Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109

 
100
Munis, Ogah’iy, Baёniy, Hakimxon Twra va boshqalarning tarixiy asarlari juda 
muh’im va qimmatli manbalardir. 
 
Ayniqsa, XIX asrda Xorazmda va Sharqiy Turkistonda turkiy tilga katta 
etibor tufayli kwplab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy tillaridan tarjima 
qilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.  
Umuman, XX asr birinchi choragigacha turkiy - wzbek tillarida qator tarixiy 
manbalar yaratilgan edi. Bu davrgacha bitilgan bizning tilimizdagi obidalar arab 
alifyuosi asosidagi ёzuvlarda bitilgan edi. 
1929 yili alotin alifbosiga wtildi 
1940 yili rus-kirill alifbosi kiritildi. 
Mustaqilligimiz bizga yana lotin alifbosini qayta tikladi. Albatta, lotin 
alifbosi rus-kirill alifbosiga nisbatan kwplab turkiy xalqlar uchun qabul qilinganligi 
bilan qator afzallikka ega. Lekin deyarli XIII ёki XII asr davomida yaratilgan 
manbalar taqdiri nima bwladi? Degan savol kishini wylantiradi. Bwlg’usi 
tarixchilarga fors, arab tili asoslarini wrgatilishi, arab ёzuvidagi manbalardan 
foydalanish malakasini h’osil qilish qay darajada? 
Wzbekiston Respublikasi Prezidenti İ.A.Karimovning tarixga etibori va 
xilqimiz boy madaniyatini wrganishga, qadolashga intilishi kishida umid va 
kelajakka ishonch uyg’otadi. Darh’aqiqat, “Tarixiy xotirasiz kelajak ywq”. 
Ushbu darslikda turkiy-wzbek tilida bitilgan h’amma manbalarni qamrab 
olish mumkin emas, shuning uchun eng muh’im va yirik ёzma manbalarning 
xarakterli xususiyatlarni baёn etamiz, xalos. Umid qilamizki, bu erda olgan 
bilimlarini talabalar wzlari mustaqil ravishda kengaytirib, yanada 
chuqurlashtiradilar. Chunki, manbalar barcha bilim asosidir. 
 
9.2. Turkiy wzbek tilidagi tarixiy manbalar 
 
9.2.1.”Qutadg’u bilik” 
Yusuf Xos Xojib Bolasog’uniyning ”Qutadg’u bilik” (“Saodatga ywllovchi 
bilim”) nomli asari 1069-1079 yillari ёzilgan doston xarakteridagi  badiiy asar 
bwlsa h’am, unda davlatni boshqarishga oid qimmatli fikrlar baёn qilingan va 
Qoraxoniylar davri madaniyatini wrganishda muh’im manbadir. Undagi “İdora 
odobi”, “Qudratli davlat qonunlari”, “Podshoh’larga maslah’atlar” kabi boblar 
katta tarixiy ah’amiyatga ega. 
 
9.2.2. “Temur tuzuklari” 
“Temur tuzuklari”, “Tuzukoti Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy” ёki “Voqeoti 
Temuriy” nomlari bilan atalgan asar Amir Temurning etti ёshligidan boshlab h’aёt 
ywli h’aqida h’ikoya qiladi. 
“Temur tuzuklari”- muh’im tarixiy manba bwlib, unda Amir Temur 
davlatining tuzilishi va boshqarish xususiyatlari baёn etilgan. Asar dastlab turkiy-
wzbek tilida bitilgan. Uning bir qwlёzmasi Yaman mamlakati oliy h’ukmdori Jafar 
podshoh’ kutubxonasida saqlangan. 
“Temur tuzuklari”ning  fors tiliga tarjimoni Mir Abu Tolib Husayniy at-
Turbatiy tarjima muqaddimasida, Arabistonning muqaddas joylarini h’aj qilib 


 
101
qaytishda, Yamanda bwlgan chog’ida Jafar podshoh’ kutubxonasida turkiy tildagi 
mazkur asarni topgani va u Amir Temurning h’aёt ywli h’aqidagi wzi ёzgan 
ekanligini takidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan qaytib kelgandan keyin, asarni 
fors tiliga tarjima qilgan. Lekin Arabistondan olib kelingan asliyatdan ёki 
Hindistonda bwlgan biron qwlёzma nusxadan wgirilgani aytilmagan. 
Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk 
boburiylardan Shoh’ijah’onga tortiq qiladi. Keyin bu tarjima Muh’ammad Afzal 
Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy tah’rir qilingan. 
“Temur tuzuklari” ikki maqoladan iborat: 
Birinchi maqola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustah’kamlash, 
qwshinni tashkil etish yuzasidan  tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan. 
İkkinchi maqolada 13 kengash va uning qismlarida Amir Temurning 
h’okimiyat tepasiga kelishi va h’arbiy yurishlari tafsilotlari beriladi. 
“Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafaqat h’ukmdorlar va malumotli 
kishilar orasida, balki jah’on ilm ah’li wrtasida shuh’rat topti. Asarning kwlёzma 
shaklida h’am, toshbosma shaklida h’am, shuningdek jah’onning kwp tillariga 
qilingan tarjima shaklida h’am (inglizcha, frantsuzcha, urdu, rus va wzbek tillarida) 
nashr etilishi swzimizga isbot –dalildir. 
İkki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muh’ammad Afzal Buxoriy xizmatlari 
tufayli “Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha etib kelgan. Bu tarjimaning mwtabar 
qwlёzmalari Rossiya, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Frantsiya va 
boshqa mamlakatlar xazinalarida mavjud.  
“Temur tuzuklari”ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963 yillari ovrupo 
va sharq tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan. 
“Temur tuzuklari”ni twliq 1857 yili Xivada Muh’ammad Yusuf Rojiy 
tomonidan va 1858 yili Pah’lavon Niёz devon tarafidan turkiy-wzbek tiliga tarjima 
qilingan. Ularning birinchisi “Tuzuki Temuriy”, ikkinchisi “Malfuzot” nomi bilan 
malum. Yana bir tarjima Xwjand qozisi Nabijon mah’dum tarafidan, Qwqon xoni 
Muh’ammad Alixon (1821-1858 yy.)ning topshirig’iga binoan amalga oshirilgan. 
 “Temur tuzuklari” asarini Alixon Twra Sog’uniy 1967 yili Mir Abu Tolib 
tarjimasini wzbekchaga tarjima qilgan edi. 1990 yili Alixon Twra tarjimasini 
“Temur tuzuklari”ni Bombay nashri matni asosida Habibullo Karamatov yana bir 
tarjimani amalga oshirib, nashr ettirdi. 
“Temur tuzuklari”ning manba sifatidagi tarixiy ah’amiyati buyuk ekanligi 
mutaxassislarning unga bwlgan katta etiboridan bilish mumkin. Asarning sakkizta 
mwtabar qwlёzmasi Toshkentda, Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. 
 
9.2.3. “Tavorixi guzida, Nusratnoma” 
“Tavorixi guzida, Nusratnoma” (“Saylanma solnomalar, G’alabalar kitobi”)  
nomli tarixiy asar XU1 asrda yaratilgan ёzma obidadir. Ushbu asar muallifining 
nomi ishonarli va qatiy aniqlanmagan. Tadqiqotchilar orasida bu xususda turlicha 
fikrlar mavjud. Sharqshunoslardan A.A.Semenov, R.G.Mukminova va V.P.Yudin 
ushbu kitobni Shayboniyxon tomonidan ёki uning faol ishtirokida ёzilgan, deb 
h’isoblaydilar. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə