul-asar” 
nomli kitobini ёzgan.  
“Zubdat ul-asar” umumiy tarix ywnalishida ёzilgan va qadim zamonlardan 
to 1525 yilgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan ijtimoiy-siёsiy voqealarni 
qisqacha baёn qiladi. Asar 11 qism, fasldan iborat bwlib, uning oxirgi 11 qismi 
yangi h’isoblanadi. Unda XU1 asrning birinchi choragida Xuroson va 
Movarounnah’rda sodir bwlgan voqealar birmuncha keng ёritilgan. Ayniqsa, 
Shayboniy sultonlar Suyunchxojaxon, Kwchkinchixon, Jonibek Sulton, 
Ubaydullaxon, Muh’ammad Temur Sulton bilan Bobur Mirzo va uning siёsiy 
ittifoqchilari Safaviylar wrtasida Movarounnah’r uchun davom etgan qurolli 
kurash, Suyunchxojaxon bilan Sulton Saidxon wrtaisdagi 1512-1514 yillardagi 
toju taxt uchun bwlgan kurash va Farg’onaning Shayboniylar tomonidan qaytadan 
bwysundirilishi, Shayboniylarning 1514, 1520, 1524 yillari Xuroson ustiga qilgan 
h’arbiy yurishlari va Balxning 1526 yili bwysundirilishi, Shayboniylarning qozoq 
sudtonlari, xususan Qosimxon (1511-1523 yy.) wrtasida Sirdarё bwyida 
joylashgan Yassi, Savron, Suzoq, Sayram va boshqa shah’arlar uchun olib borilgan 
kurashlar tarixi birmuncha keng baёn etilgan. 
Ushbu qimmatli asarning faqat ikkita qwlёzmasi saqdanib qolgan bwlib, biri 
Toshkentda, Sharqshunoslik institutida (İnv.№ 608) va ikkinchisi Sankt-
Peterburgdagi RF FA Sharqshunoslik instituti shah’ar bwlimida (D.104) raqami 
ostida saqlanmoqda.    
9.2.5. “Vaqoyi” 
“Vaqoyi”- voqealar Zah’iriddin Muh’ammad Boburning jah’onga 
“Boburnoma” nomi bilan mashh’ur bwlgan shoh’ asarining asl nomidir. Muallif 
asarda wzining wn ikki ёshida Farg’ona viloyati podshoh’i, deb kwtarilgan 
vaqtidan boshlab, h’aёtining oxiriga qadar bwlib wtgan voqealarni yilma-yil baёn 
qilgan. Dunёda mavjud asarning barcha qwlёzmalarida bir necha yil, xususan 
1509-1518, 1521-1524 yil voqealari baёni tushib qolgan. 
Bobur Farg’ona viloyati h’okimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-
1494 yy.) twng’ich wg’li, 1483 yilning 14 fevralida Andijon shah’rida tug’ilgan. U 
1494 yilning 5 iyunida, h’ijriy isobda wn ikki ёshida h’alok bwlgan otasi wrniga 
Farg’ona taxtiga wtqaziladi. Lekin oradan kwp vaqt wtmay, mamlakatda avj olgan 
wzaro kurash natijasida mag’lubiyatga uchrab, Farg’onani tashlab chiqishga 
majbur bwladi. 
Uning 1497-1500 yillari Samarqand taxti uchun olib borgan kurashi h’am 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Bobur 1504 yilga qadar Farg’ona va Samarqand uchun kurashdi, ammo 
Temuniylar wzaro birlasha olmadilar. Natijada, u tajribali Shayboniyxon bilan 
bwlgan janglarda mag’luyuiyatga uchrab, wz yurtini tark etib, omad va baxt izlab 
Kobulga ywl oldi. Kobulni egallagan Bobur wz mavqeini asta-sekin 
mustah’kamlab bordi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə