Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109

 
98
8.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar 
1. 
Fors tilining tarixiy manbalarni yaratilishida qanday wrni bor? 
2. 
Qaysi davrlarda bu tilda manbalar yaratilgan? 
3. 
Fors tilida yaratilgan qaysi manbalarni bilasiz? 
4. 
“Buxoro tarixi” asari h’aqida nima bilasiz? 
5. 
“Ravzat us-safo” asari muallifi kim va u qanday asar? 
 
9-Mavzu: Turkiy-wzbek tilidagi tarixiy manbalar 
 
Darsning mazmuni: Wzbekiston tarixini wrganishda turkiy-wzbek tilidagi ёzma 
manbalarning ah’amiyati ochib beriladi.  
 
Reja: 
9.1.  Tarixiy manbalarning yaratilishida turkiy-wzbek tilining tutgan wrni. 
9.2.  Turkiy-wzbek tildagi tarixiy manbalar. 
9.3.  Turkiy-wzbek tildagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va 
ah’amiyati. 
9.4.  Mavzuga oid manba va adabiёtlar rwyxati. 
9.5.  Maruza materialini mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
Asosiy tushunchalar:  turkiy-wzbek tilidagi tarixiy manbalarga oid asosiy 
tushunchalar arab va fors tilidagi tushunchalardan deyarli farq qilmaydi. Shuning 
bilan birga turkiy tilda h’arbiy termin va davlat tizimi, boshqaruvi va jwg’rofiy 
atamalar wrni salmoqlidir. 
 
9.1. Tarixiy manbalarning yaratilishida turkiy-wzbek tilining tutgan 
wrni 
Boy  ёzma merosimiz, tarixiy manbalarimiz shakllanishi va yaratilishida 
turkiy-wzbek tilining aloh’ida wrni bor. Lekin yurtimizda siёsiy h’okimiyat avval 
arablarda, swng forsiy zabonli sulonlarda  bwlgan zamonlarda arab va fors tili 
davlat tili sifatida istefoda etilib, bu tillarda rasmiy h’ujjatlar, tarixiy manbalar 
yaratildi. Wsha davolarda h’am Mah’mud Koshg’ariyning “Devoni lug’otit turk”, 
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” kabi yirik ёzma manbalarning yaratilishi 
turkiy tilning qudrati, saloh’iyati va kuchi etarli ekanini namoyish etdi. 
Bundan tashqari, uzoq muddat davomida xalqimiz etakchi ziёlilari va 
jonkuyarlari “Quroni karim” tafsirlari, “Hadisi sharif” va “Qisas ul-anbiё”larni wz 
turkiy tilimizga wgirishga va moslashtirishga h’arakat qilganlar. Bizning boy diniy 
merosimiz bilan bog’liq kitoblar wz tadqiqotchilarini kutmoqda. Keyingi 
mustamlaka davri siёsatida xalqimizga arab va fors tili, gwёki chet tili, ёt til 
sifatida kwrsatilib, bu tillardagi boy merosimiz bizga begona, eskirgan, qoloq 
wtmish merosi sifatida tushuntirilib kelindiki, natijada bizning manaviy dunёmiz 
malum darajada kambag’allashdi, xalos. 
Afsuski, arab ёzuvidagi boy merosimizni tushunmaydigan, undan 
ёtsiraydigan, eng fojialisi, tushunishni h’am xoh’lamaydigan ziёlilar guruh’i 


 
99
vujudga keldi. Ular tomonidan arab alifbosi asosidagi ёzuvimiz eski wzbek ёzuvi 
deb atala boshlandi. 
Vah’olanki, biz Alisher Navoiyni wzbek adabiy tili asoschisi deb tan 
olganmiz. Uning “Muh’okamut ul-lug’atayn”  
nomli asarida qayd qilinishicha, h’okimiyat arablarda bwlganida ular wz tilidagi 
madaniyatni ravnaq toptirishga h’omiylik qildilar va rag’batlantirdilar. Undan 
swng fors tilidagi madaniyatga etibor berildi. Va nih’oyat Temuriylar saltanati 
wrnatilgach, turkiy-wzbek tilining  va turkiy madaniyatning taraqqiy etishi uchun 
katta imkoniyatlar yaratildi. 
 Bizning 
tilimizdagi 
ёzma manbalar faqat h’ozirgi Respublikamiz h’ududi 
bilan chegaralanib qolmay, balki Alisher Navoiy iborasi bilan aytilsa, Xitodin to 
Xurosngacha, xatto İdil (Volga) darёsi bwylarigacha bwlgan joylarda turkiy til 
tushunilgan, ёzma manbalar, madaniyat obidalari yaratilgan. 
 
Birgina xarakterli misol. Buyuk boburiylar oltinchisi Avrangzeb Olamgir 
(1657-1706 yy.) wzining Rks podshoh’iga jwnatgan rasmiy maktubini turkiy tilda 
bitgan va bu muh’im h’ujjat rus solnomalarida saqlanib qolgan. 
 
XIII asrda Qul Ali tomonidan turkiy tilda “Yusuf va Zulayh’o” dostoni Oltin 
Wrdada bitilgan. Birinchi turkiy tildagi aruz risolasi XV asr wrtalarida Misrda 
yaratilgan. 
 
Mwg’ul h’okimlar h’uzurida baxshi – kotiblarning bwlganligi va nih’oyati 
XIV asr oxiriga borib “Temur tuzuklari”ning yuzaga kelishi turkiy-wzbek tilining 
taraqqiёti uchun katta xizmat qildi. Nosiriddin Rabg’uziyning “Qisas ul-anbiё” 
asarining yaratilishi, “Tarixi Tabariy”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, 
Muh’ammad Mirxondning “Ravzat us-safo” kabi yirik asarlarning turkiy tiliga 
wgirilishi, Durbek, Sayid Qosimiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy kabi 
shoirlar ijodi turkiy-wzbek tilining jah’ondagi taraqqiy etgan adabiy va ilmiy til 
ekanligini kwrsatdi. 
 
Alisher Navoiy yirik badiiy asarlari, “Xamsa” va “Lison ut-tayr” dostonlari, 
“Xazoyin ul-maoniy” nomli twrt devonlari qatorida yaratilgan nasriy tarixiy 
asarlari, xususan tarixga oid “Tarixi anbiё va h’ukamo”, ”Tarixi muluki Ajam”, 
“Xamsat ul-mutaxayyirin”, ”Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, ”Holoti Pah’lavon 
Muh’ammad”, ”Vaqfiya”, “Mah’bub ul-qulub”, ”Majolis un-nafois”, ”Nasoyim ul-
muh’abbat”, “Munshaot” asarlari juda katta tarixiy ah’amiyatga molik 
manbalarning yaratilganligi keyingi davrlarda turkiy-wzbek tilining rivojiga ulkan 
h’issa bwlib qwshildi. 
 Zah’iriddin 
Muh’ammad 
Boburning “Vaqoyi” (“Boburnoma”, 1530 y.) 
asarining yaratilishi jah’onshumul ah’amiyatga molik manba sifatida ijod 
etilganligini kwrsatadi. Chunki bu obida twrt marta fors tiliga, uch marta ingliz 
tiliga twla tarjima qilinib, birgana forsiy qwlёzmalarning juda kwp tarqalganligi, 
wn uch qwlёzmaga kwplab mwjaz rasmlar bilan ziynatlanganligi,  asl matnning 
sakkiz marta chop etilishi, wndan ziёd inglizcha qisqa nashrlar yuqoridagi fikr 
isboti uchun kifoyadir. 
 
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi h’am XVI asrda uch marta 
fors tiliga tarjima qilingan. Yana Muh’ammad Solih’, Abuloziy Bah’odirxon, 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə