Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109

 
92
“Zafarnoma” asarining muqaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi 
Movarounnah’r voqealari baёni O.Bwriev tomonidan tarjima qilinib, 1996 yili 
nashr qilindi. Kitob Wzbekiston va Markaziy Osiё mamlakatlari tarixini 
wrganishdagi ilmiy ah’amiyati juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu 
kitobning tasiri yaqqol seziladi. 
  
8.3.24. “Ulusi arba-yi Chingiziy” 
“Ulusi arba-yi Chingiziy” (“Chingiziylar twrt ulusi” (tarixi) ёki “Tarixi arba 
ulus” (“Twrt ulus tarixi”) nomli asar asosiy mualliflaridan biri, uning yaratilish 
tashabbuskori XU asrda wtgan buyuk olim, yirik davlat arbobi, Shoh’ruh’ 
Mirzoning wg’li Muh’ammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bekdir. U 1394 yil 22 martida 
Amir Temurning İroq va Ozarbayjonga qilgan navbatdagi besh yillik h’arbiy 
yurishi vaqtida Sultoniya shah’rida, Eron Ozarbayjonida tug’ilgan. Amir Temur 
saroyida h’ukm surgan ananaga kwra, shah’zoda soh’ibqironning katta xotini 
Saroymulk xonim, Bibi xonimning tarbiyasiga topshiriladi. Oradan bir yil chamasi 
vaqt wtgach, 1395 yili Amir Temur Saroymulk xonim va nabirasini Shoh’ruh’ga 
qwgib Samarqandga jwnatadi. 
1398 yili Ulug’bekka mashh’ur qissaxon, shoir va olim, shayx Orif Ozariy 
(1382-1462 yy.) muallif etib tayinlandi va u dastlabki asosiy talimni ana shu ajoyib 
shaxsdan oldi. Shah’zoda Amir Temurning bar qator h’arbiy h’arakatlarida, 1399-
1404 yillari Turkiya va Suriyaga qarshi wtkazilgan yurishda, 1404-1405 yili 
Xitoyga qarshi uyushtirilaёtgan yurishda qatnashdi. 
Amir Temur 1405 yil 18 fevralda vafot etgach, Movarounnah’r taxtini 
nabirasi Xalil Sulton zwrlik bilan egallab oldi. Bu vaqtda Ulug’bek otasi Shoh’ruh’ 
xizmatida bwldi. 1409 yili Xalil Sulton wz amirlari tomonidan asir olingach, 
Shoh’ruh’ Xurosondan Movarunnah’rga kelib, Mirzo Ulug’bekni Movarounnah’r 
va Turkiston h’okimi etib tayinlandi. U 1449 yil 25 oktyabrigacha bu mamlakatni 
boshqardi. 
Mirzo Ulug’bek yirik davlat arbobi, sarkarda edi. Lekin u buyuk olim va 
ilm-fan h’amda madaniyat h’omiysi sifatida tengi ywq edi. Samarqand uning 
davrida Sharqning yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. 
Mirzo Ulug’bek ikki yirik asar yaratdi. Biri “Ziji jadidi kwragoniy” 
(“Kwragoniyning yangi astronomik jadvali”) bwlib, 1437 yili yaratilgan kitobda 
ilmi nujumning nazariy va amaliy masalalari qamrab olingan, wsha davrdagi eng 
yuksak ilmiy jasorat h’isoblangan. 
Olimning ikkinchi asari “Ulusi arba-yi Chingiziy” bwlib, unda XIII-XIV 
asrlarda Mwg’ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy-siёsiy tarixi 
qisqa tarzda baёn etilgan. Kitob 1425 yildan keyin tugallangan.   
“Tarixi arba ulus” muqaddima va twrt qismdan iborat. Muqaddimada wrta 
asrlarda tarixchilar wrtasida h’ukm surgan ananaga kwra, islomiyatdan avval 
wtgan payg’ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari h’isoblangan Ёfas ibn 
Nuh’ va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk mwg’ul qabilalari va 
Chingizxon tarixi baёn etilgan. 


 
93
Birinchi qism Ulug’ yurt, yani Mwg’uliston va Shimoliy Xitoy tarixi, 
Wgadayxon (1227-1241 yy.), Chingizxonning uchinchi wg’li davridan to Ariq 
Bug’o avlodi Wrdoy qoon zamonigacha yuz bergan voqealarni wz ichiga oladi. 
İkkinchi qismda Jwji ulusi, yani Oltin Wrda tarixi, Jwjixondan davridan to 
Shoh’ruh’ning zamondoshi bwlmish Muh’ammadxon zamonigacha, XIII-XV 
asrning birinchi choragi tarixi baёn etilgan. 
Uchinchi qismda Elxoniylar, yani Eron h’amda Ozarbayjonning XIII-XIV 
asrlardagi tarixidan baxs yuritiladi. 
Twrtinchi qismda Chig’atoy ulusining, Koshg’ar, Ettisur, Movarounnah’r, 
Shimoliy Afg’oniston h’ududidagi XIII-XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni 
h’am aytish kerakki, muallif mazkur ulusda h’ukmronlik qilgan h’ar bir h’ukmdor 
xon ustida qisqa va aloh’ida-aloh’ida twxtalib, ularning davrida sodir bwlgan 
voqealardan eng muh’imlarini yuaёn etgan. 
“Tarixi arba ulus” asarining ayrim qismlari, xususan uning twrtinchi qismi, 
kwp jih’atdan Sharafuddin Ali Yazdiyning “Muqaddimayi Zafarnoma”siga wxshab 
ketadi. Lekin Ulug’bek asari birmuncha mukammaldir. Bundan tashqari, unda twrt 
ulus wrtasidagi siёsiy munosabatlar, “wzbek” etnonimining kelib chiqish vaqti 
xususida h’am qimmatli malumotlarni uchratamiz. 
Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tah’ririning twrt mwtabar qwlёzmasi 
yuizgacha etib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda va 
twrtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda. 
Mirzo Ulug’bek tarixiy asarining inglizcha tarjimasi 1838 yili Mayls 
tomonidan Angliyada chop etilgan. Wzbekcha tarjimasi B.Ah’medov, M.Hasaniy 
va N.Norqulovlar bajarilib, 1994 yili Toshkentda chop etildi. 
“Tarixi arba ulus” Markaziy Osiё, Wzbekiston va Qozog’istonning XIII-
XIV asrlardagi tarixini, ayniqsa Chig’atoy ulusi tarixini wrganishda muh’im 
manbalardan biri vazifasini wtashi mumkin. 
 
8.3.25. “Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn” 
“Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn” (“İkki saodatli yulduzning chiqish 
joyi va ikki azim darёning qwshilish eri”) nomli yirik tarixiy asar muallifi wz 
davrining yirik diplomati va tarixchi olimi Abdurazzoq Samarqandiydir. Uning 
twla ismi Kamoluddin Abdurazzoq ibn Jaloluddin İsh’oq Samarqandiy (1413-1482 
yy.) bwlib, Hirotdagi badavlat va nufuzli xonadonlarning biriga mansubdir. 
Tarixchining otasi Shoh’ruh’ h’uzurida qozi askar va imomlik lavozimida turgan. 
Abdurazzoq yaxshi wqib, fiqh’, tafsir, h’adis, arab tili, g’azal va tarix ilmlarini 
puxta egallagan, wz zamonasining etuk olimlaridan biri bwlib etishdi. 
Abdurazzoq Samarqandiy 1438 yili wzining qozi Azizuddinning arab tili 
grammatikasining bazi masalalari, yuklama va olmoshni tadqiq etuvchi “Risolayi 
Azudiya” kitobiga bag’ishlangan sharh’ini ёzib tamomladi va uni Shoh’ruh’ga 
taqdim qildi. Hukmdor asar bilan tanishib va ёsh olimdagi ulkan saloh’iyatni 
kwrib, uni saroy xizmatiga, devoni inshoga tayin qildi. Shu vaqtdan boshlab to 
1463 yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab Shoh’ruh’, swngra Abulqosim 
Bobur (1451-1457 yy.) va boshqa Temuriy shah’zodalarning saroyida xizmat qildi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə