Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109

 
90
xattot bwlib Muzaffariylar
32
 saroyida, devoni inshoda xizmat qilgan. Amir Temur 
Sherozni egallab, Muzaffariylar sulolasi barh’am topgandan keyin 1393 yili 
boshqa ilm ah’li bilan Samarqandga olib kelingan va saroy xizmatiga tayinlangan. 
1409 yili mart oyida amirlar isёni bartaraf etilgach, oliy h’okimiyat Shoh’ruh’ 
Mirzo Xoja Tojuddin as-Salmoniy uning amri bilan Hirotga olib ketiladi va oliy 
h’ukmdorning topshirig’i bilan wzining mazkur asarini ёzishga kirishadi. Lekin uni 
tamomlay olmaydi. Lradan kwp vaqt wtmay saroyda vazir Faxruddinga qarshi 
uyushtirilgan fitnada qatnashganlikda ayblanib qamalib qoladi va jazoga tortiladi. 
 Xoja Tojuddin as-Salmoniy mazkur asarida Amir Temurning swnggi yillari 
va Shoh’ruh’ Mirzoning tarixini ёzishni niyat qilgan edi. Lekin, taqdir 
taqazosibilan maqsadiga erisha olmaydi. Faqat 1404-1409 yillar tarixini ёzib 
bitirishga ulguradi, xalos. Asarda 1404 yilda Xitoyga yurish oldidan Konigilda 
wtgan katta tantanalar, shah’zodalar Ulug’bek, İbroh’im Sulton, İjil Mirzo, Sidi 
Ah’mad, Pirmuh’ammad va Mirzo Boyqarolarning nikoh’ twylari, Xitoyga 
yurishning boshlanishi, h’azrat soh’ibqironning 18 fevral 1405 yilgi vafotidan 
keyingi og’ir ah’vol, Xalil Sultonning noqonuniy ywl oliy h’okimiyatni egallab 
olish voqealari batafsil baёn etiladi. Voqealar tafsiloti 1408 yil mart oyida Xalil 
Sultonning amir Xuloydod boshliq bir guruh’ fitnachi amirlar tarafidan asir olinishi 
h’aqidagi h’ikoya bilan tugaydi. 
Xoja Tojuddin as-Salmoniyning “Tarixnoma” asari bizning zamonimizgacha 
uch nusxada etib kelgan. Ulardan biri suqutli va shu kunlarda Angliyaning 
muzeyida (İnv.№ 159) saqlanmoqda. Yana ikkitasi Turkiyada, İstanbuldagi 
Sulaymon Fotih’ (İnv.№ 4305) va Lala İsmoil afandi kutubxonalarida (İnv.№ 304) 
saqlanadi. Birinchi nusxa suqutli, ikkinchisi twla. 
Asar G.R.Rёmer tarafidan nemis tiliga 1956 yili, İsmoil aka tarafidan 1988 
yili turk tiliga va Z.M.Buniyatov tomonidan 1991 yili rus tiliga erkin tarjima 
qilingan.   
 
8.3.23. “Zafarnomayi Temuriy” 
“Zafarnomayi Temuriy”, “Fath’nomayi soh’ibqironiy”, “Tarixi 
jah’onkushoyi Temuriy” ёki “Zafarnoma” nomi bilan mashh’ur bwlgan asarni wz 
davrining yirik tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiydir. U asli Eronning Yazd 
viloyatidagi Taft qishlog’idan bwlib, turli fan soh’alarini egallangan edi. Shuning 
uchun h’am Alisher Navoiy uni “Sharaf davla va din”, yani din va davlat sharafi 
deb tariflagan. 
Sharafuddin Ali Yazdiy Fors viloyatining h’okimi Temuriy İbroh’im  Sulton 
(1415-1435 yy.) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan h’omiysi bwlmish mazkur 
shah’zodaniina emas, balki Shoh’ruh’ning h’am zwr h’urmat-etiborini qozongan 
edi. 
Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shoh’ruh’ning nabirasi va Sultoniya
Qazvin, Ray h’amda Qum h’okimi Sulton Muh’ammad (1442-1446 yy.)ning taklifi 
bilan Qumga keldi va shah’zodaning xizmatiga kirdi. Sulton Muh’ammad 1446 yili 
                                                 
32
 1313-1393 йиллари Форс, Кирмон ва Курдистонни идора қилган сулола. Асосчиси Муборизиддин ибн 
Музаффар (1313-1359 йй.)
 


 
91
Shoh’ruh’ning og’ir kasalligidan foydalanib, isёn kwtardi, Hamadon h’amda 
İsfah’onni bosib oldi, Sherozni qamal qildi. Shoh’ruh’ unga qarshi qwshin tortti. 
Culton Muh’ammad Shoh’ruh’ bilan ochiq jang qilishdan qwrqib toqqa qochdi
33

Shoh’ruh’ Sulton Muh’ammad bilan yaqin bwlgan kishilarni, shuningdek, 
mah’alliy sayyidlardan birmunchasini isёnda ishtirok etishda ayblab h’ibsga oldi 
va kwplarini wlimga mah’kum qildi. Wshanda h’ibsga olinganlar orasida 
Sharafuddin Ali Yazdiy h’am bor edi. Faqat Mirzo Abdullatifning (Ulug’bekning 
twng’ich wg’li) aralashuvi bilan Sharafuddin Ali Yazdiy jazodan qutulib qoldi. 
Shah’zoda uni Samarqandga, otasi h’uzuriga jweatib yubordi. Sharafuddin Ali 
Yazdiy Samarqandda bir yil chamasi istiqomat qildi va fikrimizcha, Ulug’bekning 
ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bwlishi kerak. Shoh’ruh’ vafotidan (1447 y.) 
keyin 1449 yilda Sharafuddin Ali Yazdiy Xurosonga qaytdi va Sulton 
Muh’ammadning ruxsati bilan yana wz vatani Taftga qaytib bordi va umrining 
oxirgi qismini uzlatda kechirdi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1454 yili vafot etdi. 
“Zafarnoma” asosan Nizomuddin Shomiyning shunday nomli asari asosida 
zwr badiiy mah’orat bilan ёzilgan. Lekin Sharafuddin Ali Yazdiy Nizomuddin 
Shomiy asarida baёn etilgan voqealarning bazilariga yangi tarixiy manbalar 
asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning 
shaxsiyati va uning faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, yani bir tomondan qattiqqwl 
ekanligi, ikkinchi tomonlan esa Movarounnah’rdagi tarqoqlikka barh’am berib, 
markazlashgan davlatga asos solganligi birmuncha twg’ri va h’aqqoniy ёritilgan.   
Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zwr qimmati shundaki, unda Mwg’ul 
imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin Wrda, Elxoniylar davlati, Chig’atoy 
ulusi, shuningdek Movarounnah’rning Chingizxon zamonidan to Temur 
davlatining paydo bwlishigacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy tarixi qisqa tarzda ёritib 
yuerilgan. Asarning bu qismi “Tarixi jah’ongir”, ёki “Muqaddimayi Zafarnoma” 
nomi bilan ataladi va 1419 yili ёzib tamomlangan.  
“Zafarnoma” asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki redalariga kwra, 
uch qism – maqoladan iborat bwlmog’i, birinchi qismda Amir Temur tarixi, 
ikkinchi qismda Shoh’ruh’ Mirzo va nih’oyat, uchinchi qismda ushbu asar 
ёzishning tashabbuskori İbroh’im Sultonning davrida wtgan voqealar baёn etilishi 
mwljallangan edi. Lekin, biz h’ozir asarning birinchi qismigagina egamix, xalos. 
Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. Eh’timol, ikkinchi va uchinchi 
qismlari  ёzilmay qolgan bwlsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi 1425 
yili ёzib tamomlangan. 
Asarning qwlёzma nusxalari kwp, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan 
Toshkentda WzR FA Sharqshunoslik institutida uning yigirma twrt nusxasi bwlib, 
ularning ikkitasiga (İnv.  № 3440 va № 4472) XV va XVII asrlarda rasmlar 
ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Hindiston (1885-1888 yy.), Eron (1957 y.) va 
1972 yili A.W.Wrinboev  tomonidan Toshkentda  chop qilingan. Asar ikki marta 
wzbek tiliga, ingliz, frantsuz va turk tillariga tarjima qilingan. Undan ayrim 
parchalar ingliz h’amda rus tillarida bosilgan. 
                                                 
33
 Орадан бир йил чамаси вақт ўтгач, 1447 йили Султон Муҳаммад яна Форсни эгаллади, Шоҳруҳ вафотидан 
сўнг (1447 йил 12 март) Хуросонни қўлга киритди, лекин 1451 йили иниси Абулқосим Бобурдан енгилди ва 
унинг амри билан қатл этилди. 
 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə